S. F. Abdirasilov



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

V.Fadiyev. Beruniy.
Rasm chizishni o'rganish uchun alohida iqtidor, iste’dod kerakmi?! 
Agar astoydil istasa, har kim, qobiliyatidan qat’i nazar savodli chizishga 
o'rgana oladi. Chizishni o‘rganish, savodli yozish yoki maktab 
matematika kursini o‘zlashtirishga qaraganda murakkab emas. Faqat 
intilish va asosiysi - yaxshi iroda, rasm istalgan kasb, istalgan 
mashg‘ulot egasiga zarurligini tushunish kerak.
13
www.ziyouz.com kutubxonasi


Chizishni bilgan san’atning barcha turlarini tushunadi, unga avval 
odatiy ko‘ringanlarning barchasida go‘zallikni ko‘ra biladi: uning 
fikrlash doirasi keng, ma’naviy dunyosi boy, u qiziqarli va shodon hayot 
kechiradi.
Chizishni bilish ko‘pchilikka: geograf, botanik, geolog, arxitektor
uchuvchi va boshqalarga amaliy jihatdan ham kerak. Masalan, II jahon 
urushi qahramonlaridan biri - 62 fashist samolyotini urib tushirgan (o‘zi 
biror marta hatto yaralanmagan uchuvchi Ivan Nikitovich Kojedub havo 
jangi texnikasida unga rasm chizish malakalari ko‘maklashganini 
ta’kidlagan. Rasm chizish tufayli unda snaypercha ko‘z o‘tkirligi, idrok 
tezligi va reaksiya tezligi rivojlangan. Axir rassom harakatlanayotgan 
predmetni nafaqat tez ilg‘aydi, balki uni tez chizadi ham. Kojedub 
dushmanlaridan reaksiya tezligi va aniqligida ustun va shu sababli 
g‘alaba qilar edi.
Muhandis, pedagog, jarroh, astronom ishida rasm chizish foyda 
bermaydimi.
Buyuk olim, adib va san’at arboblariga (Lomonosov, Lermontov, 
Shevchenko, Siolkovskiy, Timiryazev) tasviriy vositalami egallaganlik- 
lari muhim kashfiyotlarda, durdona badiiy asarlar yaratishda ko‘mak- 
lashgan. San’at barcha kasb egalariga do‘st va hamkor bo'la oladi.
Rassomlaming ko‘zi o‘tkirligi, idrok va reaksiya tezligi yaxshi 
ma’lum:
- rassom N. Jukov 
bilyardda doim g'olib boMishi bilan 
faxrlangan;
- ertakchi rassom Viktor Vasnetsov gorodkini yuqori mahorat 
bilan o'ynashi ko'pchilikni lol qoidirgan;
- manzarachi I.Levitan miltiqdan Vilgelm Telldek otgan - «o‘qni 
o‘qqa» joylagan;
- XVI asr italyan zargar va haykaltaroshi Benvenuto Chellini 
artilleriyachi sifatida janglarda qatnashgan. «Mening rasm chizishim va 
ajoyib mashg‘ulotlarim yozadi u, - va musiqa chalish go‘zalligi, 
barchasi shu qurollarda «chalishimda» ketdi». Darhaqiqat, ko‘z o‘tkirligi 
talab etiladigan o‘rinlarda rassomlar oson g‘olib boiishadi. Mikelandje-
lo aytganidek, san’at ulaming ko‘zIarida sirkul va chizgMchni bir 
paytning o‘zida joylashtirishga o'rgatgan.
Ram chizish nafaqat ko‘rish idroki tezligini, balki yaxshi ko‘rish 
xotirasini ham shakllantiradi. Razvedkasi logann Vays (Sasha Belov) 
maxfiy hujjatlaming ko‘plab sahifalarini bir ko‘rishda eslab qolgani 
ko‘pchilikka ma’lum. Mo‘jizami. Yo‘q mo‘jiza emas, mashq qilishi.
14
www.ziyouz.com kutubxonasi


í^assomlar haniisha ko‘rish xotirasi kuchliligi bilan shuhrat qozonib 
kelgan.
I. 
Levitan o‘rtoqlarini lol qoldirgan. Qish tunida bir guruh 
rassomlar o‘rmonga sayrga otlanishadi. Ular ertaklardagidek go‘zal 
manzaraga guvoh bo‘lishadi - moviy, oy shu’lasi yoritib turgan qorda 
kul rang-pushti jemovlar va ular uzra qorga o‘rangan qarag‘aylar. 
Hamma manzaradan bahra olib, uy-uyiga tarqaydi. Oradan bir necha 
kun o‘tib, rassomlardan biri Levitan ustaxonasida kartinani ko'radi: 
xuddi o'sha tungi manzara - moviy qordagi kul rang-pushti jemovli 
manzara. Levitan uni, razvedkachi Vays maxfiy hujjatlami eslab qolgani 
kabi eslab qolgan va xotiradan chizgan.
Rassom Ayvazovskiy shunday ko‘rish xotirasiga ega ediki, dengiz 
ko‘rinishlarini o‘z ustaxonasiga qamalib olib tasawuri bo‘yicha 
chizardi. Hikoya qilishlaricha, u Peterburgdagi bir kvartiradan ketayotib, 
devorda kiyim ilgich ostiga o‘z po‘stinini shunday chizib qo‘yganki, uy 
egasi ijarachi po‘stinini unutib qoldiribdi, degan xayolga borgan. Faqat 
yaqinroq kelganidagina, po'stin chizib qo‘yilganini fahmlagan.
Shunday qilib, barchaning san’at va go'zallik olamini bilishi 
ta’limning barcha sohalarida jadal rivojlanishga olib keladi.
BoshlangMch sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda tasviriy san’at 
0
‘qitish metodikasi asosiy predmetlardan biri hisoblanadi va o‘z oldiga 
quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
1. Talabalarga tasvirlash asoslarini o‘rgatish, ya’ni badiiy ijodning 
psixologik asoslari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar - qiziqish, diqqat, 
idrok va sezish, xotira va tasavvumi yaxshi bilishi bolalar badiiy ijodini 
faollashtirishda foydalanishga o‘rgatish.
2. Talabalaming badiiy ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish, ularning 
badiiy didini tarbiyalash, borliqdagi va san’atdagi go‘zalliklarni ko‘ra 
bilishga o‘rgatish.
3. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tasviriy san’at darslarini olib borishga 
tayyoriash va shu bilan birga mashg‘ulotlarni hayot bilan bog‘lab 
o‘tishga o‘rgatish.
4. Sharq mumtoz san’ati, hozirgi zamon o‘zbek tasviriy san’ati, 
sharq xalqlari va xorijiy mamlakatlar san’atlaii haqida qisqacha 
ma’lumot berish.
15
www.ziyouz.com kutubxonasi


RChoriyev. Ahmad.
16
www.ziyouz.com kutubxonasi


II bob. TASVIRIY SAN’ATNI 0 ‘QITISHINING QISQACHA 
TARIXI
2.1. 
Chet eilarda rasm chizishni o‘rgatish tarixidan 
Mazmuni:
Tasviriy san’at o‘qitishiga doir eng qadimgi va 
o‘rta asr bosiilaridagi (Misr, Yunon, Qadimgi Rim) 
ma’lumotlar. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasini 
rivoj iantirishda 
Uyg'onish 
davri 
rassomlarining 
xizmatlari (Chennino Chennini, Leon Alberti, Leonardo 
da Vinchi, Albrext Dyurer). XVII-XIX asriarda G'arbiy 
Yevropada rasm chizishni o‘rgatish metodikasiga 
bo‘lgan turli qarashlar.
XVIII-XIX asriarda Rossiyaning pedagogika 
o‘quv yurtlarida tasviriy san’at fanining o‘mi. LD. 
Preysler, A.G. Sapojnikov, G.A. Gipiuslaming tasviriy 
san’at o‘qitish metodlarining rivojlanishidagi o‘mi. 
P.P. Chistyakov, D.N. Kardovskiylaming pedagogik 
qarashlari va tasviriy san’at o‘qitish uslublari.
Misr. Yunoniston. Rim.
Jahonda tasviriy san’atni o‘qitilishiga 
dastlabki ma’lumotlar qadimgi Misr va Yunonistonda eramizdan avvalgi 
III asrlarga doir materiallar mavjud. Qadimgi Misrda tog‘ qoyalariga 
o‘yib ishlangan haykaliar, shuningdek, rangtasvir asarlaii o‘zining 
yuksak badiiyligi va ishlanish texnikasi jihatidan kishilami hayratga 
solib kelmoqda. Kishilar o‘z tajribalarini keyingi avlodlarga turli yo‘llar 
bilan ibtidoiy jamoa davridan boshlab o'tkazib kelganlar. Bunga eng 
qadimgi Misrda rasm chizishga o‘rgatishga doir tarixiy manbalar 
guvohlik beradi.
Tasviriy san’atni 
0
‘qitish ishi bilan odamlar qadimdan shug‘ullanib 
kelganliklari ko‘proq qadimgi Misr manbalarida saqlanib qolgan. Misr 
maktablarida rasm ishlashga o‘rgatish rnuntazam ravishda chizmachilik 
bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda 
maktabni tugallab chiqayotgan yoshlar ma’lum may don yuzasini 
o‘lchash va uni qog‘ozga tushura oladigan, bino planini chiza oladigan, 
ariq va kanallarning sxemasini tasvirlay oladigan bo'lishlari talab 
etilgan.
17
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rasm bolalarni yozish savodini chiqarishda ham katta ahamiyatga 
ega boMgan. Masalan, harfni o‘rgatish uchun narsalaming tasviri 
chizdirilgan.
Bolalami rasm chizishga o'rgatishda qo‘lni erkin harakat qilishiga 
alohida e’tibor berilgan. Erkin, yengil, ravon chiziqlar chizish doskada 
yoki papirus qog‘ozlarda bajarilgan.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin