bo‘rttirib ko‘rsatishi ham mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, tasviriy
san’at asarlari - insondagi ajoyib fazilat - borliqni bilish, uni o‘rganish
va sirlarini ochishga bo‘lgan ehtiyojlami qondirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Tasviriy san’at inson ongiga tezda ta’sir etib, unda ezgu hislar
uyg‘otadigan, kishini ruhlantirib, ma’naviy olamini boyitadigan san’at
turiaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san’at inson shaxsining
shakllanishiga va kamolatiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir.
Pedagogika
instituti va universitetlarining
pedagogika va
boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakultetlarida ta’lim oluvchi talabalar
tasviriy san’atdan maxsus bilim va malakalarga ega boMishi
o‘quvchilarni badiiy-ijodiy qobiliyatlarini, badiiy didni, rang sezishni,
fazoviy tasavvurini, buyuk rassomlar asarlarini go‘zalliklarini ko‘ra
bilishga va ulami hissiy idrok etishga olib keladi.
Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi bo‘yicha to ia bilimlarga ega
boiish, ayniqsa, 0 ‘zbekistonda va chet ellarda fanning o‘qitish tarixi,
o‘quv
fanning maqsad va vazifalari, ta’limning mazmuni, shakllar,
usullari haqida chuqur bilimlarga ega bo‘lish tasviriy san’at o‘qituvchi
faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, bugungi o‘quvchi kelajakda ishchi, xizmatchi, dizayn-
konstmktor, muhandis, shifokor, o‘qituvchi, yurist yoki harbiy
mutaxassis yoki biron bir sohani yaratuvchisi bo‘ladilar.
Ulami har biri
uchun rasm chizish, undan foydalanish lozim bo‘ladi. Hatto uy bekasi
ham rasmni ko‘ra olishi, tushunishi, bu zamonning eng zarur
faoliyatidir. Hozirgi davrda har bir erkak zoti mashina haydashni,
texnika bilan shug‘ullanishiga, uy bekalarini esa dazmol, tikuv
mashinasi, radio,
televizor, kir yuvish mashinalari, muzlatgich, elektr
plita, sut, qaymoq olish mashinalari kabi yuzlab texnik buyumlar bilan
shug‘ullanadilar. Ularga bu asbob-texnika vositalarini ishlatish va ularni
sozlash ucliun grafik bilim va malakalar darkor. Shu boisdan har bir
kishi rasm chizishni, grafik tasvirlarini bilishi maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda har bir shaxsni grafik bilimga ega bo‘lishi uning
o‘ziga ham, jamiyatga ham suvdek zarur. Shunga ko‘ra fransuz faylasufi
Didro, bundan qariyb 300 yillar avvaldanoq, - «Qaysi
bir mamlakatda
rasm chizislini o‘qish-yozish kabi bilsalar edi, bu mamlakat barcha
sohalarda har qanday mamlakatni quvib yetadi va oitda qoldiradi» -
degan edi.'
' Sitata N.Rostotsevning «Maktabda tasviriy san'atni ■r'‘qitish metodikasi» kitobidan olindi. M.,
I980-y. 12-bet.
11
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tarix
shohidkim,
jahonga
mashhur
geograflar,
tarixchi,
adabiyotchi, shoir, yozuvchilar, konstruktor va boshqa soha allomalari
rasm chizishni juda yaxshi bilganlar. Shunga ko‘ra Beruniy, Ibn Sino,
Ulug‘bek, Gyote, Gyugo, Anderson, Pushkin, Tagor, Mikluxo-Maklay,
Mendeleev, B.Zokirov kabi turli soha ijodkorlari
rasm chizish bilan
jiddiy shug‘ullanib kelganlar.
Xullas, har bir sohani ijodkori uchun rasm chizishni bilish unga
katta ijodiy imkoniyat va ozuqa beradi.
N.Qo‘ziboyev. Al-Xorazmiy.
Agar har bir o‘qituvchi rasm chizishni bilganda edi, ular dars
berishda
yuksak
samaralarga
erishardi,
dars
mashg'ulotlarini
o'zlashtirish ham o‘quvchi uchun juda oson va yengil boMardi, hatto
o‘zlashtirmovchi o‘quvchini boiishi ancha qiyin boiardi. Shularga
ko‘ra bugungi maktab o‘quvchilariga badiiy bilim va malaka berishga
katta e’tibor berilmoqda.
12
www.ziyouz.com kutubxonasi