ta’lim tizimlari o‘rtasiga qat’iy chegara qo‘yib boimaydi. Tasviriy
san’atning nazariy asoslari hisoblangan rang, hajm, perspektiva,
kompozitsiya asoslari kabilar, ham kasbiy, ham umumiy ta’lim tizimida
o‘rganiladi. Faqat tasviriy san’atni o‘qitilishida talaba va bolalaming
yoshlari, idroki, psixologik xususiyatlari, tasviriy malakalari hisobga
olinishi lozim, xolos.
Tasviriy san’at tarixida buyuk naqqosh va musawir Kamoliddin
Behzodga Hirotlik Mirak naqqosh ustozlik qilgani, unga miniatyura
rangtasviri sirlarini o'rgatgani haqida ma’lumotlar bor.
Shuningdek,
ustoz Mirak naqqoshning Hirot «Nigoristoni» (San’at akademiyasi)
bo‘lganligi va unda Kamoliddin Behzod tarbiya olganligi ham ma’lum.
Professor Orif Usmonov o‘zining «Kamoliddin Behzod va uning
naqqoshlik maktabi» nomli kitobida Behzod Tabrizda yashagan vaqtda
nafis tasviriy san’at maktabini yaratganini qayd qiladi. U yerda musawir
o‘z atrofiga eng iste’dodli yoshlami to‘plagani, ularga san’atining sir-
asrorlarini o‘rgatgani va Tabrizda Sulton Muhammad, Mirzo Amir, Oqo
Mirak, Muzaffar Ali, Sulton Muhammad Nur, Shomuhammad
Nishopuriy, Yusuf Mullo, Mir Ali, Rizo Abbosiy, Mahmud Muzahhib,
Mavlono Yoriy, Hasan Bag'dodiy,
Abdulla Sheroziy, Darvesh
Muhammad, Mir Said Ali, Qosim Ali singari o‘nlab iste’dodli
musawirlarni tarbiyalaganligini yozadi. Uning shogirdlari Behzodning
tasviriy san’at uslubini davom ettirganlari ham rasmiy ma’lumotlardan
ayon.
0 ‘zbekistonda hozirgi zamon ta’lim tizimining paydo bo'lishi XX
asming birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Bir guruh fan va madaniyat
vakillari Sankt-Peterburg va Moskvalik rassomlar Turkistonga
yuboriladi. Bu rassomlar Turkistonning yirik shaharlarida badiiy
studiyalar tashkil etdilar, o‘z asariarining ko‘rgazmalarini o‘tkazdilar.
1918-yilda Toshkentda badiiy kommuna ochiladi, bir yildan keyin
Samarqandda Turkiston o‘lka badiiy xalq maktabi ishga tushadi. 1920-
yilda Andijonda rangtasvir maktabi, yangi Buxoroda san’at to‘garagi
tashkil etildi, musulmonlar uchun tasviriy san’at kurslari ochildi. Bir
yildan so‘ng respublikada badiiy maktab va studiyalar soni 29 taga
yetdi
va unda shug‘ullanuvchilar soni 500 kishidan oshib ketdi. 1921-yili
ochilgan badiiy politexnikumda 170 o‘quvchidan 150 tasi o‘zbeklar edi.
1924-yilda Toshkent tasviriy san’at muzeyi qoshida badiiy studiya
ochildi. Unda M.Kupriyanov (Mashhur Kukrinikslar gumhidan),
S.Chuykov, mahalliy yosh rassomlardan 0 ‘. Tansiqboyevlar yoshlar
bilan mashg‘ulotlar olib bordilar. 1927-yilga kelib, Toshkent va 1929-
31
www.ziyouz.com kutubxonasi
yilda 0 ‘zbekiston poytaxti hisoblangan Samarqandda badiiy bilim yurti
tashkil etildi. Bu bilim yurtlariga ko‘proq mahalliy yoshlar qabul qilindi.
Bu bilim yurtlarining asosiy maqsadi rassomlar tayyorlash bo‘lsa-da,
umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun o‘qituvchilar tayyorlash borasida
ham ma’lum rol o‘ynadi.
Shu bilan birga ta’lim tizimida estetik va badiiy ta’lim
masalalariga ham e’tibor qaratila boshlandi.
Natijada maktab dasturlari qayta ko‘rib chiqildi. Rasm darslarining
asosini naturaga qarab rasm ishlash, mavzu asosida rasm ishlash,
dekorativ rasm ishlash, san’at haqida suhbat o‘tkazish mashg‘ulotlari
tashkil etdi. Bu dasturlarda o‘lkashunoslik materiallari ko‘p bo‘lmasada,
har qalay o‘z aksini topdi, eng
muhimi bu dasturda darsdagi
o‘qituvchining yetakchilik roli katta ekanligi belgilab qo‘yildi.
1924-yilga kelib, maktab o‘quv rejalarida rasm darslari o‘z o‘rnini
topmagan
bo‘lsa-da,
ayrim rassomlar bolalar tasviriy
ijodini
rivojlantirishga harakat qildilai'. Ana shunday iqtidorli yosh grafik
rassomlardan biri Iskandar Ikromov edi. U 1925-yilda «Maorif va
o'qituvchi», keyin «Alanga» jumallarida rasm chizishga doir maqolalar
e’lon qildi. 1932-yilga kelib, uning «Rasm chizishni o‘rganish
qo‘llanmasi», 1933-yilda esa «Kitob va jurnallar qanday nashr etiladi»
albomi nashr etildi. 1935-yilda rassomning «Harf yozishni o‘rgan»
kitobi ham chop etildi. Bu maqola va kitoblar yagona mehnat va
politexnika maktablari talablari asosida yaratilgan «Rasm» predmeti
dasturlariga mos edi. Mazkur ishlar faqat umumiy ta’lim maktablari
uchungina emas, balki tasviriy san’at studiyalai'i, klublar, havaskorlik
to‘garaklari, grafikani mustaqil o'rganuvchilar uchun ham ahamiyatli
bo‘ldi.
1920-yügi o‘quv rejalaiida san’atga doir o‘quv predmetlariga
tegishli o‘rin ajratilmagan bo‘lsa-da, 1929-yilga kelib,
bu kamchilik
bartaraf etila boshlandi. Maktablarda maxsus rasm o‘quv predmetlari
o‘qitila boshlandi. Lekin 0 ‘zbekiston maktablari Rossiya maktablari
uchun yaratilgan dasturlar asosida ishlay boshladi. Bu dasturlar ma’lum
miqdorda 0 ‘zbekiston sharoitiga moslab lokalizatsiyalashgan edi. Shu
munosabat bilan 0 ‘zbekiston xalq morifi kommisarligi tegishli joylarga
yuborilgan xatida shunday deyilgan edi: «Majmuaning maqsadi unga
tegishli material mazmuni, majmua bilan ishlash metodlari lokalizatsiya
qilinadi. 0 ‘qituvchi oldindan o‘lkashunoslik materiallarini to‘plab oigan
holda, o‘z tumani hayotiga oid eng xarakterli jihatlami dasturga
kiritadi».
32
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shu munosabat bilan boshlang‘ich sinf «Rasm va loy ishi»
tlasturiga o‘lka materiallari kiritila boshlandi. Ular tevarak-atrof
tabiatiga doir narsalar, 0 ‘zbekiston xalq amaliy san’atiga doir
materiallar edi.
Respublikamiz uchun tayyorlangan va nashr etilgan dasturlar
mazmuni va vazifasi jihatidan Rossiya maktablari uchun tayyorlangan
dasturdan
deyarli farq qilmagan, lekin uning hamma bo‘limlarida
mahalliy sharoit va materiallar ma’lum miqdorda hisobga olingan edi.
Xususan, narsaga qarab rasm chizish darslarida Respublikamizga xos
bo‘lgan predmetlar va tabiat mahsulotlari, dekorativ ishlar bo‘limida
o‘zbek amaliy san’at namunalarini chizdirish tavsiya etilgan edi.
1939-yillarda maktablarda rasm darslarining asosiy vazifasi
o‘quvchilarda tasviriy malakalami o‘stirish, ko‘proq rasm chizishga
o‘rgatishdan iborat bo‘lishi lozim deb topildi. Shuning uchun ham rasm
darslarida tarbiyaviy tomonlarga yetarlicha e’tibor berilmadi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida va qisman undan keyingi yillarda
ham rasm darslarining vazifalari o‘zgardi, uning mazmunida ta’limdan
ko‘ra tarbiyaviy jihatlar kuchaytirilgan bo‘lib, unda asosiy e’tibor
vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga qaratildi. Shu maqsadda rasm
darslari vatanparvarlik va baynalmilal mazmundagi tasviriy san’at
asarlari bilan boyitildi.
Dostları ilə paylaş: