S. F. Abdirasilov


D.Kardovskiy. Rasm chizish qoMlanmasidan



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

D.Kardovskiy. Rasm chizish qoMlanmasidan.
Rossiyada rasm chizish metodikasini takomillashtirishda 1933- yilda 
tashkil topgan «Bolalar badiiy tarbiyasi markaziy uylari» muhim ahami­
yat kasb etdi. Bu markaz faoliyati bilan bogiiq holda P.Ya.Pavlinovning 
«Графическая грамота», N.Radlovning «Рисование с натуры», 
«Сборник заданий.по рисованию», Ya.Bashilov va E.Kondaxchan- 
larning «Детский рисунок» va boshqa qoilanmalari chop etildi.
Rossiyada, shuningdek, sobiq Respublikalarda rasm chizishni 
rivojlanishida 1943-yilda tashkil topgan Rossiya pedagogika fanlari 
akademiyasi katta rol o‘ynad¡.
26
www.ziyouz.com kutubxonasi


Keyinchalik bu akademiya asosida 1967-yilda sobiq pedagogika 
lanlari Akademiyasi tashkil topib, uning tarkibida badiiy tarbiya ilmiy 
tadqiqot instituti ochildi. Bu institut umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
estetik tarbiyaga doir ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borishda asosiy 
markaz bo‘lib qoldi. Bu borada Rossiya Maorif vazirligi tasarrufida 
tashkil etilgan maktablar ilmiy tadqiqot instituti va uning tasviriy 
san’atni o‘qitishga oid laboratoriyasi diqqatga sazovor ishlarni olib 
bordi.
Rossiyada ikkinchi jahon urushidan so‘ng samarali faoliyat 
ko‘rsatganlardan biri E.Kondaxchan edi. U o‘zining «Методика 
преподавания рисунка в средней школе» nomli qo'llanmasida bu 
boradagi ilg‘or tajribalarga asoslanib realistik san’at va rasm chizishga
o‘rgatishning asosini naturaga qarab rasm 
ishlash egallashi lozim deb yozdi. U 
Rossiyada 1925-50-yillarda keng tashviqot 
qilib kelingan Bakushinskiyning «Erkin 
tarbiya» nazariyasiga qarshi chiqib, ta’lim 
va tarbiyada o'qituvchining katta rahbarlik 
faoliyatini qattiq turib himoya qildi. U 
«Erkin tarbiya» nazariyasi o‘qituvchi rolini 
kamaytiruvchi va o'qitishda tartibsizlikni 
vujudga keltiruvchi «metod» deb o‘z 
g'oyalarini asoslashga harakat qildi.
XX 
asrning ikkinchi yarmida o‘qitish 
metodikasiga doir qator ilmiy tadqiqot 
ishlari olib borildi. Natijada, rasm chizish 
bo‘yicha 
1963-70-yillarda I-VI sinflar 
uchun sinov darsliklari tayyorlanib, nashr etildi.
Bu darsliklar V.V.Kolokolnikov (1 va 2-sinflar), S.A.Fyodrov, 
M.N.Semyonova (3 va 4-sinflar), E.E.Rojkova, E.L.Xersonskaya 
(5-sinf), L.L.Makoed (6-sinf)lar muallifligida tayyorlandi.
Rossiya maktablarida ta’lim mazmunini isloh qilish borasida 
hukumat qarorlari asosida rasm chizish o‘quv predmetini maqsad va 
vazifalari va ta’lim mazmuni bir necha bor qayta ko‘rib chiqildi. 
Natijada, 1970-yilda «Рисование» o‘quv predmetining nomi «Tasviriy 
san’at» deb o‘zgartirildi. Bu nomda tayyorlangan dasturda estetik 
tarbiya vazifalari hamda rassomlar asarlarini o‘rganilishiga doir qismlar 
kengaytirilgan edi.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin