S. F. Abdirasilov



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

V.E.Savínskiy.
Qalamtasvir.
27
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rossiyada XX asrning ikkinchi yarmida «Tasviriy san’at» o‘quv 
predmetini o‘qitilishini yaxshilashda bir qator pedagog olim va 
metodistlar faollik ko‘rsatdilar. Natijada «Рисование» darsliklaridan 
tashqari ko'plab ilmiy-metodik va metodik adabiyotlar nashr etildi. 
Bunda 
G.V.Labunskaya, 
V.V.Alekseeva, 
V.S.Sherbakov, 
A.G. Shimanskaya, A.V.Karlson, G.I.Orlovskiy, R.I. Korguzalova, 
A.S. 
Brajnikova, 
N.N.Rostovtsev, 
V.S.Kuzin, 
E.V.Shoroxov, 
T.Ya. Shpikalova, B.P.Yusov kabilar samarali mehnat qildilar.
Bosh tasvirining metodik bosqichi. A.Solovyev,
G.Smirnov, E.AIekseyeva. « 0 ‘quv qalamtasvir»
qoMlanmasidan.
Rossiyada tas\ iriy san’atni o‘qitishning psixologik asoslari haqida 
ham ilmiy tadqiqotlai- olib borilib, bu haqda bir qator adabiyotlar nashr 
etildi.
Rossiyada 1970-yillarga kelib, umumiy o'rta ta’lim maktablarida 
tasviriy san’atni o'qitish mazmunini to‘g‘ri belgilash va uni 
takomillashtirish borasida bir qator olim va rassomlar guruhi paydo
28
www.ziyouz.com kutubxonasi


ho‘ld¡. Bulardan biri badiiy tarbiya ilmiy tadqiqot instituti tasviriy san’at 
laboratoriyasining mudiri, professor B.P.Yusov, ikkinchisi Rossiya 
maktablar ilmiy tadqiqot institutining tasviriy san’at laboratoriyasining 
mudiri, professor V.S.Kuzin, uchinchisi sobiq Ittifoq rassomlar 
Uyushmasining kotibi, uyushma qoshidagi estetik tarbiya komissiya- 
sining raisi rassom B.M.Nemenskiy edi.
Ular mustaqil ravishda alohida-alohida olim va metodistlar 
guruhini tashkil etib, tasviriy san’atdan sinov dasturlarini yaratdilar.
Birinchi va uchinchi guruh olimlari tomonidan tuzilgan dastur 
«Tasviriy san’at va badiiy mehnat» deb nomlanib, u I-X sinflarda 
o‘qitish uchun moijallangan edi. B.P.Yusov rahbarligida tuzilgan dastur 
har bir sinfda bu o‘quv predmetini ikki soatdan o‘qitilishini nazarda 
tutgan edi.
V.S.Kuzin rahbarligida tuzilgan dastur esa 1-7-sinflarda haftasiga 1 
soatga moijallangan edi. Bu dasturlar 1985-yillarga qadar sobiq 
ittifoqining o‘ndan ortiq maktablarida sinovdan o'tkazildi. Bu dasturlar 
katta ijobiy natijalar berganligiga qaramasdan amaliyotga joriy etilmadi. 
Biroq, undagi ayrim ilg‘or g‘oyalar yangi tuzilgan dasturlarda o‘z 
ifodasini topdi.
Rossiyada 1970-2000-yillar davomida olib borilgan ishlar mazmu­
ni 
turli-tuman boidi. U estetik va badiiy tarbiyaga doir xalqaro, 
federatsiya miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish, ilmiy-metodik 
to‘plamlar naslir etish, o‘quvchilaming ijodiy ko‘rgazmalarini tashkil 
etish yo‘nalishlarida amalga oshirildi.
Savollar:
1. Misr, Yunon, Qadimgi Rimda tasviriy san’at o'qitishiga doir 
ma’lumotlar haqida gapirib bering.
2. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasini rivojlanishida Uyg‘onish 
davri rassomlarining xizmatlari nimadan iborat ?
3. XVII-XIX asrlarda G'arbiy Yevropada rasm chizishni o‘rgatish 
metodikasiga boigan qanday qarashlarini bilasiz?
4. XVIII-XIX asrlarda Rossiyaning pedagogika o'quv yurtlarida 
tasviriy san’atning o‘mi.
5. I.D. Preysler, A.G. Sapojnikov, G.A. Gippius, P.P. Chistyakov, 
D.N. Kardovskiylaming qo‘shgan hissalari nimadan iborat ?
29
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin