N.Orípova. Bahor.
39
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ill bob. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TASVIRIY SAN’AT
TA’LIMI MAZMUNI VA UNI 0 ‘QITISH METODIÍÍASI
Mazmuni:
1. Tasviriy san’at davlat ta’lim standarti, mohiyati.
2. Standartda tasviriy san’at fanining maqsad va
vazifalarining belgilanishi. 3. Tasviriy san’at mashg‘u-
lotlari mazmunini davlat ta’lim standarti bilan
bog‘liqligi. 4. Tasviriy san’at mashg'ulotlarining turiari
va ulaming vazifasi va mazmuni. 5. 1-4-sinflarda
tasviriy san’at mashg‘ulotlarining o‘zaro fai-qi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-
avgust qaroriga ko‘ra 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida barcha fanlar qatori tasviriy san’at ta’limi bo‘yicha
ham davlat standartlari joriy etildi. Davlat ta’lim standartlarini ishlab
chiqilishi awalo 0 ‘zbekistonning mustaqilligi, uning jahon hamjami-
yatiga faol kirib borayotganligi bilan bog‘lanadi.
Mazkur standartlar O‘zbekiston tarixida birinchi bor yaratilishi
bo‘lib, u respublikamiz maktablarida ta’limni yuqori ilmiy-metodik
asosda tashkil etish hamda uni jahon standartlari darajasiga olib
chiqishga sharoit yaratadi.
Davlat standartiga ko‘ra tasviriy san’at ta’limi mazmuni
boshlang‘ich sinflarda quyidagi to‘rt yo‘nalishda bayon etilgan:
1. Borliqni idrok etish.
2. San’atni idrok etish.
3. Naturaga qarab tasvirlash.
4. Kompozitsiya.
Tasviriy san’at o‘quv predmetining maqsadi o‘quvchilarda ma’na
viy madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan badiiy madaniyatni,
tasviriy savodxonlikni shakllantirishdan iborat.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha tasviriy san’at o‘quv predmetini
o‘qitishda har bir o‘qituvchi asosiy e’tibomi nimalarga qaratilishini bilib
olishi kerak bo‘ladi. Tasviriy san’atni o‘qitishda o‘qituvchining e’tibor
berishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar quyidagilardan iborat:
-
borliqdagi va san’atdagi go‘zalliklami ko‘ra bilish, idrok etish va
qadrlashga o‘rgatish;
40
www.ziyouz.com kutubxonasi
|