- mo'yqalanini ish tugagandan so‘ng tozalab yuvib qo‘yish;
- o‘z ish joyini yigMshtirib qo‘yish;
Malakalar:
- haykaltaroshlikdan 2-3 ta figurali yaxlit kompozitsiya tuza
olishni;
- loydan yoki plastilindan haykallar
ishlashda alohida-alohida,
«yaxlit» va «aralash» ishlov berish usullaridan foydalana olishni;
- ranglaming murakkab tuslarini hosil qilish (masalan, ko‘kish
yashil, qizg‘ish, jigarrang, qoramtir va h.k.);
- rasmda narsalarni kompozitsiya qonuniyatlariga bog‘liq ravishda
joylashtirishni;
- dekorativ ishlarda asimmetrik tasvirlami ifodalashda muvo-
zanatni saqlay olishni;
- o‘simliksimon naqsh elementlaridan mustaqil naqsh kompo
zitsiyasini tuza olishni;
- tabriknoma kompozitsiyalarini ishlay olishni.
Tasviriy san’at darslarining mazmuni
«Tasviriy san’at» o‘quv predmeti ma’naviy madaniyatning tarkibiy
qismlaridan biri boMgan badiiy madaniyatni uyg‘un rivojlanishga xizmat
qiladi va shaxs uchun muhim boMgan qator sifatlami rivojlantirishga
yordam beradi. Bu esa o‘quvchilarni milliy merosni o‘zlashtirish hamda
umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishishlari
uchun imkoniyat
yaratadi.
Maktabda tasviriy san’at darslarida mashg'ulotlarning quyidagi
turlari bo‘yicha
ishlar olib boriladi; Borliqni idrok etish; San’atni
idrok
etish; Naturaga qarab tasvirlash; A) Naturadan rasm ishlash. B)
Naturadan haykal ishlash.
Kompozitsiya; A) Rangtasvir kompozitsiyasi.
B) Dekorativ kompozitsiya. V) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi.
Mazkur o‘quv predmetidagi ta’lim va tarbiya asosan ikki
bo‘limdan (amaliy va nazariy) tashkil topadi:
44
www.ziyouz.com kutubxonasi