7-mavzu 2 soat 1 juftk Tabiiy fan darslarining turlari.
Reja:
1.Birlashtirilgan (kombinatsiyalashgan) va yangi material o’rganiladigan dars.
2.Mustahkamlash va predmetli dars.
3.O’quv-tajriba maydonchasidagi dars.
Mashg`ulot maqsadi: Tabiiy fanlarni o’qitish metodikasida talabalar tabiatshunoslik darslarining turlari bilan tanishib chiqib ,yetarli bilimlarga ega bo’ladilar. Mavzuni o’rganish natijasida talaba: Fan to’g’risidagi dastlabki bilimlarga ega bo’ladilar. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati: 1 D.Sharipova, D.Xodiyeva, M.Shirinov Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi. Darslik. T.: «Barkamol fayz media», 2018, 456 bet. 2.M.I.Nuriddinova.Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Oquv qollanma.Toshkent-2005. 3.G.Husanova. Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi. Ma’ruza mashg’ulotlar to’plami. 2010. 4.WWW.Ziyonet.uz Dars-o‘quv ishlarining tashkiliy shakli bo‘lib, bir xil yoshdagi o‘quvchilar bilan qat’iy jadval va dastur asosida 45 daqiqa davomida o‘quvchilar qat’iy tarkibi bilan olib boriladigan mashg'ulotlar dars deb ataladi.Har bir dars dasturda belgilangan masalalarni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Maqsadi va mazmuni jihatidan har xil bo‘lgan darslar turlicha sxemada tuzilishi mumkin. Odatda darsni quyidagi tuzilish qismlariga ajratish mumkin:
Tashkiliy qism. Uy vazifasini tekshirish. Yangi materialni bayon qilish. O’quvchilarning mustaqil ishlashlari, yangi bilimlarni mustahkamlash, ularning o‘zlashtirilishini tekshirish. Dars materialini umumlashtirish. Uyga vazifa berish.