mavzu soat juftk Tabiiy fan darslarining turlari


Yangi materialni o‘rganish darsi



Yüklə 59,27 Kb.
səhifə4/9
tarix03.06.2023
ölçüsü59,27 Kb.
#124502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-ma\'ruza matni TO\'M

Yangi materialni o‘rganish darsi. Darsning bu tipi toza ko‘rinishda uchramaydi. Biroq o‘quv materialining o‘ziga xosligi va o‘quvchilar diqqatining barqaror emasligini hisobga olib, yangi materialni o‘rganish asosiy maqsad hisoblangan darslar o‘tkazilishi mumkin. Bu ishga darsda vaqtning ko‘p qismi ajratiladi, darsning boshqa qismlari unga bo‘ysunadi. Yangi materialni o‘tishda ilgari o‘rganilganlar bilan vorislik o‘rnatish va yangi materialni ilgari o‘zlashtirilganlar sistemasiga kiritish uchun bolalarni yangi materialni qabul qilib olishga tayyorlovchi bo‘lim va savollarni takrorlaydilar. Bunday darsda o‘rganiladigan materialni birlamchi mustahkamlash boradi. Bu tipdagi dars tuzilishi shunday bo‘ladi:yangi bilimlarni ongli o‘zlashtirilishi uchun zarar bo‘lgan materialni takrorlash va kuzatishlar kundaligi bilan ishlash;dars mavzusi va maqsadini bildirish; yangi materialni o‘rganish (kiritish suhbati, amaliy ish, o‘qituvchi hikoyasi); amaliy ish mazmuni bo‘yicha suhbat mustaqil ishlashi (daftarlar, darslik qiziqarli - idrokiy material, kontur va tabiiy xaritalar, dasturlashtirilgan kartochkalar va shu kabilar bilan); kuzatishlar kundaligidagi ishlarni) tekshirish, yangi bilimlarni o‘rganish va mustahkamlash kabilar hal qilinadi. Bunda vazifalardan birortasi ham ustun kelmaydi, barchasi birgalikda (kompleks holda) hal qilinadi.
Yangi bilimlarni ongli o‘zlashtirilishi uchun zarur bo‘lgan materialni takrorlash va kuzatishlar kundaligi bilan ishlash;dars mavzusi va maqsadini bildirish; yangi materialni o‘rganish (kiritish suhbati, amaliy ish, o‘qituvchi hikoyasi); amaliy ish mazmuni bo‘yicha suhbat; (daftarlar, darslik qiziqarli - idrokiy material, kontur va tabiiy xaritalar, dasturlashtirilgan kartochkalar va shu kabilar bilan);o‘quvchilarning o‘rganilgan materialni tushunganliklarini tekshirish; dars yakunini chiqarish;uyga vazifa berish (qo‘yilgan maqsadga qarab, u darsning xohlagan vaqtida berilishi mumkin).
Mustahkamlash darsi. Bu tipdagi darsda o‘quvchilarning har xil topshiriqlar va tabiatshunoslikni boshqa fanlar bilan aloqasini, shuningdek tabiat jismlari hamda hodisalarining o‘zaro bog‘lanishini ochib beruvchi ishlar bajarishlari markaziy o‘rinni egallaydi.Bu darslarning tuzilishi quyidagicha bo‘ladi:oldinda turgan ishlarning maqsadini taklif qilingan topshiriqlarni bajarish uchun zarur bilim, o’quv va ko‘nikmalarni esga olish (tiklash);o‘quvchilarning topshirilgan ishlarini bajarishlari; o‘qituvchining bajarilgan ishlarni tekshirishi; uyga vazifa berish.Bilim, oquv va ko‘nikmalarini kengaytirish va rivojlantirish, shuningdek, yangi materialni qabul qilib olinishini osonlashtirish uchun bunday darslarda kelgusi mavzuni o‘rganishga tayyorgarlik ishlari bajariladi. Masalan, jonli tabiat burchagi va o‘quv-tajriba maydonchasidagi ishlar (ko‘p yillik gulli - manzarali o‘simliklarni parvarish qilish, ularni tupini bo‘lish yo‘li bilan ko‘paytirish, rezavor meva butalari va meva daraxtlarini qishga tayyorlash, xona o‘simliklarini o‘tqazish va ko‘paytirish, qulupnay ko‘chatlarini o‘tqazish, tuproqni yumshatish va h. q) yoki tabiatdagi o‘simlik zararkunandalari bilan tanishish. Bu tipdagi darslarda ekskursiyalar yoki tabiiy obyektlar ustidan uzoq kuzatishlar jarayonida o‘zlashtirilgan bilimlarni qayta tiklash maqsadida ilgari o‘quvchilar tayyorlagan albomlardan, su’rat, jadval, diafilmlardan foydalanish mumkin.

Yüklə 59,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin