mavzu soat juftk Tabiiy fan darslarining turlari



Yüklə 59,27 Kb.
səhifə7/9
tarix03.06.2023
ölçüsü59,27 Kb.
#124502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-ma\'ruza matni TO\'M

Izohli o‘qish darslari. Bu tipdagi darslar tabiat va odamning xo‘jalik faoliyatini o‘rganish bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil qilishda katta o‘rinni egallaydi. Bu darslik maqolalarini, ilmiy-ommabop yoki badiiy adabiyotni sharhlab o‘qishdan iboratdir. Tabiatshunoslik mazmunidagi izohli o‘qish, shuningdek o‘qish darslarida ham o‘tkaziladi. Izohli o‘qish oldidan o‘quvchilarni matnni tushunib olishlariga yordam beruychi ekskursiyalar, dastlabki kuzatishlar o‘tkazilishi kerak. O‘qish ko‘rgazmali qurollar namoyish qilish bilan birga boradi.Izohli o‘qish o‘qituvchidan jiddiy metodik tayyorgarlikni, maqolada ta’riflangan hodisa yoki: obyektni yaxshiroq tushunib olishga imkon beradigan usulni sinchiklab o‘ylab chiqishni talab qiladi. Izohli o‘qish darslarini o‘tish metodikasi maqola matnini tushunishga tayyorlashni; uni o‘qishni; matnni muhokama qilishni; lug‘aviy ishlami; tabiiy obyekt yoki ko‘rgazmali qurollami namoyish qilishni; abzatslar bo‘yicha o‘qishni; har bir abzatsga muvofiq keladigan qurollarni namoyish qilishni, o‘qituvchining о‘qilgan abzatsni qayta gapirib berishini; о‘quvchilarning gapirib berishi uchun reja tuzishni; maqolani gapirib berishni nazarda tutadi.Tabiatshunoslik mazmunidagi maqolalarni izohlab o‘qish metodikasining boshqa varianti o‘rganiladigan tasavvur va tushunchalar doirasiga olib kiruvchi tayyorgarlik suhbatini (tabiiy obyektlar kuzatiladi, tajribalar qo‘yiladi, surat va jadvallar namoyish qilinadi, yangi material bilan ilgari o‘rganilganlaming aloqasi o‘matiladi; butun maqolani eshitarli qilib o‘qishni; o‘qilgan maqola mazmuni bo‘yicha qisqacha suhbatni o‘z ichiga oladi.
Ekskursiya darsi. Bu o‘qitishning eng yuqori ko‘rgazmalilikka va o‘quvchilarning ijodiy mustaqilligiga asoslangan maxsus shaklidir. Dasturning deyarli har bir mavzusi bo‘yicha ekskursiyalar mo‘ljallangan. Ammo O’zbekistonning tabiiy sharoiti ular sonini ancha ko‘paytirishga imkon beradi. Ekskursiya о‘quv-tarbiya ishlarining juda murakkab va qiyin shakli hamda bilimlarni bayon qilishning xilma-xil metodlarini nazarda tutuvchi eng samarali o‘qitish shakllaridan biridir.

Yüklə 59,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin