mavzu soat juftk Tabiiy fan darslarining turlari


Ekskursiyalarning kalendar rejasi



Yüklə 59,27 Kb.
səhifə8/9
tarix03.06.2023
ölçüsü59,27 Kb.
#124502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-ma\'ruza matni TO\'M

Ekskursiyalarning kalendar rejasi o‘quv yilining boshida bir yil uchun choraklar bo‘yicha mahalliy sharoitni hisobga olgan holda tuziladi, har bir ekskursiya puxta tayyorgarlikni talab qiladi va odatda quyidagi bosqichlardan ekskursiyalaming kalendar rejasini tuzish;

  • aniq o‘quv-tarbiya vazifalarini belgilash;

  • obyekt tanlash va u bilan taxminiy tanishish;

  • kengaytirilgan ish rejasini tuzish;

  • ekskursavodni yoki korxona xodimlarini o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazishga tayyorlash;

  • ularni ekskursiyaning maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;

  • o‘quvchilarni oldindan tayyorlash (ekskursiyaning umumiy vazifalarini qo‘yish, topshiriq va vazifalarni taqsimlash, ekskursiyadagi xulq-atvor qoidalari bilan tanishtirish, anjom-aslaha va jihozlarni tayyorlash);

  • kuzatish imkoniyatlarini hisobga olib, eng maqsadga muvofiq yo‘nalish tanlash;

  • ekskursiya o‘tkazish uchun yordamchilarni tayyorlash.

Ekskursiya vaqtida o‘quvchilar ekskursiya joyigacha quyidagi ishlarni bajaradilar:
Ekskursiya vaqtida o‘quvchilar ekskursiya joyigacha yo’l-yo’lakay kuzatishlar o‘tkazib boradilar.
Butun ekskursiya davomida o‘qituvchi tushuntirib boradi.
Ekskursiya joyida o‘quvchilar odamlar va mashinalarning ishini yoki tabiat obyektlari va hodisalarini kuzatadilar.
Ishchi va muhandislar bilan suhbatlashadilar.
Tabiiy material yig‘adilar va oldindan tayyorlab qo‘yilgan papka, quticha, bankalarga soladilar.
O’lchov ishlarini (daryoda, tuproq kesmasida, tepalikda) olib boradilar;
Kompas bo‘yicha yo‘nalishlarni aniqlaydilar.
Rasm chizadilar, xulosalar chiqaradilar va umumlashtiradilar.
Kuzatayotgan obyektda baholi-qudrat ijtimoiy foydali mehnat qiladilar.
Ekskursiya vaqtida to‘plangan material darsda, uyda yoki darsdan tashqari vaqtda maktabda ishlanadi (tartibga keltiriladi). Ulardan gerbariy va kolleksiyalar tayyorlanadi, ular tarqatma material b o iib xizmat qiladi yoki ko‘rgazmali qurol sifatida foydalaniladi. Shu maqsad-da, shuningdek, rasmlar, albomlar, har xil yasalgan narsalardan ham foydalaniladi.
Ekskursiyada to'plangan materialdan faqat tabiatshunoslik darslaridagina emas, balki matematika, ona tili, mehnat va rasm darslarida ham foydalanish kerak. Chunonchi, 1-sinfda savodga o‘qitishning alifbe davrida o‘quvchilar bilan “Kuz” mavzusi bo‘yicha ikkita ekskursiya o‘tkaziladi, ekskursiyalar vaqtida o‘quvchilar o‘rmonda yoki parkda erta va kech kuz davrida o‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlar bilan tanishadilar. Bolalar qushlarning uchib ketishini kuzatadilar, mehnat darslari uchun tabiiy material yig‘adilar. Qish va bahorda o‘quvchilarning o‘simliklar hayotidagi yil fasllariga qarab farqlarni ko‘rishlari uchun kelgusi ekskursiyalar o‘sha obyektlarda o‘tkaziladi.2-sinfda “Tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar” mavzusi bilan bog‘liq holda ekskursiyalar o‘tkaziladi, ularda o‘qituvchi bolalar bilimlarini kengaytiradi v chuqurlashtiradi, tabiat to‘g‘risida aniq tushunchalami shakllantiradi.Tabiatshunoslik sohasidagi bilim doiralarini doimo kengaytirib borish lozim. Chunonchi, 1-sinfda bolalar ekskursiyalarda 3-4 o‘simlik bilan tanishadilar va ularni yil davomida kuzatib boradilar.2-sinfda yana 3 -4 o‘simlik turi qo‘shiladi, 3-sinfda bahorning oxiriga kelib, ular 6-8 о‘simlik (daraxt, buta va o‘t o‘simliklari) turlarini taniy va ta’riflay olishlari, 4-sinfda esa 8-10 turini yaxshi bilib olishlari kerak. •Ekskursiya o‘quvchilarni tabiat hodisalarining yoki tabiat va mehnat aloqalarini aks ettiruvchi faktlar bilan tanishtirish uchun zarar bo‘lgan noyob bilim manbaidir. Misol sifatida eng ko‘p tarqalgan suv o'simliklari va hayvonlari bilan tanishish maqsadida suv havzasiga o‘tkaziladigan ekskursiya rejasini keltiramiz (3-sinf):ilgari tabiatga (parkka, xiyobonga) o‘tkazilgan ekskursiya mazmuni bo‘yicha suhbat;yangi mavzu bo‘yicha (suv havzasining mavjudotlari to‘g‘risida) kirish suhbati;o‘simliklami kuzatish; hayvonlarni kuzatish;yaqinda joylashgan suv havzasidagi o‘simlik va hayvonlarning tashqi tuzilishini qarab chiqish;ekskursiya materialini yig‘ish; umumlashtiruvchi suhbat; uyga vazifa berish (jadval).Ekskursiya jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qiladi, bunda og‘zaki (hikoya, suhbat, tushuntirish), ko‘rgazmali (suhbat jarayonida kuzatish) va amaliy (o‘quvchilarning amaliy ishlariga rahbarlik qilish) metodlardan foydalanadi. Ekskursiya jarayonida o‘quvchilar faqat kuzatibgina qolmasdan, balki o‘rganilayotgan obyekt to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olishlari va ularni amalda foydalana bilishlari kerak. Olgan bilimlarning natijalarini o‘quvchilar so‘zlab bera olishlari lozim.O’qitishning xilma-xil metodlari va uslublaridan foydalanish jihatidan darslarga o‘xshash bo‘lgan ekskursiya ayni vaqtda o‘ziga xos belgilarga ham egadir. U maktab devoridan chetda o‘tkaziladi va ko‘proq vaqtni talab qiladi, vaqt faqat bilish faoliyatigagina emas, balki o‘rganish obyektiga tomon va orqaga qarab harakatlanishga ham sarflanadi. Ekskursiya vaqtida bilimni faqat o‘qituvchigina emas, balki boshqa shaxslar ham bayon qiladilar. Uning farq qiladigan muhim belgisi - atrof borliqning obyekt va hodisalari bilan tanishtirishdir. Sinfda esa tabiiy obyektlar ko‘pincha ko‘rgazmalilikning u yoki bu vositalari bilan almashtiriladi. Shuning uchun ham ekskursiyada darsdagiga qaraganda o‘rganiladigan obyekt va hodisalarning aniq bog‘lanishlari osonroq belgilanadi.

Yüklə 59,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin