• axborotni fizik himoyalash tizimini va uni sirqib chiqishidan
himoyalash tizimini yagona doirada ishlashini muvofiqlashtirish;
• axborotni himoyalash bo‘yicha operativ qaror qabul qilish;
• himoya choralarining samaradorligini nazoratlash.
Fizik himoyalash tizimini boshqarish bo‘yicha me’yoriy
hujjatlar axborotni himoyalash bo‘yicha yo‘riqnomalarda o‘z aksini
topgan. Ammo yo‘riqnomalarda barcha
vaziyatlami hisobga olish
mumkin emas. Fizik himoyalash tizimining vositalari vaqt tanqisligi
sharoitida notipik vaziyatlar sodir bo‘lganida to‘g‘ri xulosa qabul
qilinishini ta’minlashi lozim.
Axborotni himoyalash uning samaradorligini nazoratlamasdan
amalga oshirish mumkin bo‘lmaganligi sababli, boshqarish tizimi
ning muhim vazifasi - himoyalash bo‘yicha choralami
turli xil na-
zoratlashni tashkil etish va amalga oshirishdir.
Fizik himoyalash tizimining tarkibi turli-tuman: oddiy qulfli
yog‘och eshikdan to qo‘riqlashning avtomatlashtirilgan tizimigacha.
Fizik himoyalash tizimning umumlashtirilgan sxemasi 10.11-rasmda
keltirilgan.
Obyektlami injener himoyalash va texnik qo‘riqlash zaruriyati
statistika orqali tasdiqlanadi, ya’ni suqilib kirishlaming 50% dan
ko‘prog‘i xodimlar va mijozlar tomonidan
erkin foydalaniladigan
obyektlarga amalga oshirilsa, faqat 5
%
kuchli qo‘riqlash rejimli
obyektlarga amalga oshiriladi.
Niyati buzuqlaming
suqilib kirishlari yashirincha, instrument
yordamida yoki portlatish orqali injener konstruksiyalarini mexanik
buzish bilan amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi hollarda suqilib ki-
rishlar qorovullami neytrallash bilan harbiy hujum ko‘rinishida
amalga oshiriladi.
Axborotni injener himoyalashni quyidagilar ta’minlaydi:
• niyati buzuqning va tabiiy ofatning
axborot manbalariga
(yoki qimmatbaho narsalarga) qarab harakat qilishi mumkin bo‘lgan
yo‘ldagi tabiiy va sun’iy to‘siqlar;
• foydalanishni nazoratlovchi va boshqaruvchi tizimlarning
to‘suvchi qurilmalari.
251
10.11-rasm. Axborot manbaini fizik himoyalash tizimining
strukturasi.
Dostları ilə paylaş: