)7. «Sarv» so'zi bilan bog'liq noto'g'ri ma'lumotni toping.
Ignabarglilar turkumiga kiradigan archasifat daraxt turi.
Bo'yi 25 metrgacha yetadigan, asosan, issiq o'lkalarda ko‘p uchraydigan daraxt turi.
Yurtimizda ham bir paytlar sarv daraxti bo'lgan, Toshkent shahridagi Shayx Xovand Tahur qabri yonida qurib qolgan sarv daraxtining tanasi saqlangan bo'lib, ajdodlarimiz shu daraxt tanasini ichkarida qoldirib, maqbara bunyod etishgan.
Hozirgi paytda poytaxtimizning hashamatli «Turkiston» xalqaro tantanalar saroyi kiraverish yo'lagining ikki yoniga qator qilib sarv daraxtlari ekilgan.
Qaysi she'riy janr turkiy janr bo'lgani uchun uning aksar lamunalarida qofiyaga olingan tajnislar, asosan, turkiy so'z va }o‘shimchalar vositasida shakllantiriladi?
A)tuyuq B) ruboiy C) fard D) qit'a
Alisher Navoiy qaysi tuyug'ida aynan kelib chiqishi forscha-tojikcha jo'lgan so'zlar vositasida tajnis yaratadi?
«Butmagan» tajnisli tuyug'ida
«Bormog‘in» tajnisli tuyug'ida
«Sarvi gulrux soridin» tajnisli tuyug'ida
«Bo‘lmas emish» tajnisli tuyug'ida
3-§. ALISHER NAVOIY 67
«Butmagan» tajnisli tuyuq: Tig‘i ishqing yorasidur butmagan, Dardini har kimga aytib butmagan. Hajr sahrosidur ohim o'tidin, Anda gul yoxud giyohe butmagan. «Butmagan» tajnisli tuyuqning nechanchi misrasidagi ifoda «tuzalmagan» ma'nosidagi «bitmagan» so'zi sifatida ishlatilgan?
A) 1-misrasidagi B) 3-misrasidagi
C) 2-misrasidagi D) 4-misrasidagi
«Butmagan» tajnisli tuyuqning nechanchi misrasidagi qofiyada «tugatmagan» ma'nosidagi «bitmagan» so'zi qo'llanilgan?
A) 1-misrasidagi B) 3-misrasidagi
C) 2-misrasidagi D) 4-misrasidagi
«Butmagan» tajnisli tuyuqning nechanchi misrasidagi tajnisda so‘z «unib chiqmagan», «o‘smagan» ma'nosidagi «bitmagan» shaklida istifoda etilgan?
A) 3-misrasidagi B) 4-misrasidagi
C) 2-misrasidagi D) 1-misrasidagi
«Butmagan» tajnisli tuyuqning nechanchi misrasida tajnisli qofiya mavjud emas?
A) 3-misrasida B) 4-misrasida
C) 2-misrasida D) 1-misrasida
«Butmagan» tajnisli tuyuqning nechanchi misrasida yara jonlantiriladi?
A) 2-misrasida B) 4-misrasida
C) 3-misrasida D) 1-misrasida
«Butmagan» tajnisli tuyuqning nechanchi misrasida «ayriliq sahrosi» istiorasi tilga olinadi va uning lirik qahramon ohi olovidan yongani o'quvchi ko‘z oldida gavdalantiriladi?
A) 3-misrasida B) 4-misrasida
C) 2-misrasida D) 1-misrasida
«Butmagan» tajnisli tuyuqda «ayriliq sahrosi»nihg lirik qahramon ohi olovidan yongani adabiyotshunoslikda qaysi she'riy san'atni yuzaga keltiradi?
A) husni ta'lil B) tanosub
C) tashbeh D) mubolag‘a
683-§. ALISHENAVOIY
QO'SHiMCHA TESTLAR
Navoiy tug'ilgan vaqtda Hirot shahri qaysi sulolaning hukmronligi ostida bo'lgan?
A) shayboniylar B) ashtarxoniylar
C) temuriylar D) usmoniylar
Navoiy kimning xonadonida dunyoga kelgan?
Mashhad hokimi llyosiddin Kichkina xonadonida
saroy amirlaridan bo'lmish G'iyosiddin Kichkina xonadonida
Sabzavor hokirni G'iyosiddin Kichkina xonadonida
saroy eshik og'asi llyosiddin Kichkina xonadonida
Yosh Alisher Navoiyning berilib ketganidan tashvishlanib, ota- onasi bekitib qo'ygan kitob mualiifi haqidagi to'g'ri fikrni toping.
hind tilidagi tasavvufiy adabiyotning asoschilaridan biri
turkiy tiidagi tasavvufiy adabiyotning asoschilaridan biri
arab tilidagi tasavvufiy adabiyotning asoschilaridan biri
forsiy tildagi tasavvufiy adabiyotning asoschilaridan biri
Husayn Boyqaro Navoiyga «Muqarrabi shohiy», ya'ni «Shohnirtg eng yaqin kishisi» martabasini taqdim qilgan edi. Bu sharafii martabada Podshohga bir masala yuzasidan ketma-ket necha marta murojaat qilish huquqi berilgan?
A) to'qqiz marta B) uch marta
C) besh marta D) yetti marta
Siyosiy vaziyatlar taqozosi bilan Navoiylar oilasi bir muddat qayerda yashaydi?
A) Buxoroda B) Iroqda
C) Sarnarqandda D) Eronda
Alisher Navoiy hozirgi Eronning qaysi shahriga yosh saroy xizmatchisi sifatida ko'chib boradi va u yerdagi madrasalarda ta'lim oladi?
A) Sheroz B) Mashhad
C) Nishopur D) Tehron
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti jniversiteti binosi oldiga o'rnatilgan Alisher Navoiyning yangi haykali shoirning Toshkent shahridagi nechanchi haykali hisoblanadi?
A) uchinchi B) ikkinchi
C) to'rtinchi D) beshinchi