G'afur G'ulomning qaysi she'rida ortiqcha nasihatbozlikdan, aql o'rgatishdan, yo'l ko'rsatishdan asar ham yo'q, aksincha, mehribon, jonkuyar otaning ezgu umidlari ko'ngilga xush yoquvchi ovozda farzandga izhor etiladi?
A) «Vaqt» she'rida
B) «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» she'rida
C) «Sog‘inish» she'rida
D) «Kuzatish» she'rida
G'afur G'ulomning Ikkinchi jahon urushi yillarida yaratilgan, tom ma'nodagi mumtoz she'rlari qaysilar?
«Sen yetim emassan»; 2) «Oltin medal»;
3) «Kuzatish»; 4) «Vaqt»;
5) «Sharqdan kelayotirman»; 6) «Sog‘inish»;
«Men - yahudiy»; 8) «Netay»;
«Bizning ko'chada ham bayram bo‘lajak».
A) 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 B) 1,2, 3, 4, 6, 7, 9
C) 1,2, 4, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
Quyida berilgan misralar mazmunini toping.
Maqomi zolim oxir bar zaifonast arzoniy, Agar otash furu aftad baxokistar dehad jaro... Zolimning maqomi - qudrati, zulmi ortgani sari, lovullab yonayotgan olovday atrofdagilarni kuydirib kulga aylantiradi.
Zolimning maqomi - qudrati, zulmi zaiflashmasa, bilginki, u bir kun boshqalar singari sening jismingni ham lovullab yonayotgan olovday yondiradi, lekin pok nomingni kulga aylantira olmaydi.
Zolimning maqomi - qudrati, zulmi oxir-oqibat zaiflashib, kuchdan qoladi. Lovullab yonayotgan olov ham bir kun kelib kulga aylanadi.
Zolimning maqomi - qudrati, zulmi oxir-oqibat zaiflashib, kuchdan qoladi. Xalq puflasa, lovullab yonayotgan olovni ham o'chirib, kulga aylantirish mumkin.
G'afur G'ulomning «Vaqt» she'rida tarixda qolish uchun arzirli biror ish qo'lidan kelishiga ko'zi yetmay, ulkan buzg'unchilik, vahshiylikka qo'l urib, Diana ma'badi - ibodatxonasiga o't qo'ygan qaysi tarixiy shaxs nomi keltiriladi?
A) Gelios B) Gerakl
C) Gerostrat D) Geron
905-§. G‘AFUR G‘ULOM
«Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» she'rida quyidagilardan qaysi obraz tasvirlangan?
hasharchi qo'shni qiz
jabrda masalani bajara olmayotgan o'quvchi qiz
imtihon navbatini besabr kutayotgan o'quvchi bola
diplomat bo'lishni orzu qiladigan qo'shni bola
Quyidagi misralar G'afur G'ulomning qaysi she'ridan olingan?
Aziz asrimizning aziz onlari, Aziz odamlardan so'raydi qadrin. A) «Sog‘inish» B) «Sen yetim emassan»
C) «Kuzatish» D) «Vaqt»
G'afur G'ulomning qaysi she'ri: «Shoirlaryarim avliyodirlar» degan fikrning yaqqol isboti hisoblanadi?
A) «Vaqt» B) «Sen yetim emassan»
C) «Kuzatish» D) «Sog‘inish»
G'afur G'ulomning qaysi she'ri 1941-yilning 18-may kuni, urush boshlanishiga bor-yo‘g‘i 33 kun qolganda yozilgan?
«Sen yetim emassan» she'ri
«Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» she'ri
«Sharqdan kelayotirman» she'ri
«Bizning ko'chada ham bayram bo‘lajak» she'ri
G'afur G'ulomning qaysi she'rida «Jabrda masala qo'sh muammodir. Xuddi shunda bir ulug' qurilish jodir» misralari uchraydi?
A) «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» she'rida
B) «Vaqt» she'rida
C) «Sog‘inish» she'rida
D) «Kuzatish» she'rida