Foydali qazilma konlarini razvedka qilishning asosiy



Yüklə 280,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix06.04.2023
ölçüsü280,92 Kb.
#94141
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oʻzbekiston suv omborlari




MUNDARIJA
 
Kirish………………………………………………………………………….2 
1. Mamalaktimizda suv omborlari barpo etishning asosiy maqsadi………….4
2. Suv omborlari klassifikatsiyasi…………….……………………………..10 
3. Suv omborlarining konfiguratsiyasi bo‘yicha turlanishi……………………16 
4. Suv omborlarining geografik joylashuviga ko‘ra turlanishi………………..20 
Xulosa………………………………………………………………………..23 
Foydalanadigan adabiyotlar………………………………………………….24 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Maʼlumki, insonlarning xoʻjalik ehtiyojlari ortgani sari ularning suv resurslariga 
boʻlgan ehtiyoji ham ortib boradi. Suv omborlarida jamgʻarilgan suvlardan 
xoʻjalikning barcha tarmoqlarini suvga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashdagi oʻrni va 
ahamiyati beqiyosdir. Mamalaktimizda suv omborlari barpo etishning asosiy 
maqsadi ham toʻgʻonlar, selxonalar barpo etish orqali daryolar suv rejimini tartibga 
solish va barpo etilgan suv omborlaridan kaskadli GESlar tashkil etilib, 
gidroenergiya maqsadida istiqbolli foydalanish moʻljallangan. Hozirgi kunda 
mamalaktimizda 55 tadan ortiq suv omborlari mavjud boʻlib, ularning umumiy 
hajmi 19.2 km³, foydali hajmi 15.3 km³ ni tashkil qiladi. Ularning 20 tasi yirik suv 
omborlari hisoblanib, umumiy hajmi 17.8 km³, foydali hajmi 14.1 km³ ni tashkil 
etadi. Suv omborlarining xoʻjalikdagi ahamiyati beqiyosdir. Chunki xoʻjalikning 
biror bir tarmogʻi yoʻqki, suvdan foydalanmasin. Suv omborlari barpo etish suv 
resurslaridan oqilona va unumli foydalanish imkonini beradi. Suv omborlarida 
toʻplangan suv yerlarni sugʻorish aholi punktlari va sanoat korxonalarini suv bilan 
taʼminlashda, daryo, kanallarni tozalashda, yilning qurgʻoqchil davrida suv 
tanqisligi muommolarini bartaraf etishda keng foydalaniladi. Suv omborlaridan 
baliqchilik xoʻjaliklarini rivojlantirish, suv transporti, dam olish, suv sporti 
maqsadlarida ham keng foydalanish mumkin. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda 
daryolar suv rejimini tartibga solish bilan birgalikda suv resurslaridan samarali 
foydalanishni tashkil etish maqsadida koʻplab suv omborlari tashkil etilgan. 
Tuyamoʻyin (Amudaryo), Chordara (Sirdaryo), Tuyaboʻgʻiz (Ohangaron), Andijon 
(Qoradaryo), Quyimozor (Amu-Zarafshon), Oqtepa (Amu-Zang), Janubiy Surxon 
(Surxondaryo), Chimqoʻrgʻon (Qashqadaryo), Shoʻrkoʻl (Zarafshon), Toʻdakoʻl 
(Amu Buxoro kanali), Qorovultepa (Eski Tuyatortar kanali), Uchqizil (Amu - Zang 
kanali), Kosonsoy (Kosonsoy), Karkidon (Isfayramsoy), Zomin (Zominsoy), 
Jizzax (Sangzor), Qamashi (Qorabogʻdaryo), Oqdaryo (Oqdaryo), Hisorak 
(Oqsuv), daryosida qurilgan. Suv omborlarining xoʻjalikdagi ahamiyati nihoyatda 
katta. Mamlakatimizda daryolar suv rejimini tartibga solish maqsadida barpo 
etilgan suv omborlaridan xoʻjalik ehtiyojlarida ham keng koʻlamda 



foydalanilmoqda. Qishloq xoʻjaligi asosan sugʻorma dehqonchilikka asoslangan. 
Sugʻorilgan yerlar meliorativ yer fondining 4.35 mln gektarini tashkil etadi. 
Ekinlar yoz chillasida koʻproq sugʻorishni talab etadi va shu bilan birga 
daryolarning toʻlin suv davrlari mavsumiy xoʻjalik muvozanatiga toʻgʻri kelmaydi. 
Bu esa ekinlarni sugʻorishda koʻplab muammolarga sabab boʻladi. Shu maqsadda 
suv omborlarida jamgʻarilgan suvlardan samarali foydalanilmoq-da. Qishloq 
xoʻjaligida ekinlarni sugʻorishda: Tuyamoʻyin, Chordara, Qayroqqum, Janubiy 
Surxon, Chimqoʻrgʻon, Andijon, Hisorak va Shoʻrkoʻl suv omborlarining 
ahamiyati nihoyatda katta. Shoʻrkoʻl suv ombori (Buxoro viloyati Gʻijduvon), 
Navoiy viloyati (Konimex va boshqa tumanlar)dagi 35 000 gektar, Chimqoʻrgʻon 
(Qamashi, Qarshi, Gʻuzor, Koson tumani)ning 188 000 gektar ekinzorlarni 
sugʻoradi, Andijon suv ombori suvi Fargʻona vodiysida 27 300 gektarga yaqin yer 
maydonini suv bilan taʼminlaydi, qoʻshimcha 35 000 gektar yerni sugʻorish 
imkonini beradi. Hisorak suv ombori (Shahrisabz va va Chiroqchi) tumanlarining 
xoʻjalik va maishiy- kommunal ehtiyojlarida foydalanadi. Janubiy Surxon suv 
omboridan Sherobod choʻlidagi 52 ming gektar yerning suv taʼminotini yaxshilash, 
Qumqoʻrgʻon tumani va qoʻshni tumanlarni suvga boʻlgan ehtiyojini taʼminlasa, 
Kattaqoʻrgʻon suv ombori suvi bilan Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi 94 000 
gektar yer sugʻoriladi va 150 ming gektar yerning suv taʼminotini yaxshilash uchun 
xizmat qiladi. Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi 73% ga yetgan. 
2021 -yil davomida 400 km li yangi ichimlik suvi tarmoqlar barpo etildi va 1100 
km tarmoqlar joriy va mukammal taʼmirlandi. 5000 ta inshoot tarmoqlariga onlayn 
hisoblagichlar oʻrnatildi, 973 ta nasos qayta taʼmirlandi, 938 ta energo tejamkor 
nasoslar faoliyati samarali tashkil etildi. Oʻzbekiston suv omborlaridan 
sogʻlomlashtirish, dam olish, suv sporti maqsadlarida ham foydalaniladi. Insonlar 
jazirama yoz kunlarida va boʻsh vaqtlarida tabiat bagʻrida dam olishga koʻproq 
ehtiyoj sezadi. Hozirda suv omborlarida turistik zonalar tashkil etish
mamlakatimiz miqyosida endigina shakllanish bosqichida.

Yüklə 280,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin