12
Afrika va Arabistonning tog‗oldi cho‗llari va yarim cho‗llarida joylashgan.
Ularning to‗yinishida tog‗larga yog‗gan qorlarning erishi muhim ahamiyat kasb
etadi.
2) Quyilma suv omborlariga asosan kanallar orqali
daryolarning ortiqcha
suvlar yig‗iladigan va tanlangan hududlarda qurilgan suv omborlari kiradi. Bu
guruhdagi suv omborlarni to‗ldirish suv keltiruvchi kanallar orqali amalga
oshiriladi. Bunday suv omborlarga misol tariqasida Respublikamizda joylashgan
15
Kattaqo‗rg‗on, Talimarjon, Quyimazor va boshqa
suv omborlarini misol qilib
keltirishimiz
mumkin.
3) O‘zanli suv omborlari ma‘lum bir yoki bir nechta daryolar o‗zanida barpo
etilgan suv omborlar bo‗lib, ular daryo oqimini vaqtincha havzasida to‗plab so‗ng
taqsimotni amalga oshirishga mo‗ljallangan. Ba‘zi o‗zanli suv omborlari daryoda
bo‗ladigan sel-toshqinlardan quyi b‘efdagi aholi, ishlab chiqarish xududlarini va
boshqalarni himoyalash maqsadida barpo etiladi.
Bunday suv omborlar selsuv
ombori
ham
deb
yuritiladi.
4) Tashlama suvlar bilan to‘yinadigan suv omborlari, bu guruhdagi suv
omborlari sug‗oriladigan yerlarning sathidan pastroqda, qaytgan suvlarni yig‗ish
maqsadida quriladi. Bunday tashlama suvlar bilan to‗yinadigan
suv omborlarga
misol qilib Xorazm viloyatidagi Sariqamish ko‗lini keltirish mumkindir.
5) Ko‘l-Suv omborlar (rostlanadigan ko‘llar), asosan bunday suv omborlari
ko‗llarni tabiiy suv almashinuvini sun‘iy rostlash orqali hosil qilinadi. Odatda
ko‗lsuv omborlarini qurishda ko‗ldan oqib chiqayotgan daryoga to‗g‗on qurish
orqali
erishiladi. Ba‘zi hollarda esa ko‗l-suv omborlar har xil daryo havzalariga tegishli
bir
nechta
ko‗llarning
qo‗shilishidan
hosil
bo‗ladi.
Er yuzasida ko‗llarni rostlash orqali hosil
qilingan bir necha ming suv
omborlari mavjud. Ularning aniq sonini bilish qiyin, chunki kichik ko‗llar baland
bo‗lmagan to‗g‗onlar orqali sathi ko‗tariladi, bunday to‗g‗onlar Jahon
to‗g‗onlar
13
registrida
ro‗yxatdan
o‗tmaydi.
Rostlanadigan ko‗llarning boshqa turdagi suv omborlaridan ustun tarafi
shundaki, unchalik sezilarli bo‗lmagan dimlash orqali kichik maydonni egallagan
holda
ko‗p
hajmdagi
suvni
yig‗ish
mumkinligidadir.
Dostları ilə paylaş: