Foydali qazilma konlarini razvedka qilishning asosiy


Suv omborini tashkil etilish maqsadiga ko‘ra tavsiflanishi



Yüklə 280,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix06.04.2023
ölçüsü280,92 Kb.
#94141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oʻzbekiston suv omborlari

Suv omborini tashkil etilish maqsadiga ko‘ra tavsiflanishi: Suv 
omborlarini qurishdan asosiy maqsad inson manfaatlari va uning yashash sharoitini 
yaxshilashdan iboratdir. Shuning uchun barcha qurilgan va qurilajak suv omborlari 
insoniyat foydalanishi yoki ularga samara keltirishi hamda suv omborini 
ekspluatatsiyasi hisobidan suvga bo‗lgan talabdagi qiynchiliklarni bartaraf etish 
ko‗zda tutiladi. Shuning uchun suv omborini tashkil etilishi (qurishdan) turlicha 
16 
maqsadlarni o‗z ichiga oladi, ya‘ni suv omborlari sug‗orish (irrigatsiya) 
maqsadida, energitika (GES lar) maqsadida, sug‗orish va energitika yoki 
energitika 
va sug‗orish maqsadida, suv ta‘minoti, baliqchilik maqsadida, sug‗orish va seldan 
himoyalash maqsadida va rekreaksiya (dam olish zonalari, plyajlar va x.k.) 
maqsadida 
barpo 
etiladi. 
Suv 
omborlarining 
geografik 
joylashuviga 
ko‘ra 
turlanishi: 
Suv 
omborlarini xo‗jalik talabiga qarab, uning relef va oqim sharoitlari to‗g‗ri 
keladigan istalgan geografik zonada barpo etish mumkin. Lekin ularning 
gidrologik, gidrokimyoviy va biologik rejim xususiyatlari mintaqa faktorlariga 
bog‗liq 
bo‗ladi. 
Yangi suv omborlarini qurishda, uning tabiiy jarayonlarni bashoratlashda va 
ushbu maqsad uchun tegishli havzani tanlashda birinchi navbatda ularning 
geografik joylashishi inobatga olinishi shart. Suv omborlari faqat arktik, antarktik 
va subantarktik mintaqalardagina mavjud emas. Faqatgina subarktik mintaqada bir 
nechta va ekvatorial mintaqada unga nisbatan ko‗proq suv omborlari mavjud. Suv 
omborlari asosan subtropik va tropik mintaqalarda loyihalanadi va barpo etiladi. 
Mintaqaviy faktorlardan eng muhimi relefdir. Suv ombori qirlar, adirli tekisliklar, 
tog‗oldi, plato, tog‗ vodiylari va dara relef chegaralarida barpo etilishi mumkin. 


14 
Suv ombori barpo etilayotgan hudud relefidan kelib chiqqan holda bosim, hajm va 
suv ostida qoluvchi er maydoni, suv ombori morfometriyasi va morfologiyasi, 
qisman suv omborini to‗ldirish va uni ishlatish belgilanadi. Jumladan 
respublikamizning hududi geografik jihatdan xar hil sharoitda bo‗lganligi bois 
qurilgan suv omborlar ham geografik joylashuv jihatdan turlichadir. Suv omborlari 
geografik 
jihatdan 
joylashuvigi 
ko‗ra 
quyidagi 
tiplarga 
bo‗linadi: 
Tekistlik va pasttekisliklardagi suv omborlar 0-200 0-500 0- 700 0 – 1000 0 – 1200 
Tog‗oldi hududdagi suv omborlar 200-500 500-1000 700-1200 1000 – 1500 1200 
– 2000 Tog‗li hududdagi suv omborlar 500 dan yuqori 1000-1500 1200 - 2000 
1500 – 2500 2000 – 3000 Baland tog‗li hududdagi suv omborlar - 1500 dan yuqori 
2000 
dan 
yuqori 
2500 
dan 
yuqori 
3000 
dan 
yuqori 
Tekistlik va pasttekisliklardagi suv omborlar: Tekistlik va pasttekisliklardagi 
suv omborlar suv to‗plash havzasining ya‘ni suv bilan qoplagan maydonining 
kengligi bilan ajralib turadi. Ushbu guruhdagi suv omborlarning odatda maksimal 
chuqurligi 20-25 m gachani va o‗rtacha chuqurligi 5-9 m ni tashkil etadi. Suv 
omborini ekspluatatsiyasi jarayonidagi bo‗shatish chuqurligi 2-7 m ni tashkil etadi. 
Suv ombori sathini qisman (kichik balandlikda) o‗zgarishi ham suv omborining 
suv yuzasi maydonini katta o‗zgarishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Yana bu guruhdagi suv 
omborlarida qirg‗oqlar shakllanishi boshqa guruhdagi suv omborlariga nisbatan 
jadal ravishda sodir bo‗lmaydi, aksincha qirg‗oqlar shakllanishi sekinlik bilan 
o‗zgarib boradi. Ushbu guruhdagi suv omborlarga me‘yoriy dimlangan suv 
sathining (MDS) belgisi 600 m gacha bo‗lgan suv omborlarni qo‗shish mumkin. 
O‗zbekistonda mavjud yirik suv omborlardan Talimarjon, Kattaqo‗rg‗on, 
To‗dako‗l, Janubiy Surxon, O‗zan va Kaparas kabi suv omborlarni tekistlik va 
pasttekisliklardagi suv omborlar guruhiga qo‗shish mumkin. Bu suv omborlar 
tekistlik va pasttekisliklarda joylashibgina qolmay ularning MDS belgisi 600 m 
dan 
pastdadir. 
Tog‘oldi hududlardagi suv omborlar: Tog‗oldi hududlardagi suv omborlari 
tekislik va pasttekisliklardagi suv omborlarga nisbatan suv bilan qoplangan 
maydoni kichikroq va chuqurligi esa kattaroq hamda me‘yoriy dimlangan suv sathi 


15 
(MDS) belgisi 600 m dan 1200 m gacha bo‗ladi. Ikkinchi guruhga mansub suv 
omborlarning maksimal chuqurligi 70 – 100 m gachani va o‗rtacha chuqurligi 30 – 
18 
35 m ni tashkil etadi. Bu suv omborini ekspluatatsiya qilish davrida suv omborini 
bo‗shatish chuqurligi 10 – 12 m ni tashkil etadi. Ushbu turdagi suv omborlarida 
qirg‗oqlarning shakillanish jadalligi tekistlik va pasttekistlikdagi suv omborlarga 
nisbattan ko‗proq kuzatiladi. Qirg‗oqlari esa nisbattan baland va tik qiyaliklardan 
tashkil topgan bo‗ladi va ushbu guruhdagi suv omborlar asosan daryo o‗zanlarida 
joylagan bo‗ladi. Tog‗oldi hududlardagi suv omborlar guruhiga Andijon, 
Pachkamar, Qorabog‗ va Langar suv omborlarini misol qilib keltirsa bo‗ladi. 
Tog‘li hududdagi suv omborlar: Tog‗li hududlarda joylashgan suv omborlari 
akvatoriyasi katta bo‗lmagan suv bilan qoplangan yuza maydoniga ega bo‗ladi va 
kamdan kam holatlarda bir necha o‗n km2 ni tashkil etadi. Tog‗li hududlarda 
joylashgan suv omborlari guruhiga mansub suv omborlarining umumiy chuqurligi 
kamida 100 – 200 m gachani va suv omborini ekspluatatsiyasi jarayonida suv 
omborini eng katta bo‗shatish chuqurligi 50 – 100 m gacha bo‗ladi. Suv omborini 
kam bo‗shatganda ham suv sathi keskin o‗zgaradi va aksincha suv yuzasining 
maydoni katta farqda o‗zgarmaydi. Uchunchi guruhga mansub suv omborlari 
me‘yoriy dimlangan suv sathining (MDS) belgisi 1200 m dan yuqorida bo‗ladi. 
Ushbu turdagi suv omborlari qirg‗oqlarida tog‗ jinslarining tabiiy joylashuvi 
natijasida shamol to‗lqinlari ta‘sirida qirg‗oqlar shakillanishi va suvning toshishi 
kuzatilmaydi. Ushbu turdagi suv omborlarida loyqa-cho‗kindilar to‗planishiga 
asosan sel-toshqin davrida daryo oqimi orqali keladigan oqiziqlar miqdori va 
qirg‗oqlar yuqori qismidagi o‗prilish, ko‗chish kabi holatlar asosiy sabab bo‗ladi. 
Tog‗li hududlarda joylashgan suv omborlar guruhiga Oxangaron, To‗polang va 
Xissarak 
suv 
omborlari 
misol 
bo‗ladi. 

Yüklə 280,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin