Foydali qazilma konlarini razvedka qilishning asosiy


Suv omborlarining chuqurligi bo‘yicha klassifikatsiyasi



Yüklə 280,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix06.04.2023
ölçüsü280,92 Kb.
#94141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oʻzbekiston suv omborlari

Suv omborlarining chuqurligi bo‘yicha klassifikatsiyasi: Suv omborlari 
chuqurlikligi bo‗yicha bir nechta turlarga ya‘ni, nihoyatda chuqur, juda chuqur, 
chuqur, o‗rta chuqur, chuqur bo‗lmagan va sayoz suv omborlar turlariga 
bo‗linadi. 
Nihoyatda chuqur suv omborlarning eng yuqori chuqurligi 200 m dan katta va 
o‗rtacha chuqurligi esa 60 m dan ortiq bo‗ladi. Juda chuqur suv omborlarning eng 
yuqori chuqurligi 100 m dan 200 m gacha va o‗rtacha chuqurligi esa 30 m dan 
60 m gacha chuqurlikni, chuqur suv omborlarning eng yuqori chuqurligi 50 m dan 
99 m gacha va o‗rtacha chuqurligi esa 15 m dan 29 m gacha chuqurlikni, o‗rta 
chuqur suv omborlarning eng yuqori chuqurligi 20 m dan 49 m gacha va o‗rtacha 
chuqurligi esa 7m dan 14m gacha chuqurlikni, chuqur bo‗lmagan suv 
omborlarning eng yuqori chuqurligi 10 m dan 19 m gacha va o‗rtacha chuqurligi 
esa 3 m dan 6 m gacha chuqurlikni hamda sayoz suv omborlarning eng yuqori 
chuqurligi 10 m dan kichik va o‗rtacha chuqurligi esa 3 m dan kam chuqurlikni 
tashkil 
etadi. 
21 
Oqim hajmini rostlash bo‘yicha tavsiflari: Suv omborlarini oqim hajmini 
rostlanish bo‗yicha ko‗p yillik, mavsumiy (yillik), oylik, haftalik va kunlik 
rostlanadigan suv omborlarga ajratish mumkin. Oqim hajmini ko‗p yillik 


18 
rostlanishi oqim hajmini rostlashning eng to‗liq va mukammal turi bo‗lib, suv 
resurslaridan kompleks maqsadlarda foydalanish imkonini beradi. Suv omboridagi 
oqim hajmi uzoq muddatli ko‗p yillik davrda qayta taqsimlanadi ya‘ni, suv ko‗p 
bo‗lgan yillardagi oqimni yig‗ib suv kam bo‗lgan yillarda undan foydalaniladi. 
Oqim hajmini ko‗p yillik rostlanishi katta sig‗imdagi suv omborlarini qurishni 
taqozo 
etadi. 
Suv omborlarida oqim hajmini mavsumiy rostlashda esa yilning sersuv 
mavsumida (yog‗ingarchilik ko‗p yog‗adigan davrlarda) suv omborini to‗ldirib 
yilning suv kam bo‗ladigan ya‘ni, vegitatsiya mavsumida undan foydalaniladi. 
Oqim hajmi mavsum yoki yil davomida qayta taqsimlanadi. Respublikamizdagi 
ko‗pchilik suv omborlari mavsumiy (yillik) rostlanadi va ulardan suv ta‘minotida, 
energetikada, sug‗orishda va xalq xo‗jaligining boshqa sohalarida foydalaniladi. 
Oqim hajmini qisqa muddatli (oylik, haftalik, kunlik) rostlanishi suvdan 
foydalanuvchilar talabiga muvofiq daryo oqim hajmining oy, hafta, kun davomida 
qayta taqsimlanishidirSuv omborida suv iste‘molchilarga kamroq kerak bo‗l gan 
davrlarda yig‗ilib, ko‗proq kerak bo‗lgan davrlarda esa sarflanadi. Rostlashning 
bu 
turlari tabiiy suv sarflariga qaraganda o‗zgaruvchan bo‗lgan suv sarflarini hisobga 
oladi. Suv omboridagi inshootlar xavfsizligi manitoringini olib borish 
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini baholash monitoring tizimining asosiy 
vazifalari - gidrotexnika inshootlarni doimiy nazoratini olib borish, suv 
omborlarida va boshqa inshootlarda o‗rnatilgan nazorat-o‗lchov asboblardan 
bevosita olingan ma‘lumotlarga tezkor ishlov berish hamda ishlab chiqilgan 
kadastr hujjatlari va boshqa diagnostika ishlaridagi berilgan ko‗rsatmalarni 
bajarilish tahlilini olib borishdir. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi monitoringi 
nafaqat xavfsizligini baholash mezonlari tizimiga asoslangan tezkor nazorat 
samarador texnologiyasini nazarda tutadi balki inshootda to‗plangan barcha 
ma‘lumotlarga to‗liq ega bo‗lish tezkorlikni ko‗zda tutadi. Shu sababli uning 
xavfsiz holati monitoringini tashkillashtirish alohida dolzarb kasb etadi. Bundan 
tashqari, bu masalani muhimligi shundan iboratki, gidrotexnika inshootlardan 


19 
foydalanishdagi ko‗zga ko‗rinarli yutuqlarga qaramay, oxirgi yillarda 
gidrotexnika 
inshootlarning ishdan chiqish sur‘ati oshib borishi, xatto avariya holatlari 
kuzatilmoqda shuningdek suv omborlarda, nasos stansiyalarda, daryo va soylarda 
alohida 
xavotirga 
sabab 
bo‗lmoqda. 
Respublikamizdagi 
gidrotexnika 
inshootlar 
qishloq 
xo‗jalik 
ishlab 
chiqarishni 90 foizni, elektroenergiya ishlab chiqarishni 10 foizni suv bilan 
ta‘minlaydi, umuman olganda iqtisodiyotning boshqa sohalarini turg‗unligi, 
asosiysi o‗sha tumanlarda yashovchi 50 foiz aholining xavfsizligi ushbu 
gidrotexnik 
inshootlar 
holati 
bilan 
bog‗liqdir. 
207 
Gidrotexnika inshootlardan 40-50 yillik foydalanish natijasida eskirish 
jarayonlari, loyqalanish oqibatida ularning texnik imkoniyati va ishonchliligi 
kamayadi. Ularning shikastlanishi va buzilishidan ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlar 
moddiy zarari juda katta bo‗lishi va tabiiy ofatlar bilan tenglashishi mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 
ro‗yxatga asosan ―Davsuvxo‗jaliknazorat‖ inspeksiyasi suv ombori, nasos 
stansiyasi, elektrostansiyasi, magistral kanali, yirik gidrouzellari, magistral 
kollektrlar, daryo va soylardagi o‗zanlarni boshqarish va himoyalash inshootlarni 
texnik nazoratini va monitoringini olib boradi hamda quyidagi ma‘lumot 
manbalaridan foydalanadi.
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini baholash monitoring tizimining asosiy 
vazifalari - gidrotexnika inshootlarni doimiy nazoratini olib borish, suv 
omborlarida va boshqa inshootlarda o‗rnatilgan nazorat-o‗lchov asboblardan 
bevosita olingan ma‘lumotlarga tezkor ishlov berish hamda ishlab chiqilgan 
kadastr hujjatlari va boshqa diagnostika ishlaridagi berilgan ko‗rsatmalarni 
bajarilish tahlilini olib borishdir. 

Yüklə 280,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin