K 1 R IS H
Kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi lani matematik analiz fanining uzviy
davomi bo’lib, oliy matematikaning asosiy bo’limlaridan hisoblanadi. Ushbu ishchi dastur
matematika yo’nalishi 3-kurs bakalavrlaming mazkur fan uzviy davomi hisoblanadi.
Bunda matematik analiz fanida o ’rganilgan obyektlar kompleks o’zgaruvchili funksiyalar
nazariyasi nuqtai nazaridan qaraladi va ular chuqurroq o ’rgatiladi. Kompleks o’zgaruvchili
funksiyalaming o’zigagina xos bo’lgan xossalari, Koshi tipidagi integral, uning tadbiqlari,
qoldiqlar nazariyasining muhim xossalari o'rganiladi.
Ushbu dastur kompleks o’zgaruvchi funksiyalar nazariyasiga tegishli Koshi teoremasi va
integral formulasi, analitik funksiyalar, Loran qatorlari, qoldiqlar va ulaming tadbiqlari, konform
akslantirishlar kabi mavzularini o ’z ichiga oladi.
O 'q u v fanining maqsadi va vazifalari
Talabalami kompleks o ’zgaruvchili funksiyalar nazariyasining zaruriy ma'lumotlari
majmuasi bilan tanishtirish, kompleks analiz fanining boshqa fanlarga tatbiqini o ’rgatishdan
iboratdir.
Kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasining metodlarini o’rganish va bu
metodlami texnika, fizika va mexanikaning ayrim masalalarini yechishga tadbiq etish bu fanning
asosiy vazifasi hisoblanadi.
Fan bo'yicha talabalarning bilim, malaka va
ko'nikmaga qo’yiladigan talablar
Kompleks sonlar, kompleks funksiyani differensiallanuvchanligi, konform akslantirish;
Koshining integral teoremasi. Koshining integral formulalari va uni qo'llanilishi: analitik
funksiyaning bir qiymatli xarakterdagi yakkalangan maxsus nuqtalari; Loran qatori, qoldiqlar va
ma va ulaming yoptq kontur. xosmas integrallami hisoblashga tadbiqini
bilislti kerak.
Analitik funksiyaning bir qiymatli xarakterdagi yakkalangan maxsus maxsus nuqtalar
sinfi; Loran qatori va uning xossalari; analitik davom ettirish xaqida, analitik funksiya
chegaraviy masalalarini qo’yish va yechish
k o ’nikm alariga ega bo'lishi kerak.
Kompleks o ’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi predmetini tinglagan talabalar nazariy
bilimlami puxta o’zlashtirgan bo’lishlari. mavzularning moxiyatini tushungan bo’lishlari va
amaliy masaialarni yechishda nazariy ma’lumotlarni tadbiq
qilisli malakasiga ega bo'lislii
kerak
Dostları ilə paylaş: