usullardan adsorbsiya va katalitik oksidlanish hisoblanib, ular 90%gacha
S 0 2 ushlab qolish imkonini beradi.
Kulni ushlab qolish uchun kombinirlangan kul tutib qolish sistemasi
qo'llanilib, u Benturi nayi — skrubber — elektrofiltridan tashkil etilgandir.
Ushbu sistema kulni 99,7% gacha ushlab qoladi.
Ajratib olingan kul
bilan shlak qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladi.
Xomashyo va tayyor mahsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga olib
borishni engillauggirish maqsadida turli ishlab chiqarish korxonalarini
bir-biriga yaqin joylashtirish, ya’ni sanoat territorial kompleksini tuzish
zarurdir. Yuqorida aytilganlarga muvofiq ChTJ hosil qilishning 2 va 3
tamoyillari
amalga oshiriladi;
ishlab chiqarishni ekologiyazatsiyalash, ya’ni
xomashyoga maxsus
ishlov berish yo‘li bilan uni qo‘shimcha aralashmalardan tozalab so‘ngra,
ishlatish zarur. Natijada hosil bolayotgan chiqindilarning miqdorini
ancha
kamaytirishga erishiladi, S 0 2 miqdorini kamaytirish uchun
yoqilg‘i tarkibidagi
S aralashma tozalab olinib, so‘ngra yoqiladi. S 0 2
hosil bo'lishini oldini olish, u hosil bo‘lgandan
keyin tozalashga
qaraganda ancha qulay va arzonroq.
Buning uchun yoqilg‘i kimyoviy usullar yoki gravitatsion separatorlar
yordamida tozalab olinadi. Yoqilg'ini yoqishdan oldin S dan tozalash
ish
samarasini oshirish, yoqilg‘i yuzasidagi korroziya jarayonini
kamaytirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: