S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

ISBN 978-9943-391-23-9 
T90
M azkur darslikda O'zbekistondagi ekologik ahvol, atrof-muhitni muhofaza
qilishning huquqiy asoslari, biosferaning ekologik muammolari, atmosfera, gidrosfera
hamda litosferani ifloslantiruvchi manbalar, chiqindilar normasini aniqlash to‘g ‘risida
tushuncha berilgan.
Kitobda atmosfera havosini changdan, zaharli gazlardan tozalash, qattiq
chiqindilarni qayta ishlash, noorganik va organik moddalar ishlab chiqarish
chiqindilarini qayta ishlash usullari haqida fikr yuritilgan.
Darslikdan texnika oliy o'quv yurtlarining bakalavriatura bosqichida ta'lim
olayotgan talabalar, tabiatni muhofaza qilish bilan shug'ullanuvchi ekologlar,
magistrlar, aspirantlar foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar:
1. t.f.d., prof. T.A. O taqo‘ziyev
2. t.f.d., prof. R.S. Sayfutdinov
ISBN 978-9943-391-23-9
© «0‘zbekiston faylasuflari milliyjamiyati» nashriyoti, 2011.


SO‘ZBOSHI
Hozirgi zamon ilmiy texnika taraqqiyoti tabiiy resurslar iste’mol 
qilish sur’atlarining doimiy tezlashib borishi va ishlab chiqarishning 
rivojlanishi bilan bog‘liq.
Qadimgi odamga o‘zining barcha hayotiy ehtiyojlarini qondirish 
uchun 18 ta, XVIII asrda — 28 ta, XIX asrda — 47 ta, XX asming 
boshida — 59 ta kimyoviy elementlar va ularning birikmalari zarur edi. 
H ozirda esa 100 ga yaqin elem ent va ularning birikm alaridan 
foydalanilmoqda.
XX asr davomida har yili yer ostidan hozirgi zamon ishlab chiqarish 
darajasida 100 mlrd. tonna turli-tuman tog‘ jinslari qazib chiqarilar 
edi. XX asming oxiriga borib bu miqdor 600 mlrd. tonnagacha ko‘paydi. 
Ayniqsa, mineral xomashyodan foydalanish tez sur’atlar bilan o‘sib 
bormoqda. Agar sobiq Ittifoqda 1960-yilda mineral xomashyo hissasiga 
iste’mol qilinuvchi dastlabki material va mahsulotlaming 50% i to‘g‘ri 
kelgan bo‘lsa, hozirda esa ushbu xomashyo mutlaq ustun turuvchi 
xomashyoga aylandi. AQSHda 1940-yildan butun insoniyat tomonidan 
hozirgacha ishlatilib kelinganidan ham ko‘p mineral xomashyo ishlab 
chiqarishga jalb qilingan.
Foydali qazilmalardan foydalanish sur’atlarining o ‘sishi davom etib 
bormoqda. Oxirgi yigirma yilda neft iste’moli 4 m artaga ortdi. 
Shuningdek, temir rudalari, fosfatlar va boshqa minerallar bilan ham 
shunday holat sodir bo‘lmoqda.
Foydali qazilmalaming 200 ko'rinishidan 30 tasidan eng ko‘p 
foydalanilmoqda. Biroq qazib chiqarish va qayta ishlov berish 
texnologiyalarining taraqqiy etmagani sababli metallaming deyarli yarmi 
va kimyo xomashyosining uchdan biri yo‘qotilmoqda. Umuman 
olganda, “xomashyo — maqsadli mahsulot” texnologik zanjiridan to ‘g‘ri 
foydalanish kamdan kam hollarda 10% dan ortadi, ya’ni tabiiy 
xomashyoning har bir tonnasidan faqat 10 kg foydali ravishda ishlatiladi 
va 900 kg gacha turlicha chiqindilar hosil bo‘ladi.
Xomashyo resurslarini iste’mol qilishi bo'yicha yuzaga kelgan holat 
chiqindilar hajmining to ‘xtatib bo‘lmas darajada o'sishiga olib boradi. 
Ularning katta miqdori chang-gaz chiqindisi ko‘rinishida atmosferaga 
hamda oqova suvlar bilan birga suv havzalariga tushadi, bu esa atrof- 
muhit holatiga juda katta salbiy ta’sir ko'rsatadi. Sayyoramiz atmosfera 
havosiga 200 mln. tonnaga yaqin uglerod dioksidi, 53 mln. tonna azot
3


oksidlari, 200—250 mln. tonna turli xil aerozollar, 120 mln. tonna kul 
chiqindilari tashlanadi. Hammadan ham ko‘p atmosferani issiqlik 
energetikasi, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati ifloslantiradi.
Qattiq chiqindilarning yillik to‘planish hajmi juda tez ko'payib 
bormoqda. AQSH da qattiq chiqindilarning yillik chiqarib tashlanish 
miqdori 4.5 mlrd. tonnaga yetmoqda, shu jumladan, sanoat chiqindilari
— 1 mlrd. tonna, YeES mamlakatlarida — 7.2 mlrd. tonna, Yaponiyada
— 1.3 mlrd. tonna, Rossiya va M DH mamlakatlari bilan ko‘shib 
hisoblaganda 1990-yilda 100 mln. tonna, 2000-yilda esa - 140—150 
mln. tonnadan oshib ketdi.
Sanoat aylanmasiga hozirda yangidan-yangi foydali qazilmalar kirib 
bormoqda. Neft ko‘p yillar davomida faqat yoqilg‘i sifatida ishlatib 
kelingan edi, so‘ng esa kimyo sanoatida keng ravishda qo‘liana boshladi, 
endilikda esa — oqsil moddalar olishda ham undan foydalanilmoqda.
Inson uchun foydali qazilmalami qazib chiqarishning potensial 
doirasi — yer sharining bir necha kilometr qalinlikdagi ust qismidir, 
vaholanki, yer kurrasi o ‘z hayotining milliard yillari davomida mineral 
resurslarning ulkan zaxirasini yaratdi. Hozircha inson ularning 
hammasidan foydalanishga imkoniyati yo‘q. 10—20 km chuqurlikda 
yer po‘stlog‘ining o‘rtacha kimyoviy tarkibi aniqlangan. O'n ikki element 
umumiy tarzda 99,29% ni tashkil etadi. Yer po‘stlog‘ida eng ko‘p 
tarqalgan elementlar — kislorod va kremniydir. Sanoat ahamiyatiga 
ega bo'lgan boshqa qimmatli elementlar nisbatan katta miqdorga ega 
emas. Shuning uchun ham xomashyolami tejash maqsadida sanoatda 
hosil bo‘layotgan chiqindilarni tozalash moslamalari yordamida ushlab 
olib, ulardan ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanishni tashkil qilish 
ekologik muammolar ichida eng dolzarblaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin