S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

komplekslari
va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini ta’m i p p j ^ g g ^ E ^ W t a l f l g
17 
UHiVHP.SITETI


qulay atrof-muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir.
Ushbu qonunga binoan tabiatni muhofaza qilishdan maqsad:
— inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun, 
respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
manfaatlari yo‘lida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan 
qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlami yaratish;
— jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish;
— ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma- 
xilligini saqlab qolish;
— ekologiya xavfsizligini ta ’minlash;
— tabiat obyektlari bilan bogiiq madaniy merosni asrab qolishdir.
0 ‘zbekiston Respublikasining “ Suv va suvdan foydalanish
to ‘g‘risidagi” qonuni 1993-yil 6-mayda qabul qilingan bo‘lib, uning 
vazifalari suvga doir munosabatlami tartibga solish, aholi va xalq xo‘jaligi 
ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish, suvni bug‘latish, 
ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suvning zararli ta’sirining 
oldini olish va uni bartaraf qilish, suv obyektlarining holatini yaxshilash, 
shuningdek, suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, muassasalar
tashkilotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari va fuqarolaming huquqlarini 
himoya qilishdan iboratdir.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish 
to ‘g‘risidagi” qonuni 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan bo‘lib, asosiy 
vazifalari quyidagilardan iboratdir:
— atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash;
— atmosfera havosiga zaharli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa 
ta ’sir ko‘rsatilishining oldini olish hamda kamaytirish;
— davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat 
birlashmalari va fuqarolaming atmosfera havosini muhofaza qilish 
sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
0 ‘zbekiston Respublikasining “0 ‘simliklar dunyosini muhofaza 
qilish va undan foydalanish to ‘g‘risidagi” qonuni 1997-yil 26 dekabrda 
qabul qilingan bo‘lib, uning vazifalari quyidagilardan iboratdir:
— floraning tu r bo‘yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy 
sharoitlarda saqlab qolish;
— tabiiy o‘simlik jamoalarining va yowoyi o‘simliklar o‘sadigan 
muhitning bir butunligini saqlab qolish;
— o ‘sim lik dunyosidan oqilona foydalanish va un i tak ro r 
yetishtirishni ta ’minlash;
18


- yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simlik dunyosini muhofaza 
qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatni huquqiy tartibga solish.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to ‘g‘risidagi” 
qonuni 200-yil 25-mayda qabul qilingan bo‘lib, ekologik ekspertiza 
deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa 
xil 
faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik 
ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
- mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish 
to ‘g‘risida qaror qabul qilinishidan oldingi bosqichlarda bunday 
faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa 
xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta ’sir ko‘rsatishi mumkin 
bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning 
ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
- atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy 

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin