S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


Biosferaning ekologik muammolari



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

1.4. Biosferaning ekologik muammolari
Keyingi davrlarda uglerodni yoqish hisobiga karbonat angidrid — 
S 0 2 gazi ko'payib bormoqda. Bu esa parnik effekti hosil qiladi. 2000- 
yilga kelib Yeming shimoliy yarim sharida havo harorati 1.2 gradusga 
oshadi. Bu esa muzliklar erishini tezlashtirdi va dunyo okeanlarining 
sathi ko‘tarilishiga sabab bo'lmoqda.
1980-yillarda Antarktidada ilmiy tekshirish stansiyalarida havoda 
ozon miqdorining kamayib borayotgani va “ozon teshik”lari paydo 
boiganligi aniqlandi. 1987-yil Antarktidada Amerika yer yo‘ldoshi 
“N im burk-7”dan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ozon teshigi janubiy 
materikning 2/3 qismini egallagan. Buning asosiy sababchisi ko‘plab 
xloroftor uglevodorodlarining (har xil aerozollar, ayniqsa xlor oksidlari) 
ishlatilishidir. Bular ozon qatlamini yemiradi, o ‘zlari esa juda sekin 
parchalanadilar (50 yildan 200 yilgacha).
1989-yilda Monrealda qabul qilingan hujjatga muvofiq 1999-yil 
freonlarni ishlab chiqarish dunyo bo'yicha 50% ga kamaytirildi. Ana 
shu tadbirlar amalga oshirilsa, ozon teshiklarini kamaytirish mumkin. 
Bu esa, ozon qatlamini saqlab qolishga imkon beradi.
Kislotali yomg'irlar. Hozirgi davrda texnogen suffidning havoga 
ko‘plab chiqarilishi biosfera moddalarining aylanma harakatiga katta


ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu yomg'irlarning ta’siri tufayli AQSHdagi ko'llardn 
80% hayot yo‘qolgan. Kanada, Shvetsiya, Norvegiya davlatlarida suv 
havzalari shu yomg‘irlar tufayli zararlangan. Kislotali yomg‘irlarning 
■ia’siri natijasida har yili 31 mln.gektarga yaqin yerlardagi o‘rmonlar 
qurib ketmoqda. A.V.Yablokov tom onidan 1989-yilda o ‘tkazilgan 
kuzatishlar natijalari kislotali yomg‘irlar ta ’sirida o‘rm onlar ham 
shikastlanishi va bu yomg‘irlar chuchuk suvlarning organik dunyosiga 
ham kuchli ta ’sir etishini tasdiqladi. Shuningdek, bunday xatarlarga 
Tojikiston Respublikasining Tursunzoda shahridagi aluminiy ishlab 
chiqarish korxonasi, Chirchiqdagi kaprloktam zavodi chiqindilari ham 
misol bo‘la oladi.
Tuproq unumdorligining kamayishiga inson faoliyatining ta’siri. 
Tabiatdagi biologik aylanishga inson faoliyati katta ta ’sir ko‘rsatadi. 
Bu aylanish moddalaming sirkulyatsiya qilishi tufayli vujudga keladi. 
Bu tuproq, o ‘simlik, hayvonlar va mikroorganizmlar o ‘rtasida sodir 
bo‘ladi. Yer osti boyliklarini ochiq qazib olish, yerlami quritish va 
sug‘orish tuproq unumdorligining pasayishiga va yemirilishiga olib 
keladi.
BM Tning m a’lum otiga ko‘ra, har yili dunyoda erroziya va 
defolyatsiya natijasida 7 mln.gektar haydaladigan yer qishloq xo'jaligi 
aylanma harakatidan chiqib qolmoqda (masalan, Hindiston, Pokiston
Meksika, Orol bo‘yida). Sho‘rlangan yerlarda hosildorlik keskin pasayib 
ketmoqda (masalan, paxta va bug‘doy 50—60%, makkajo‘xori 40— 
50% ga). Atrof-muhitning buzilishi tufayli Orol bo‘yida katta cho‘llar 
yuzaga kelmoqda.
0 ‘rm onlarning keskin kamayishi. Yer yuzasidagi o ‘rm onlar 
tabiatdagi ekosistemaning normal holatda saqlanishida katta rol 
o'ynaydi. Quruqlikdagi o ‘simliklar inson faoliyati tufayli havoga 
chiqarilgan har xil zaharli moddalarni yutib, havoni ifloslanishidan 
himoya qiladi. 0 ‘rmonlarning kamayishi atmosferadagi kislorod va 
uglerod balansini buzilishiga olib keladi.
1 gektar yerdagi o ‘rmonlar bir yilda 20 mln.m3 toza havo beradi. 
Shunga qaramay insonlar o'rm onlarni kesishni to ‘xtovsiz davom 
ettirmoqdalar.
Hozirgi kunda yer yuzasidagi o ‘rmonlar 42 mln.km2 ni tashkil 
etadi. Ular har yili 2% dan kamayib bormoqda. Shuning uchun keyingi 
vaqtda G ‘arbiy Y evropa m am lakatlarida su n ’iy o ‘rm onlarni 
ko‘paytirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin