S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

Uchinchidan, 
Orol dengizining qurib borishi jiddiy muammoga 
aylandi. Orol dengizi muammosi uzoq o ‘tmishga borib taqaladi. Lekin 
bu muammo xavfi so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida ortdi. Markaziy 
Osiyoning butun hududi bo‘ylab sug‘orish tizimlarini jadal sur’atda 
qurish, ko'plab aholi punktlariga va sanoat korxonalariga suv berish 
natijasida fojiasi yuzaga keldi. Yaqin-yaqinlargacha cho‘lu sahrolardan 
tortib olingari va sug‘orilgan yangi yerlar haqida dabdaba bilan 
so‘zlanardi. Ayni chog‘da ana shu suv Oroldan tortib olinganligi, uni
13


«jonsizlantirib» 
q o ‘y g a n lig i 
xayolga kelmasdi. Endilikda Orolbo'yi 
ekologik kulfat hududiga aylandi.
Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar 
fojialardan biridir. Dengiz havzasida yashaydigan qariyb 35 million 
kishi uning ta ’sirida qoldi.
Biz 20-25 yil mobaynida jahondagi eng yirik yopiq suv havza- 
laridan birining yo‘qolib borishiga guvoh bo'lmoqdamiz. Biroq bir 
avlodning ko‘z o‘ngida butun bir dengiz halok bo‘lgan hoi hali ro‘y 
bergan emas edi.
Orolning qurib qolgan tubidagi chang bo‘ronlari 1975-yildayoq kos- 
mik tadqiqotlar natijasida aniqlangan edi. 80-yillaming boshlaridan buyon 
bunday to‘fonlar bir yilda 90 kun davomida kuzatilmoqda. Chang-to‘zon 
uzunligi 400 kilometr va eni 40 kilometr maydonga yetib bormoqda. 
Chang bo‘ronlarining ta’sir doirasi esa 300 kilometrgacha yetmoqda. 
Mutaxassislar bergan ma’lumotlarga qaraganda, bu yerda har yili at- 
mosferaga 15-75 million tonna chang ko‘tariladi.
Bularning hammasi Orolbo‘yi iqlimining o‘zgarishiga olib keldi. 
1986-yildan boshlab Orol baliq ovlashga yaroqsiz bo‘lib qoldi. Sohilning 
hozirgi chizig‘idan yiroqlarda bo‘lgan baliqchilarning qachonlardir 
qudratli flotiliyasining zang bosgan qoldiqlarini, vayronaga aylangan 
baliqchilar posyolkalarini uchratish mumkin. Bo‘zko‘l, Oltinko‘1, 
Karatma ko‘rfazlari yo‘qoldi. Akpetki arxipelagi quruqlik bilan qo‘shilib 
ketdi. Yaylovlar va o ‘tloqlar yo‘qolib bormoqda. Hudud botqoqqa 
aylanmoqda. Suvning tobora taqchillashib borayotganligi va sifati 
yomonlashayotganligi tuproq va o‘simlik qatlamining buzilishiga, 
o‘simlik va hayvonot dunyosida o ‘zgarishlar yuz berishiga, shuningdek, 
sug‘orma dehqonchilik samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda.
Orol dengizining qurib borishi va shu jarayon tufayli Orolbo‘yi 
mintaqasidagi tabiiy m uhitning buzilishi ekologik fojia sifatida 
baholanmoqda. Chang va tuz bo‘ronlarining paydo bo‘lishi, faqat Orol 
bo‘yida emas, balki dengizdan ancha naridagi bepoyon hududlarda 
yerlarning cho‘lga aylanishi, iqlim va landshaftning o ‘zgarishi - bular 
ana shu fojia oqibatlarining to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatidir.
Orol fojiasini 70-yillarning boshlarida juda kechi bilan 80-yillarning 
boshlarida, dengizning sathi unchalik pasaymagan bir paytda idora 
qilish mumkin edi. Hozirgi vaqtda uni boshqarish juda murakkab bo‘lib 
qoldi. Keyinchalik esa bu jarayon yana ham mushkullashadi yoki 
umuman boshqarib bo‘lmaydigan holga keladi.


To‘rtinchidan, havo bo‘shlig‘ining ifloslanishi ham respublikada 
ekologik xavfsizlikka solinayotgan tahdiddir.
Mutaxassislaming ma’lumotiga qaraganda, har yili atmosfera havosi- 
ga 4 million tonnaga yaqin zararli moddalar qo‘shilmoqda. Shular- 
ning yarmi uglerod oksidiga to‘g‘ri keladi, 15 foizini uglevodorod chi- 
qindilari, 14 foizini oltingugurt qo‘sh oksidi, 9 foizini azot oksidi, 8 
foizini qattiq moddalar tashkil etadi va 4 foizga yaqin o‘ziga xos o ‘tkir 
zaharli moddalarga to ‘g‘ri keladi. Atmosferada uglerod yig‘indisining 
ko‘payib borishi natijasida o ‘ziga xos keng ko‘lamdagi issiqxona effekti 
vujudga keladi. Oqibatda Yer havosining o'rtacha harorati ortib ketadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida tez-tez chang bo‘ronlarini qo‘zg‘ab 
turuvchi, atmosferani chang-to‘zonga chulg‘ovchi Qoraqum va 
Qizilqum sahrolaridek yirik tabiiy manbalar mavjud. So‘nggi o‘n yHliklar 
mobaynida Orol dengizining qurib borishi tufayli chang va tuz 
ko‘chadigan yana bir tabiiy manba paydo bo'ldi.
80-yillaming boshlarida qo‘shni Tojikistonda alumin zavodi ishga 
tushirilishi munosabati bilan 0 ‘zbekistonning Surxondaryo viloyatiga 
qarashli ko‘plab tumanlarida ekologik jihatdan tang ahvol vujudga keldi. 
Zavod atmosferaga ko‘p miqdorda ftorli vodorod, uglerod oksidi, 
oltingugurt oksidi, azot oksidlarini chiqarib tashlamoqda. Vodiyning 
yuqori qismida, Tojikistonning O'zbekiston bilan chegarasida joylashgan 
zavodning chiqindilari tog‘dan vodiy tomonga esadigan shamol bilan 
undan uzoqlarga, asosan respublikaning chegaradosh tumanlari — 
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy tumanlari 
hududiga tarqalmoqda.
Yuqorida keltirilgan ekologik muammolarni hal qilish uchun 
quyidagi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
1. Qishloq, o ‘rmon va boshqa xo‘jalik tarm oqlaridagi tabiiy 
jarayonlaming keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli kimyoviy 
moddalami qo‘llash ustidan qattiq nazorat o ‘matish. Havo va suv 
muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zaharli yoki salbiy ta ’sir 
etadigan moddalar bilan ifloslantirishni to ‘xtatish. Qishloq xo‘jalik 
e k in larin i, eng avvalo, g ‘o ‘zani sug‘orishda suvni tejaydigan 
texnologiyalami keng joriy etish. Kollektor-zovur suvlarini, daryolar 
va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy 
ta ’sir etadigan moddalar bilan ifloslantirishni to'xtatish.
2. Q ayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqarishni 
kengaytirish hamda qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat’iy mezon
15


asosida iste’mol qilish orqali tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan 
oqilona foydalanish.
3. Katta-katta hududlarda tabiiy zaxiralardan samarali va kom- 
pleks foydalanishini ta’minlaydigan darajada aniq maqsadga qaratilgan, 
ilmiy asoslangan tarzda tabiiy sharoitini o‘zgartirish (daryolar oqimini 
tartibga solish hamda suvlami bir havzadan ikkinchisiga tashlash, yerning 
namini qochirish, suv chiqarish tadbirlarini va boshqalami amalga 
oshirish).
4. Madaniy ekinlar va hayvonlaming yangi turlarini ko‘paytirish 
hisobiga jonli tabiatni butun tabiiy genofondini boshlang‘ich baza sifatida 
saqlab qolish.
5. Shaharsozlik va tumanlami rejalashtirishning ilmiy asoslangan
hozirgi zamon urbanizatsiyaning barcha salbiy oqibatlarni bartaraf 
etadigan tizimini joriy etish. Shu yo‘l bilan shaharlarda va boshqa 
aholi punktlarida aholining yashashi uchun qulay sharoit yaratish.
6. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan holda 
jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga 
qaratish.
Atrof-muhitni muhofaza qilish borasida yuqorida tilga olingan 
ta ’sirchan chora-tadbirlami ro‘yobga chiqarish yaqin vaqt ichidayoq 
ekologiya sohasida oldingi tizimdan yosh respublikaga meros bo‘lib 
qolgan ko‘pgina illatlar, kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish 
imkoniyatni yuzaga keltiradi. Shuningdek, keng ko‘lamdagi ekologik 
tanglik tahdidini barham toptirish, jismonan sog‘lom yosh avlod 
dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar hamda 
ekologiya jihatidan musaffo hayotiy muhit yaratish imkonini beradi.
Bo‘lajak muhandis-texnologlarda ilmiy va amaliy masalalarni 
yechish jarayonida ekologik ong va fikrlash qobiliyatlari tarbiyalanib, 
shuningdek, takomillashib borilishi kerak.
Ekologik ongli va fikrlovchi mutaxassis tabiatda yaqin kunda ro‘y 
berayotgan o ‘zgarishlarni ko'ribgina qolmay, balki kelajak 10 yilliklar, 
hatto 100 yilliklardan so‘ng ro‘y berishni mumkin bo'lgan o ‘zgarishlami 
ham oldindan bila olishi kerak.
Demak, mutaxassislarga atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida, 
inson va uning faoliyati sohasida to'liq, integral bilimlar berilishi 
zarurdir.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin