S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

resurslardan oqilona
foydalanish bo‘yicha 
nazarda 
tutilayotgan 
tadbiTlarning 
yetarliligi va 
asosliligini 
aniqlash.
Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekspertizasi, shuningdek
ekologik audit tarzida amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to ‘g‘risidagi” qonuni 
2002-yil 5-aprelda qabul qilingan.
Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini boshqarishning iqtisodiy 
usullariga o ‘tishni yanada ta ’minlash, shuningdek, 0 ‘zbekiston 
Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to ‘g‘risida”gi, “Suv va 
suvdan foydalanish to ‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish 
to‘g‘risida”gi, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunlarida nazarda tutilgan 
tabiatdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmni bosqichma-bosqich joriy 
etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi “0 ‘zbekiston Respublikasi 
hududida atrof-muhit ifloslantirilgani va chiqindilar joylashtirilgani 
uchun to'lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qilib, 
u 2003-yil 1-maydan kuchga kirgan.
1.3. Tashqi muhit omillari va ularning organizmlarga ta’siri
Tashqi m uhit bilan o ‘zaro bog‘lanmagan va uning ta ’sirida 
bo'lmagan tirik organizmning hayotini tasawur etish mumkin emas. 
Tashqi muhit omillari jonli organizmlarga uch xil: minimal, optimal 
va maksimal darajada ta ’sir etadi.
19


Organizmlarga ta ’sir ko‘rsatadigan tashqi muhit omillari “ekologik 
omillar” deb ataladi. Ular uch guruhga bo'Iinadi:
1) abiotik omillar — iqlim, harorat, radioaktiv nurlar, yorug‘lik, 
havo oqimi, shamol, havo namligi, suvning tuz tarkibi, tuproq va relyef. 
Bular hammasi jonli organizmlarning rivojlanishiga bevosita va bilvosita 
ta’sir ko'rsatadi;
2) biotik omillar — barcha jonli organizmlarning o‘zaro ta ’siri. 
0 ‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning o'zaro ta’siri biotik 
omillar hisoblanadi;
3) antropogen omillar — kishilik jamiyati tomonidan tabiatga bo‘lgan 
ta ’sir. Hozirgi paytda Yer qatlamidagi, barcha jonli organizmlar hayoti 
va inson taqdiri antropogen omilnmg tabiatga bo'lgan ta’sirigabogliqdir.
Ekologik omillarning ko‘pchiligi — harorat, namlik, shamol va 
boshqalar m akon va zam onda ju d a kam o ‘zgaruvchandir. 
Organizmlarning tashqi muhit omillari ta’sirida chidamlilik chegarasi 
shu omillarning qanday tartibda bo'lishiga va. qanday kuch bilan ta ’sir 
etishiga bog‘liq.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin