Tayyorlov guruh bolalalriga arifmetik masalalarni yechishni o’rgatish reja: Kirish



Yüklə 424,77 Kb.
səhifə1/13
tarix02.06.2023
ölçüsü424,77 Kb.
#123611
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tayyorlov guruh bolalalriga arifmetik masalalarni yechishni o’rgatish


TAYYORLOV GURUH BOLALALRIGA ARIFMETIK MASALALARNI YECHISHNI O’RGATISH
Reja:
Kirish………………………………………………………………………………………
I.BOB. ARIFMETIK MASALALARNI YECHISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI………………………………………………………………………………….
1.1. Arifmetika fani rivojida sharq matematiklarining tutgan oʻrni…………………………
1.2. Pedagogik psixologik adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini rivojlantirish masalalari…………………………………………..
II.TAYYORLOV GURUH BOLALARIGA ARIFMETIK MASALALARNI YECHISH O’RGATISH TEXNOLOGIYALARI................................................
2.1. Bolalarni arifmetik amallarni ifodalashga o`rgatish usullari...........................................................................................................................
2.2. Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o’rgatish metodikasi..................
Xulosa......................................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati........................................................................................

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda Mustaqillik yillarida Respublikada milliy ta‘lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishi darajasiga koʻtarildi. Keyingi yillarda maktabgacha ta‘lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta‘lim muassasalarining ta‘lim dasturlari va oʻquv-tarbiyaviy rejalariga qoʻyilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta‘lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta‘limga qamrab olish koʻrsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2016 yil 29 dekabrdagi ―2017-2021-yillarda maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi qarori qabul qilindi. Dastur asosida keng koʻlamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan: bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish; maktabgacha ta‘lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish; 2200 ta maktabgacha ta‘lim muassasalarining moddiy- texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta‘lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar, multimedia resurslari bilan ta‘minlash maktabgacha ta‘lim muassasalarida ota-onalar badal toʻlovini 30 foizgacha kamaytirishga; bolalarning maktabgacha ta‘limga qamrovini 1,5 barobarga oshirishga. Dasturning samarali amalga oshirilishi unda koʻzda tutilgan koʻrsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida boʻladi.

Yüklə 424,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin