Kurs ishining o`rganilganlik darajasi: Bu masalani o‘rganishga ko‘plab ishlar bag‘ishlangan bo‘lib, masalan, o‘qituvchilar, psixologlar, tilshunoslar K.D.Ushinskiy, E.I.Tixeeva, E.A.Flerina, L.S.Vigotskiylar maktabgacha yoshdagi bolalarda arifmetik masalalarni elementar o’rgatish borasida tadqiqotlar olib borilgan.
Kurs ishining maqsadi: Matematika darslarida о‘quvchilarga matnli masalani mazmunini tushuntirishda hamda yechimni izlashda, matnni ma’noli qismlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Buning natijasida masala ma’noli qismlarga ajraladi. Masalada ortiqcha ma’lumotlarni chiqarib tashlash, ayrim tushunchalar ifodasini mos atamalar bilan almashtirish va aksincha, ayrim atamalarni ularga mos tushunchalar bilan almashtirish, masala matnini, yechimni izlash uchun qulay bо‘ladigan shaklga keltirib tuzish samaralidir. Umumiy о‘rta ta’lim maktab matematika darslarida matnli masalalarni arifmetik usullar bilan masalani yechish keng tarqalgan usullaridan biridir ya’ni matn bо‘yicha masalani tahlil qilishdir. Bu usulda masalani tahlil qilish masala shartidan ham, uning savollaridan ham boshlanishi mumkin bо‘lgan zanjirli kо‘rinishida bо‘lishi mumkin. Masalaning shartidan tahlil qilishda berilganlar bо‘yicha noma’lumni qanday arifmetik amal yordamida topilishi mumkinligini aniqlash tushuniladi. Bu orqali noma’lumni berilgan ma’lumot deb hisoblab, uning yordamida topilishi mumkin bо‘lgan noma’lumni topishni taqozo etadi. Bu jarayonning bajarilishi noma’lumni hosil qilishga olib keluvchi amalni aniqlaguncha davom ettiriladi. Sonlar ustida arifmetik amallar bajarish orqali masalani yechish bu masalalarni arifmetik usul bilan yechish masala talabiga mos keladi. Berilgan masalani yechishda bir necha arifmetik usullardan foydalanish mumkin. Bu usullar bir – biridan masala yechish jarayonidagi mulohaza va tahlillar bilan farqlanadi. Masalalarni arifmetik usulda yechishga doir ba’zi bir masalalarning tadbiqini keltiramiz.
Kurs ishining obyekti: Maktabgacha yoshdagi bolalarda arifmetik maslalar