Tayyorlov guruh bolalalriga arifmetik masalalarni yechishni o’rgatish
Mashg’ulotta’limningtashkiliyshartiekanligi.Ta‘lim shakli deganda ta‘lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma‘lum bir vaqtda oʻtkaziladi. Ta‘lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar oʻrtasidagi oʻzaro ta‘sir xususiyatiga, oʻtkazish joyiga, shuningdek kun tartibida egallagan oʻrniga qarab bir –biridan farq qiladi. Bolalar bogʻchasida ta‘limning frontal (umumiy), guruh bilan va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta‘lim berish ishlari ekskursiya, didaktik oʻyinlar orqali, kun davomida bolalarning mashgʻulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning oʻyinlariga rahbarlik qilish jarayonida va shunga oʻxshashlarda amalga oshirib boriladi. Mashgʻulot bolalar bogʻchasida bolalarga ta‘lim berishning asosiy shaklidir. Mashgʻulot –pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta‘lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy –gigiyenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq– hisob harakatlari kabi turli–tuman malaka va koʻnikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta‘lim berishda bosh rolni mashgʻulot egallaydi. Mashgʻulotlar bolalar bogʻchasida ta‘limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma‘lum oʻrin va vaqt ajratilgan. Mashgʻulot tarbiyachi rahbarligida oʻtkaziladi, tarbiyachi mashgʻulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa aniqlab. Mustahkamlaydi, bolalarning amaliy mashgʻulotlarini tashkil etadi. Oʻquv materialining mazmuni asta –sekin murakkablashtirilib boriladi.Mashgʻulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashgʻulot orqali bolalar oʻquv malakasini egallab oladilar, oʻz –oʻzini yaxshi tashkil etadigan boʻlib qoladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta‘lim berish natijasida bilimga qiziqishlari rivojlana boradi. Bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir –birlariga faol ta‘sir etishadi, oʻz tashabbusi, topagʻonligini namoyon qilish imkoniyati tugʻiladi. Bolalar oldiga umumiy zoʻr berishni talab etuvchi vazifa qoʻyilganda birgalikda qaygʻurishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish –yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs –oʻyinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, oʻqishda paydo boʻlgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan doʻstona jamoasini yaratishga yordam beradi, birga ishlash, yashashga oʻrgatadi. Mashgʻulotda ta‘lim berish orqali bolalarda maktabdagi oʻqishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, oʻzini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi toʻgʻri sifatlar hosil qilinadi. Bolalarni maktab ta‘limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni, ularning boshlangʻich sinflarda dastur materialini yaxshi oʻzlashtirib olishlarini ta‘minlovchi bilim va malakalar mashgʻulotlar jarayonida hosil qilinadi. Mashgʻulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga erishish, hikoya qilinayotgan voqyeadagi asosiy gʻoyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e‘tibor beriladi. Tayyorlov guruhlarida mashgʻulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik hissi takoʻlillashtirib boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanadi. Bolalarni mustaqillikka oʻrgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi. Bolalar bogʻchasida kichkintoylarni tevarak –atrofdagi hayot, tabiat bilan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasavvurlarini oʻstirish mashgʻulotlari, musiqa mashgʻulotlari, tasviriy san‘at mashgʻulotlari, qurish –yasash, jismoniy tarbiya mashgʻulotlari olib boriladi. Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashgʻulotlar katta yoshdagi kishilarning har bir bola bilan rejali suratda muoʻlalada boʻlishidan iborat boʻlib .bu mashgʻulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir; bu esa bolalarni mashgʻulotlarga tayyorlash bosqichidir; goʻdaklar ixtiyoriy diqqati oʻsib borgani sari, bunday mashgʻulotlar bir necha bola bilan, keyinchalik esa butun guruh bolalarni bilan bir yoʻla olib boriladi. Mashgʻulotlarda ta‘lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zoʻr berishni talab etadi, ya‘ni u bolaning aktiv faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, bola ma‘lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashgʻulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e‘tiborga olish zarur; mashgʻulotning vaqtini, kun tartibidagi oʻrnini, dasturning har xil boʻlimlarini toʻgʻri almashtirib turishni oldindan oʻylab, aniq belgilab olish zarur. Mashgʻulotlarni kunning birinchi yarmida oʻtkazish maqsadga muvofiqdir, chunki, birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorugʻlik bilan yaxshi ta‘minlangan boʻladi. Har bir yosh guruhida necha marta mashgʻulot oʻtkazilishi, uning mazmuni va har bir mashgʻulot yosh guruhlari boʻyicha necha daqiqa davom etishi bolalar bogʻchasi tarbiya dasturida ularning yosh xussiyatlarini e‘tiborga olgan holda belgilab berilgan. Birinchi kichik guruhda mashgʻulot bolalarni ikki guruhga boʻlgan holda oʻtiladi. Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil boʻladi. Mashgʻulot setkasini tuzganda haftada bolalarning ish qobiliyati yuqoriroq boʻladigan kun tanlanadi. Ma‘lumki, haftaning oʻrtalarida (seshanba, chorshanba, payshanba) bolalarning ish qobiliyati yuqori boʻlar ekan, bu kunlarga bolalarning aktiv faoliyatini talab etuvchi murakkabroq mashgʻulot tanlanadi (elementar matematika, nutqni rivojlantirish, savodga oʻrgatish va h.k.) Jadval tuzganda bu mashgʻulotlarni birinchi qoʻyish kerak, bolalardan koʻp harakat qilishni, hissiy nagruzkani talab etuvchi mashgʻulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib qoʻyiladi.Bolalar oʻzlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiyalovchi boʻlishi kerak. Bogʻcha dasturi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi bilimlarni (bular tabiatga muhabbat uygʻotadi, oʻsimliklar va hayvonlarga gʻamxoʻrlik bilan qarash hissini tarbiyalaydi), tarkib toptirishini nazarda tutadi: bilimlarni oʻzlashtirib olish asosida bolalarda jonajon shahriga, oʻz vataniga, xalqiga muhabbat, ulugʻ kishilarga muhabbat va hurmat, oʻlkaning ijtimoiy hayotiga qiziqish paydo boʻladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ijtimoiy hodisalar, voqealar toʻgʻrisida umumlashgan tasavvurlar tarkib topadi. Masalan, qoʻshni oʻlkalardagi bolalarning hayoti va doʻstligi haqidagi dastlabki bilimlar asosida vatan toʻgʻrisidagi dastlabki tasavvurlar vujudga keladi.