SO‘ZBOSHI
Hozirgi zamon ilmiy texnika taraqqiyoti tabiiy resurslar iste’mol
qilish sur’atlarining doimiy tezlashib borishi
va ishlab chiqarishning
rivojlanishi bilan bog‘liq.
Qadimgi odamga o‘zining barcha hayotiy ehtiyojlarini qondirish
uchun 18 ta, XVIII asrda — 28 ta, XIX asrda — 47 ta, XX asming
boshida — 59 ta kimyoviy elementlar va ularning birikmalari zarur edi.
H ozirda esa 100 ga yaqin elem ent va ularning birikm alaridan
foydalanilmoqda.
XX asr davomida har yili yer ostidan hozirgi zamon ishlab chiqarish
darajasida 100 mlrd. tonna turli-tuman tog‘
jinslari qazib chiqarilar
edi. XX asming oxiriga borib bu miqdor 600 mlrd. tonnagacha ko‘paydi.
Ayniqsa, mineral xomashyodan foydalanish tez sur’atlar bilan o‘sib
bormoqda. Agar sobiq Ittifoqda 1960-yilda mineral xomashyo hissasiga
iste’mol qilinuvchi dastlabki material va mahsulotlaming 50% i to‘g‘ri
kelgan bo‘lsa, hozirda esa ushbu xomashyo mutlaq ustun turuvchi
xomashyoga aylandi. AQSHda 1940-yildan butun insoniyat tomonidan
hozirgacha ishlatilib kelinganidan ham ko‘p mineral xomashyo ishlab
chiqarishga jalb qilingan.
Foydali qazilmalardan foydalanish sur’atlarining o ‘sishi davom etib
bormoqda. Oxirgi yigirma yilda neft iste’moli 4 m artaga ortdi.
Shuningdek, temir rudalari, fosfatlar va boshqa minerallar bilan ham
shunday holat sodir bo‘lmoqda.
Foydali qazilmalaming 200 ko'rinishidan 30 tasidan eng ko‘p
foydalanilmoqda. Biroq qazib chiqarish
va qayta ishlov berish
texnologiyalarining taraqqiy etmagani sababli metallaming deyarli yarmi
va kimyo xomashyosining uchdan biri yo‘qotilmoqda. Umuman
olganda, “xomashyo — maqsadli mahsulot” texnologik zanjiridan to ‘g‘ri
foydalanish kamdan kam hollarda 10% dan ortadi, ya’ni tabiiy
xomashyoning har bir tonnasidan faqat 10 kg foydali
ravishda ishlatiladi
va 900 kg gacha turlicha chiqindilar hosil bo‘ladi.
Xomashyo resurslarini iste’mol qilishi bo'yicha yuzaga kelgan holat
chiqindilar hajmining to ‘xtatib bo‘lmas darajada o'sishiga olib boradi.
Ularning katta miqdori chang-gaz chiqindisi ko‘rinishida atmosferaga
hamda oqova suvlar bilan birga suv havzalariga tushadi, bu esa atrof-
muhit holatiga juda katta salbiy ta’sir ko'rsatadi. Sayyoramiz atmosfera
havosiga 200 mln. tonnaga yaqin uglerod dioksidi, 53 mln. tonna azot
3
oksidlari, 200—250 mln.
tonna turli xil aerozollar, 120 mln. tonna kul
chiqindilari tashlanadi. Hammadan ham ko‘p atmosferani issiqlik
energetikasi, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati ifloslantiradi.
Qattiq chiqindilarning yillik to‘planish hajmi juda tez ko'payib
bormoqda. AQSH da qattiq chiqindilarning yillik chiqarib tashlanish
miqdori 4.5 mlrd. tonnaga yetmoqda, shu jumladan, sanoat chiqindilari
— 1 mlrd. tonna, YeES mamlakatlarida — 7.2 mlrd. tonna, Yaponiyada
— 1.3 mlrd. tonna, Rossiya va M DH mamlakatlari bilan ko‘shib
hisoblaganda 1990-yilda 100 mln. tonna, 2000-yilda esa - 140—150
mln. tonnadan oshib ketdi.
Sanoat aylanmasiga hozirda yangidan-yangi foydali qazilmalar kirib
bormoqda. Neft ko‘p yillar davomida faqat yoqilg‘i
sifatida ishlatib
kelingan edi, so‘ng esa kimyo sanoatida keng ravishda qo‘liana boshladi,
endilikda esa — oqsil moddalar olishda ham undan foydalanilmoqda.
Inson uchun foydali qazilmalami qazib chiqarishning potensial
doirasi — yer sharining bir necha kilometr qalinlikdagi ust qismidir,
vaholanki, yer kurrasi o ‘z hayotining milliard yillari davomida mineral
resurslarning ulkan zaxirasini yaratdi. Hozircha inson ularning
hammasidan foydalanishga imkoniyati yo‘q. 10—20 km chuqurlikda
yer po‘stlog‘ining o‘rtacha kimyoviy tarkibi aniqlangan. O'n ikki element
umumiy tarzda 99,29% ni tashkil etadi. Yer po‘stlog‘ida eng ko‘p
tarqalgan elementlar — kislorod va kremniydir.
Sanoat ahamiyatiga
ega bo'lgan boshqa qimmatli elementlar nisbatan katta miqdorga ega
emas. Shuning uchun ham xomashyolami tejash maqsadida sanoatda
hosil bo‘layotgan chiqindilarni tozalash moslamalari yordamida ushlab
olib, ulardan ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanishni tashkil qilish
ekologik muammolar ichida eng dolzarblaridan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: