Uchinchidan,
Orol dengizining qurib borishi jiddiy muammoga
aylandi. Orol dengizi muammosi uzoq o ‘tmishga borib taqaladi. Lekin
bu muammo xavfi so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida ortdi. Markaziy
Osiyoning butun hududi bo‘ylab sug‘orish tizimlarini jadal sur’atda
qurish, ko'plab aholi punktlariga va sanoat korxonalariga suv berish
natijasida fojiasi yuzaga keldi. Yaqin-yaqinlargacha cho‘lu sahrolardan
tortib olingari va sug‘orilgan yangi yerlar haqida dabdaba bilan
so‘zlanardi. Ayni chog‘da ana shu suv Oroldan tortib olinganligi, uni
13
«jonsizlantirib»
q o ‘y g a n lig i
xayolga kelmasdi. Endilikda Orolbo'yi
ekologik kulfat hududiga aylandi.
Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar
fojialardan biridir. Dengiz havzasida yashaydigan qariyb 35 million
kishi uning ta ’sirida qoldi.
Biz 20-25 yil mobaynida jahondagi eng yirik yopiq suv havza-
laridan birining yo‘qolib borishiga guvoh bo'lmoqdamiz. Biroq bir
avlodning ko‘z o‘ngida butun bir dengiz halok bo‘lgan hoi hali ro‘y
bergan emas edi.
Orolning qurib qolgan tubidagi chang bo‘ronlari 1975-yildayoq kos-
mik tadqiqotlar natijasida aniqlangan edi. 80-yillaming boshlaridan buyon
bunday to‘fonlar bir yilda 90 kun davomida kuzatilmoqda. Chang-to‘zon
uzunligi 400 kilometr va eni 40 kilometr maydonga yetib bormoqda.
Chang bo‘ronlarining ta’sir doirasi esa 300 kilometrgacha yetmoqda.
Mutaxassislar bergan ma’lumotlarga qaraganda, bu yerda har yili at-
mosferaga 15-75 million tonna chang ko‘tariladi.
Bularning hammasi Orolbo‘yi iqlimining o‘zgarishiga olib keldi.
1986-yildan boshlab Orol baliq ovlashga yaroqsiz bo‘lib qoldi. Sohilning
hozirgi chizig‘idan yiroqlarda bo‘lgan baliqchilarning qachonlardir
qudratli flotiliyasining zang bosgan qoldiqlarini, vayronaga aylangan
baliqchilar posyolkalarini uchratish mumkin. Bo‘zko‘l, Oltinko‘1,
Karatma ko‘rfazlari yo‘qoldi. Akpetki arxipelagi quruqlik bilan qo‘shilib
ketdi. Yaylovlar va o ‘tloqlar yo‘qolib bormoqda. Hudud botqoqqa
aylanmoqda. Suvning tobora taqchillashib borayotganligi va sifati
yomonlashayotganligi tuproq va o‘simlik qatlamining buzilishiga,
o‘simlik va hayvonot dunyosida o ‘zgarishlar yuz berishiga, shuningdek,
sug‘orma dehqonchilik samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda.
Orol dengizining qurib borishi va shu jarayon tufayli Orolbo‘yi
mintaqasidagi tabiiy m uhitning buzilishi ekologik fojia sifatida
baholanmoqda. Chang va tuz bo‘ronlarining paydo bo‘lishi, faqat Orol
bo‘yida emas, balki dengizdan ancha naridagi bepoyon hududlarda
yerlarning cho‘lga aylanishi, iqlim va landshaftning o ‘zgarishi - bular
ana shu fojia oqibatlarining to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatidir.
Orol fojiasini 70-yillarning boshlarida juda kechi bilan 80-yillarning
boshlarida, dengizning sathi unchalik pasaymagan bir paytda idora
qilish mumkin edi. Hozirgi vaqtda uni boshqarish juda murakkab bo‘lib
qoldi. Keyinchalik esa bu jarayon yana ham mushkullashadi yoki
umuman boshqarib bo‘lmaydigan holga keladi.
To‘rtinchidan, havo bo‘shlig‘ining ifloslanishi ham respublikada
ekologik xavfsizlikka solinayotgan tahdiddir.
Mutaxassislaming ma’lumotiga qaraganda, har yili atmosfera havosi-
ga 4 million tonnaga yaqin zararli moddalar qo‘shilmoqda. Shular-
ning yarmi uglerod oksidiga to‘g‘ri keladi, 15 foizini uglevodorod chi-
qindilari, 14 foizini oltingugurt qo‘sh oksidi, 9 foizini azot oksidi, 8
foizini qattiq moddalar tashkil etadi va 4 foizga yaqin o‘ziga xos o ‘tkir
zaharli moddalarga to ‘g‘ri keladi. Atmosferada uglerod yig‘indisining
ko‘payib borishi natijasida o ‘ziga xos keng ko‘lamdagi issiqxona effekti
vujudga keladi. Oqibatda Yer havosining o'rtacha harorati ortib ketadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida tez-tez chang bo‘ronlarini qo‘zg‘ab
turuvchi, atmosferani chang-to‘zonga chulg‘ovchi Qoraqum va
Qizilqum sahrolaridek yirik tabiiy manbalar mavjud. So‘nggi o‘n yHliklar
mobaynida Orol dengizining qurib borishi tufayli chang va tuz
ko‘chadigan yana bir tabiiy manba paydo bo'ldi.
80-yillaming boshlarida qo‘shni Tojikistonda alumin zavodi ishga
tushirilishi munosabati bilan 0 ‘zbekistonning Surxondaryo viloyatiga
qarashli ko‘plab tumanlarida ekologik jihatdan tang ahvol vujudga keldi.
Zavod atmosferaga ko‘p miqdorda ftorli vodorod, uglerod oksidi,
oltingugurt oksidi, azot oksidlarini chiqarib tashlamoqda. Vodiyning
yuqori qismida, Tojikistonning O'zbekiston bilan chegarasida joylashgan
zavodning chiqindilari tog‘dan vodiy tomonga esadigan shamol bilan
undan uzoqlarga, asosan respublikaning chegaradosh tumanlari —
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy tumanlari
hududiga tarqalmoqda.
Yuqorida keltirilgan ekologik muammolarni hal qilish uchun
quyidagi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
1. Qishloq, o ‘rmon va boshqa xo‘jalik tarm oqlaridagi tabiiy
jarayonlaming keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli kimyoviy
moddalami qo‘llash ustidan qattiq nazorat o ‘matish. Havo va suv
muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zaharli yoki salbiy ta ’sir
etadigan moddalar bilan ifloslantirishni to ‘xtatish. Qishloq xo‘jalik
e k in larin i, eng avvalo, g ‘o ‘zani sug‘orishda suvni tejaydigan
texnologiyalami keng joriy etish. Kollektor-zovur suvlarini, daryolar
va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy
ta ’sir etadigan moddalar bilan ifloslantirishni to'xtatish.
2. Q ayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqarishni
kengaytirish hamda qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat’iy mezon
15
asosida iste’mol qilish orqali tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan
oqilona foydalanish.
3. Katta-katta hududlarda tabiiy zaxiralardan samarali va kom-
pleks foydalanishini ta’minlaydigan darajada aniq maqsadga qaratilgan,
ilmiy asoslangan tarzda tabiiy sharoitini o‘zgartirish (daryolar oqimini
tartibga solish hamda suvlami bir havzadan ikkinchisiga tashlash, yerning
namini qochirish, suv chiqarish tadbirlarini va boshqalami amalga
oshirish).
4. Madaniy ekinlar va hayvonlaming yangi turlarini ko‘paytirish
hisobiga jonli tabiatni butun tabiiy genofondini boshlang‘ich baza sifatida
saqlab qolish.
5. Shaharsozlik va tumanlami rejalashtirishning ilmiy asoslangan,
hozirgi zamon urbanizatsiyaning barcha salbiy oqibatlarni bartaraf
etadigan tizimini joriy etish. Shu yo‘l bilan shaharlarda va boshqa
aholi punktlarida aholining yashashi uchun qulay sharoit yaratish.
6. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan holda
jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga
qaratish.
Atrof-muhitni muhofaza qilish borasida yuqorida tilga olingan
ta ’sirchan chora-tadbirlami ro‘yobga chiqarish yaqin vaqt ichidayoq
ekologiya sohasida oldingi tizimdan yosh respublikaga meros bo‘lib
qolgan ko‘pgina illatlar, kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish
imkoniyatni yuzaga keltiradi. Shuningdek, keng ko‘lamdagi ekologik
tanglik tahdidini barham toptirish, jismonan sog‘lom yosh avlod
dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar hamda
ekologiya jihatidan musaffo hayotiy muhit yaratish imkonini beradi.
Bo‘lajak muhandis-texnologlarda ilmiy va amaliy masalalarni
yechish jarayonida ekologik ong va fikrlash qobiliyatlari tarbiyalanib,
shuningdek, takomillashib borilishi kerak.
Ekologik ongli va fikrlovchi mutaxassis tabiatda yaqin kunda ro‘y
berayotgan o ‘zgarishlarni ko'ribgina qolmay, balki kelajak 10 yilliklar,
hatto 100 yilliklardan so‘ng ro‘y berishni mumkin bo'lgan o ‘zgarishlami
ham oldindan bila olishi kerak.
Demak, mutaxassislarga atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida,
inson va uning faoliyati sohasida to'liq, integral bilimlar berilishi
zarurdir.
Dostları ilə paylaş: |