4
GLOSSARIY
— Abiotik ошШаг — jonsiz tabiat omillari, ya’ni iqlimiy, topografik,
kosmik muhitning tarkibi (havo, suv, tuproq).
— Absorbsiya — gazlaming suyuqlikda yutilishi.
— Adsorbsiya — gaz yoki suyuqlikning qattiq jism yuzasida yutilishi.
— Antropogen omillar — inson tomonidan tabiatga bo'lgan ta ’sir.
— Antropogen o'zgarishlar — insonlarning ishlab chiqarish faoliyati
natijasida tabiatda sodir boladigan o‘zgarishlar.
— Biogeotsenoz — nisbatan bir xil uchastkada joylashgan va uzoq
muddat davomida chiqindisiz jarayonni amalga oshiruvchi o ‘simliklar,
hayvonlar va mikroorganizmlar populyatsiyalari yig‘indisi.
— Biotik omillar — jonli tabiat omillari. Bir organizm yashash
faoliyatining boshqa organizmlarga ta’sirlari yig‘indisi.
— Konsumentlar — iste’molchilar.
— Produtsentlar — ishlab chiqaruvchilar.
— Redutsentlar — qayta tiklovchilar, parchalovchilar.
— Rekuperatsiya — sanoat chiqindilarini tegishli tozalash moslama-
lari, qayta ishlash usullarini qo'llash yo‘li bilan kerakli joylarda ikki-
lamchi xomashyo sifatida foydalanishni tashkil qilish.
— Evtrofikatsiya — suv havzalarida kislorod miqdori keskin kamayib
ketishi natijasida suv havzasi tubidagi ko‘kimtir-yashil o ‘simliklarning
gullab ketishi va baliqlaming halok bo‘lishi.
— Ekologik omillar — tirik organizmlar individual rivojlanishining
hech bo‘lmaganda bitta bosqichida bevosita yoki bilvosita ta ’sir etishga
qodir bo‘lgan har qanday atrof-muhit elementi.
5
1-BOB. 0 ‘ZBEKIST0NDA ATROF-MUHITNI MUHO-
FAZA QILISH
1.1. 0 ‘zbekistondagi ekologik ahvol
Xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlarni ko‘rib chiqar ekanmiz,
ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi alohida
e’tiborga molikdir. Uzoq yillar mobaynida eski ma’muriy buyruqbozlik
tizimi sharoitida bu muammo bilan jiddiy shug‘ullanilmagan. Aniqrog‘i,
bu muammo ayrim jonkuyar olimlar uchungina tadqiqot manbai, o‘z
mamlakatlarining kelajagiga, tabiiy boyliklari saqlanib qolishiga befarq
qaramagan, bu haqda qattiq tashvish chekkan odamlarning esa «qalb
nidosi» bo‘lib kelgan.
Biroq ularning vijdonga, fuqarolik burchiga, nihoyat, aql-idrokka
da’vatlari to‘ralashib ketgan sovet-partiya amaldorlarining sovuq, hatto
aytish mumkinki, surbetlarcha loqaydligiga duch kelavergan. Bunga
ajablanmasa ham bo'ladi. Tabiiy va mineral-xomashyo zaxiralaridan
vahshiylarcha, ekstensiv usulda, juda katta xarajatlar va isrofchiliklar
bilan foydalanishga asoslangan sotsialistik xo‘jalik yuritish tizimining
butun mohiyatiga mamlakat ixtiyoridagi beqiyos boyliklaiga avaylab
munosabatda bo‘lish g‘oyasi butunlay yot edi. Aksincha, boyliklardan
bunday foydalanish ikki tuzumning iqtisodiy musobaqasida mamlakatning
asosiy dastagi, eksport imkoniyatlarining negizi bo'lib keldi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi bosh maqsad ekstensiv omillarga
qaratilgan edi. Tabiiyki, bunday sharoitda boyliklardan oqilona
foydalanishni tartibga soladigan, tabiatning, atrof-muhitning himoya
qilinishini kafolatlaydigan biron-bir me’yoriy qoidalarga rioya qilish
haqida gap bo'lishi ham mumkin emas edi. Tabiatni muhofaza qilish
tadbirlariga arzimagan darajada kam pul mablag‘ ajratilardi. Bu mablag*
tabiatga yetkazilayotgan zaraming mingdan bir qismini ham qoplamas
edi. 0 ‘rmonlar o‘ylamay-netmay, vahshiylarcha kesib tashlanar edi.
Y oqilg‘i va m ineral-xom ashyo zaxiralari real ehtiyoj bilan
taqqoslanmagan holda juda ko‘p miqdorda qazib olinganidan ko‘pchilik
qismi qayta ishlanmagan chiqitlar sifatida uyulib yotar edi. Tabiatni
muhofaza qiluvchi eng oddiy inshootlariga ega bo‘lmagan bahaybat
sanoat korxonalari faol bunyod etildi. Natijada barcha zararli va zaharli
sanoat chiqindilari ulkan havo kengliklarini, suv havzalarini, yer
maydonlarini ifloslantiradigan bo‘ldi. 0 ‘z ko'lami jihatidan beqiyos
darajada katta gidroenergetika loyihalarini ro‘yobga chiqarish, transport
6
kommunikatsiyalarini (BAM, Turksib kabi tem iryo‘llar, avtomobil,
neft-gaz magistrallari va irrigatsiya tarmoqlari) bunyod etish nafaqat
tabiiy zaxiralarni qashshoqlashtirdi, balki butun boshli aholi punktlari
yo‘q bo‘lib ketishiga, ekologik muvozanat, iqlim, odamlaming hayot
va faoliyat sharoitlari buzilishiga ham olib keldi.
Bu muammo so‘nggi yillarda yanada keskinlashdi. MDHga a’zo
bo‘lgan bir qancha mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga betartib suratda
o‘tishi, tabiiy va mineral-xomashyo zaxiralaridan foydalanishda
boshqaruvning barham topgani, nazorat qilinmaganligi natijasida ular
tashib ketila boshlandi, ayovsizlarcha qazib olindi va arzon narxlarda
eksport qilindi, ayrim yangi «boyvachchalar» deb ataluvchi va kor-
rupsiya domiga ilingan butun-butun guruhlar uchun qo‘shimcha foy-
da olish manbaiga aylandi. Shu bilan birga, bunday shaxslar o ‘zlarining
ochko‘z manfaatlari yo'lida hozirgi va kelgusi avlodlaming ekologik
xavfsizligini, salomatlik va farovonligini qurbon qilmoqdalar. Beni-
hoya ulkan boyliklar, insoniyatning noyob yutuqlari vijdonsizlarcha
o‘g‘irlab ketilmoqda, yo‘q qilib tashlanmoqda. Bu bilan butun atrof-
muhitga juda katta zarar yetmoqda, iqlim buzilmoqda. Eng yomoni
esa bir necha avlod kishilarining tabiiy hayot va faoliyat sharoitlariga
putur yetmoqda.
Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi
juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‘l
qovushtirib o'tirish o‘z-o‘zini o'limga mahkum etish bilan barobardir.
Afsuski, hali ko'plar ushbu muammoga beparvolik va mas’uliyatsizlik
bilan munosabatda bo‘lmoqdalar.
Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va mintaqaviy
doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan.
Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda
bo‘ladi. Bu qonuniyatlami buzish o‘nglab bo‘lmas ekologik falokatlarga
olib keladi.
Bu xavfni ancha kech, 70-yillaming boshlaridagina anglay boshladik.
0 ‘shanda mazkur masala dunyo miqyosidagi taraqqiyotga bag‘ishlangan
dastlabki G ‘arb modellarida keskin qilib qo'yilgan edi. Bu hoi bamisoli
«bomba portlaganday» ta ’sir etdi. Insoniyat qanday xavf qarshisida
turganligini, atrof-muhitga inson faoliyati tufayli yetkazilayotgan zarar
qanday natijalarga olib kelganligini yaqqol his etdi.
Insonning tabiat imkoniyatlarini va uning rivojlanish qonuniyatlarini
hisobga olmay, jadal yuritilgan xo‘jalik faoliyati Rim klubining «XXI
7
asr уо‘Н» deb atalmish tadqiqotlaridan birida ko‘rsatib o‘tilganidek,
Yer yuzida tuproq nurashi, o'rmonlardan mahrum bo‘lish, baliqlaming
haddan tashqari ko‘p ovlanishi, tuzli yomg‘irlar, atmosfera ifloslanishi,
ozon qatlarai buzilishi va hokazolarning ro‘y berishiga olib keldi.
Mutaxassislarning baholashicha, 2000-yilda o‘rmonlar egallab turgan
maydon quruqlikning 1 /6 qisminigina tashkil etdi, holbuki, 50-yillarda
ular 1/4 qismni egallagan edi. Jahon okeanining suvlari halokatli
ravishda ifloslanib bormoqda, uning takroriy mahsuldorligi keskin
pasaymoqda. Jadal sur’atlar bilan yuz berayotgan urbanizatsiya
jarayonlari, shaharlarning asosiy aglomeratsiyalari eng yirik ifloslantirish
manbalariga aylandi. Tarkibida oltingugurt qo‘sh oksidi bo‘lgan tuzli
yomg‘irlar yog‘ishi ko'paydi. Buning natijasida butun dunyoda ekologik
muhitning yomonlashuvi bilan bog‘liq turli-tuman kasalliklar soni ortib
bormoqda.
Hozirgi vaqtda jahon fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi
munosabati bilan tabiiy zaxiralardan xo‘jalik maqsadlarida tobora
ko‘proq foydalanilmoqda. Buning ustiga, dunyo aholisi soni yildan
yilga o‘sib borib, ko‘proq oziq-ovqat, yonilg'i, kiyim-kechak va boshqa
narsalarni ishlab chiqarish talab qilinmoqda. Bu esa o'rmonlar egallab
turgan maydonlarning jadal sur’atlarda qisqarishi, cho‘l-sahrolarning
bostirib kelishi, tuproqning buzilishi, atmosfera stratosfera qatlamining
yuqori qismida joylashgan ozon to‘sig‘i kamayib ketishi, yer havosining
o‘rtacha harorati ortib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Beto‘xtov davom etayotgan qurollanish poygasi, atom, kimyoviy
qurollar va ommaviy qirg'in qurollarining boshqa turlarini ishlab
chiqarish, saqlash va sinash insoniyat yashaydigan muhit uchun juda
katta xavfdir.
Xalqaro hamjamiyat insonning nafaqat yashash huquqi, balki
to ‘laqonli va sog‘lom turmush kechirishi uchun zarur mo‘tadil atrof-
muhit sharoitlariga ham bo‘lgan huquqlari muqaddas va daxlsiz
ekanligini allaqachon e’tirof etgan.
Ekologik xafvsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun
dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga
kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko‘p jihatdan hozirgi
turm ushning ahvoli va sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Iqti-
sodiyotning ishlab chiqarish bilan bog‘liq tarm oqlarini ekologik
jihatdan zararsiz texnologiya yordamida rivojlantirishni ta ’minlash
imkoni mavjud.
M a’lumki, tabiatning holati birdaniga va darhol yomonlashib qol-
maydi. Bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Boshqacha aytganda,
ekologik vaziyat asta-sekin yomonlasha boradi.
Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtixnoiy
muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlaming manfaatlariga
mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana
shu muammoning hal qilinishiga bogliqdir.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida inson bilan tabiatning o‘zaro
ta ’siriga oid bir qator muammolarni hal etish faqat bir mamlakat
doirasida cheklanib qola olmaydi. Ulami butun sayyoramiz ko‘lamida
hal qilish zarur. Ekologiya m uam m osi Y er yuzining ham m a
burchaklarida ham dolzarb. Faqat uning dolzarblik darajasi dunyoning
turli mamlakatlarida va mintaqalarida turlichadir.
Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik falokatning g'oyat xavfli
zonalaridan biri vujudga kelganligini alam bilan ochiq aytish mumkin.
Vaziyatning murakkabligi shundaki, u bir necha o‘n yillarlar mobaynida
ushbu muammoni inkor etish natijasidagina emas, balki mintaqada
inson hayot faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida
qolganligi natijasida kelib chiqqandir. Tabiatga qo'pol va takabburlarcha
muomalada bo‘lishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz bu borada achchiq
tajribaga egamiz. Bunday munosabatni tabiat kechirmaydi. «Inson-
tabiatning xo‘jayini», degan soxta mafkuraviy da’vo, ayniqsa, Markaziy
Osiyo mintaqasida ko‘plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlaming
hayoti uchun fojiaga aylandi.
Afsuski, bu jarayonlar 0 ‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Bu yerda,
mutaxassislaming baholashicha, juda murakkab, aytish mumkinki, xavfli
vaziyat vujudga kelmoqda. Bunday vaziyat nimadan iborat?
Birinchidan, yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi
bilan bog‘liq xavf ortib bormoqda. Markaziy Osiyo sharoitida yer Olloh
Taoloning bebaho in ’omidir. U tom m a’noda odamlarni boqadi,
kiyintiradi. Bevosita dehqonchilik bilan bog‘langan oilalargina emas,
balki ma’lum bir tarzda qishloq xo'jaligi bilan bog‘liq barcha tarmoqlar
va uning ne’matlaridan bahramand bo‘layotgan respublikaning barcha
aholisi farovon turmush kechirishi uchun moddiy negiz yaratadi. Ayni
vaqtda yer ulkan boylik bo'libgina qolmay, mamlakatning kelajagini
belgilab beradigan om il hamdir. Bu hoi 0 ‘zbekistonda ayniqsa,
namoyon bo‘lmoqda, chunki yerning iqtisodiy va demografik vazifasi
yildan yilga kuchayib borm oqda. Respublikaning 447,4 kvadrat
9
kilometrdan ortiq bo‘lgan umumiy maydonining atigi 10 foizinigina
ekin maydonlari tashkil etadi. Ayni chog‘da 0 ‘zbekiston egallab tur
gan maydonning ancha qismini Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt kabi
cho‘l va yarim cho‘l yerlar tashkil etadi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi
maqsadlarida foydalanilayotgan yer maydonlariga to ‘g‘ri keladigan
demografik yuk hozirning o‘zidayoq o‘ta salmoqli. Markaziy Osiyo
mamlakatlari orasida 0 ‘zbekistonda aholining zichligi yuqori bo‘lib, 1
kvadrat kilometrga 51,4 kishi to ‘g‘ri keladi, holbuki, bu raqam
Qozog'istonda — 6,1, Qirg‘izistonda — 22,7, Turkmanistonda — 9,4
ni tashkil etadi. Respublikamizda har bir odamga 0,17 gektar yer ekin
maydoni to ‘g‘ri kelsa, Qozog'istonda — 1,54, Qirg'izistonda — 0,26,
Ukrainada — 0,59, Rossiyada — 0,67 gektar ekin maydoni to‘g‘ri
keladi. Aholining yarmidan ko‘prog‘i qishloq joylarda yashayotganini
hisobga olsak, dadil aytish mumkinki, bizning qishloqlarimizda in-
soniy zaxiralaming nisbiy ortiqligi yaqqol ko'zga tashlanadi.
Bizda aholi o'sishi nisbatan yuqori bo‘lib, urbanizatsiya va hosil-
dor yerlarni shaharlarni rivojlantirishga, uy-joy qurilishiga, yangi kor-
xonalar, muhandislik hamda transport kommunikatsiyalari tarmog‘ini
barpo etishga ajratib berish jarayonlari jadal bormoqda. Shuni hisobga
olsak, yaqin yillar ichida yer zaxiralari bilan ta’minlash muammosi
yanada keskinlashishi mumkin.
Y erning tabiiy ravishda c h o ‘lga aylanishi yuqori darajada
borayotganligi yetmaganidek, odamlarning munosabati tufayli cho‘lga
aylanib borish jarayoni shitob bilan davom etayotgani bu muammoni
yanada kuchaytirmoqda. Ayni chog'da tabiiy muhitni yomonlashuvi
bilan birga, tuproq nurashi, sho‘rlanishi, yer usti va yer osti suvlarining
sathi pasayishi va boshqa hodisalar ro‘y bermoqda.
Ilgari nurashga qarshi chora-tadbirlar yaxshi olib borilmaganligi
tufayli shamol va suv ta ’sirida yemirilish tuproqning unumdorligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu chora-tadbirlar juda past sur’atlarda va
sifatsiz olib borilgan. Hatto XX asr 80-yillarining oxirida amalda
butunlay to ‘xtatib qo‘yilgan edi. Respublikada 2 million gektardan
ortiq yer maydoni yoki barcha sug‘oriladigan yerning qariyb yarmi
buzilish xavfi ostida turibdi.
Yerning nihoyat darajada sho‘rlanganligi O'zbekiston uchun ulkan
ekologik muammodir. Yerlarni ommaviy sur’atda o ‘zlashtirish, hatto
sho'rlangan va melioratsiyaga yaroqsiz yirik-yirik, yaxlit maydonlami
ishga solish ana shunga olib keldi. So‘nggi 50 yil m obaynida
10
sug‘oriladigan yer maydoni 2,46 million gektardan 4,28 million gek-
targayetdi. Faqat 1975—1985-yillar mobaynida 1 million gektarga yaqin
yangi yer maydonlari o‘zlashtirildi. 1990-yiIga kelib sug'oriladigan yer
maydoni 1985-yildagiga qaraganda 1,5 baravar ko‘paydi.
Ekin maydonlari tarkibida so‘nggi vaqtlarga qadar paxta deyarli 75
foiz maydonni egallagan edi. Dunyoning birorta mamlakatida ham
paxta monopoliyasi bu qadar yuqori darajaga ko‘tarilmagandi. Bu hoi
yerning kuchsizlanishiga, tuproq unumdorligining pasayishiga, uning
suv-fizikaviy xossalari yomonlashuviga, tuproqning buzilishi va nurashi
jarayonlari ortishiga olib keldi.
0 ‘zbekistonda noorganik m ineral o ‘g ‘itlar, gerb itsid lar va
pestitsidlaming qo‘llanishi eng yuqori normalardan ham o ‘nlab baravar
ortiq edi. Ular tuproqni, daryo, ko‘l, yer osti va ichimlik suvlarini
ifloslantirdi. Bundan tashqari, yangi yerlardan foydalanishda zarur
texnologiyalarga rioya qilinmadi. Hamma joyda paxta nazoratsiz
sug‘orildi. Tuproqning nami ko‘payib ketdi. Bu esa uning qayta
sho‘rlanishiga olib keldi.
Tuproqning har xil sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilar bilan
shiddatli tarzda ifloslanishi real tahdid tug'dirmoqda. Turli kimyoviy
vositalar, zararli moddalar va mineral o‘g‘itlami, sanoat va qurilish
materiallarini saqlash, tashish va ulardan foydalanish qoidalarining
qo'pol ravishda buzilishi yerning ifloslanishiga olib kelmoqda. Undan
samarali foydalanish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Foydali qazilmalarni jadal qazib olish, ko‘pincha ularni qayta
ishlashning texnologik sxemalari nomukammalligi ko ‘p miqdorda
ag‘darmalar, kul, shlak va boshqa moddalar to ‘planib qolishiga olib
kelm oqda. Bular dehqonchilik uchun yaroqli b o ‘lgan yerlarni
egallabgina qolmay, balki tuproqni, yer osti va yer usti suvlarini,
atmosfera havosini ifloslantirish manbalariga ham aylanmoqda.
Respublikada zaharli chiqindilardan foydalanish sanoati esa hozircha
yaratilgan emas.
0 ‘zbekiston hududida qattiq maishiy chiqindilar tashlanadigan 230
dan ortiq shahar va qishloq axlatxonalari mavjud. Ularda taxminan 30
million kub m etr axlat to ‘planadi. Ular asosan stixiyali ravishda,
jug‘rofiy, geologik-gidrogeologik va boshqa shart-sharoitlami kompleks
o‘rganmay turib tashkil etilgan. Ularda qattiq maishiy chiqindilarni
zararsizlantirish va ko‘mib tashlash ibtidoiy usullar bilan amalga
oshirilmoqda. Ayniqsa, respublikaning yirik shaharlarida maishiy
11
chiqindilarni ishlatish va zararsizlantirish sohasida murakkab vaziyat
vujudga kelgan. Respublikada hali-hanuz maishiy chiqindilarni sanoat
usulida qayta ishlash masalasi hal qilinmagan. Yagona Toshkent maishiy
chiqindilar tajriba zavodi 1991-yildagina ishlay boshladi. Radioaktiv
ifloslanish, ayniqsa, katta xavf tug‘dirmoqda. Moylisuv (Qirg‘iziston)
daryosining qirg'oqlari yoqasida 1944-yildan 1964-yilgacha uran rudasini
qayta ishlash chiqindilari ko‘milgan. Hozirgi vaqtda qoldiqlar
saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu yerlarda selni to‘sadigan to‘g‘onlami
mahkamlash hamda kuchli xavfi bo‘lgan joylardagi qiyaliklarning
mustahkamligini ta’minlash lozim.
Navoiy viloyatidagi qoldiqlar saqlanadigan joy ham ekologik jihatdan
xavfli ifloslantirish o‘chog‘i hisoblanadi. Bu yerdagi radioaktiv qumni
shamol uchirishi xavfi bor.
Shu sababli 0 ‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilishdagi g‘oyat
m uhim vazifa yerlarning h o latin i yaxshilashdan, tuproqning
ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini amalga
oshirishdan iborat. Bu o‘rinda gap eng aw alo tabiiy zaxiralardan
foydalanishni tubdan yaxshilash haqida bormoqda.
Dostları ilə paylaş: |