S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

Ikkincbidan, 
0 ‘zbekistonning ekologik xavfsizligi nuqtayi nazaridan 
qaraganda, suv zaxiralarining, shu jumladan, yer usti va yer osti 
suvlarining keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish 
tug'dirmoqda. Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va 
hatto yer osti suvlari ham har taraflama inson faoliyati ta ’siriga 
uchramoqda.
Sug'oriladigan hududlarda suv tabiatning bebaho in’omidir. Bu- 
gun hayot suv bilan bog‘liq. Zotan, suv tamom bo'lgan joyda hayot 
ham tugaydi. Markaziy Osiyoda suv zaxiralari juda cheklangan. Yiliga 
78 kub kilometr suv keltiradigan Amudaryo va 36 kub kilometr suv 
keltiradigan Sirdaryo asosiy suv manbalaridir. Hozirgi vaqtda xalq 
xo'jaligida Orol dengizi havzasining barcha suv zaxiralaridan to ‘la- 
to'kis foydalanilmoqda.
Daryolar oqimi asosan Qirg'iziston va Tojikiston tog‘laridan 
boshlanadi. Suv zaxiralarining ko‘pchilik qismidan Markaziy Osiyodagi 
barcha respublikalaming yerlarini sug‘orish uchun foydalaniladi. Shu 
munosabat bilan mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlari yo‘lida 
hamda ekologiya talablarini, daryolar deltalarida Orol dengizida maqbul 
hayotiy shart-sharoitlam i yaratish maqsadida bu yerlarga suvning 
o‘tishini ta’minlash zarur. Shu bilan birga Orol dengizi havzasining



cheklangan suv zaxiralarini birgalashib, kelishgan holda boshqarish 
muammosini amaliy hal qilish talab etiladi. 

Mintaqaning yana bir muammosi suvni muhofaza qilish va tejash 

tadbirlari majmuini amalga oshirish zaruriyati bilan bog‘liqdir. Bif 
tadbirlar suvning isrof bo‘lishini eng kam darajaga keltirish maqsadida 
sug‘orish tarmog‘ining rejimi va o‘lchamlarini sug‘orish texnikasi bilan 
mustahkam boglashni o ‘z ichiga oladi. Endilikda kollektor zavod 
suvlarini tashlab yuborishni tartibga solish, oqova suvlarini daryo va 
suv omborlariga oqizishni batamom to‘xtashish zarur.
Suv zaxiralarining sifati eng muhim muammolardan biridir. 
60- 
yillardan boshlab Markaziy Osiyoda yangi yerlar keng ko‘lamda 
o'zlashtirildi. Sanoat, chorvachilik komplekslari ekstensiv rivojlantirildi. 
Urbanizatsiya kuchayd\. Kollektor zavod tizimlari ko‘rildi hamda daryo 
suvlari sug‘orish uchun muttasil yuqori hajmlarda olindi. Shu bois 
havzalardagi suvning sifati tobora yomonlasha bordi.
Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiya-gigiyena va sanitariya- 
epidemiologiya vaziyatini, ayniqsa, daryolarning quyi oqimlarida 
yomonlashtirmoqda. Ikkinchi tomondan, daryo suvlari tarkibida tuz- 
larning mavjudligi Amudaryo, Sirdaryo, ZaTafshon va boshqa daryo­
larning deltalarida tuproqning sho‘rlanishini kuchaytirmoqda. Bu 
esa qo‘shimcha melioratsiya ishlarini amalga oshirishda, zovur tizim- 
larini barpo etish va tuproq sho‘rini yuvishda yaqqol sezilmoqda.
0 ‘zbekiston va qo‘shni mintaqalar sharoitida aholini sifatli ichim- 
lik suvi bilan ta ’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Aholi punkt- 
larini odatdagi vodoprovod suvi bilan ta ’minlash ko‘rsatkichi res- 
publikada faqat keyingi besh yillikning o ‘zida taxm inan 1,5 barobar 
ortdi. Shunga qaramay ushbu muammo dolzarbligicha qolmoqda. 
Ichim lik suv t a ’m inoti m anbalarining ifloslanishi respublikada 
ayniqsa, Orol buyida kasallikka chalinish darajasining yuqori 
bo ‘lishiga sabab bo'lm oqda.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin