qulay atrof-muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir.
Ushbu qonunga binoan tabiatni muhofaza qilishdan maqsad:
— inson
salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun,
respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
manfaatlari yo‘lida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan
qilib foydalanish uchun qulay
shart-sharoitlami yaratish;
— jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish;
— ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma-
xilligini saqlab qolish;
— ekologiya xavfsizligini ta ’minlash;
— tabiat obyektlari bilan bogiiq madaniy merosni asrab qolishdir.
0 ‘zbekiston Respublikasining “ Suv va suvdan foydalanish
to ‘g‘risidagi” qonuni 1993-yil 6-mayda qabul qilingan bo‘lib,
uning
vazifalari suvga doir munosabatlami tartibga solish, aholi va xalq xo‘jaligi
ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish, suvni bug‘latish,
ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suvning zararli ta’sirining
oldini olish va uni bartaraf qilish, suv obyektlarining holatini yaxshilash,
shuningdek, suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar,
muassasalar,
tashkilotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari va fuqarolaming huquqlarini
himoya qilishdan iboratdir.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish
to ‘g‘risidagi” qonuni 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan bo‘lib, asosiy
vazifalari quyidagilardan iboratdir:
— atmosfera havosining tabiiy
tarkibini saqlash;
— atmosfera havosiga zaharli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa
ta ’sir ko‘rsatilishining oldini olish hamda kamaytirish;
— davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat
birlashmalari va fuqarolaming atmosfera havosini muhofaza qilish
sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
0 ‘zbekiston Respublikasining “0 ‘simliklar
dunyosini muhofaza
qilish va undan foydalanish to ‘g‘risidagi” qonuni 1997-yil 26 dekabrda
qabul qilingan bo‘lib, uning vazifalari quyidagilardan iboratdir:
— floraning tu r bo‘yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy
sharoitlarda saqlab qolish;
— tabiiy o‘simlik jamoalarining va yowoyi o‘simliklar o‘sadigan
muhitning bir butunligini saqlab qolish;
— o ‘sim lik dunyosidan oqilona foydalanish
va un i tak ro r
yetishtirishni ta ’minlash;
18
- yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simlik dunyosini muhofaza
qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatni huquqiy tartibga solish.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to ‘g‘risidagi”
qonuni 200-yil 25-mayda qabul qilingan bo‘lib, ekologik ekspertiza
deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa
xil
faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik
ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
- mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish
to ‘g‘risida qaror qabul qilinishidan oldingi bosqichlarda bunday
faoliyatning ekologik talablarga
muvofiqligini aniqlash;
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa
xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta ’sir ko‘rsatishi mumkin
bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning
ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
- atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy
Dostları ilə paylaş: