S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


1.5. Insonlarning ishlab chiqish faoliyati bilan atrof-muhit



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

21


1.5. Insonlarning ishlab chiqish faoliyati bilan atrof-muhit
o‘rtasidagi bog‘liqlik
Tabiatni muhofaza qilish jarayonida vujudga kelgan muammolarni 
ilmiy jihatdan hal qilishda tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri alohida 
ahamiyatga egadir. «Atrof-muhit» deganda insonlarning yashash muhiti 
va ishlab chiqarish faoliyati, ya’ni insonga ta ’sir etuvchi tabiiy, iqtisodiy 
va sotsial omillar to‘plami tushuniladi. Tirik organizmlarning mavjudlik 
sharoitlarini va yashash muhiti bilan tirik organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro 
bog'liqlikni o‘rganuvchi fan ekologiya deb ataladi. (Ekologiya so‘zi 
grekcha «oykos» — uy, «logos» — fan so‘zlaridan tashkil topgandir.) 
Quyida insonlarni ishlab chiqarish faoliyati bilan atrof-muhit o'rtasidagi 
bog'liqlik sxemasini ko‘rib chiqamiz:
1-rasm. Insonlarning ishlab chiqarish faoliyati bilan atrof-muhit
o ‘rtasidagi bog‘liqlik
1-rasmda ko‘rsatilganidek, turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda borgan 
sari insonning ongi oshib borish jarayonida tirik mavjudotning yangi 
prinsipial shakllari tarkib topdi. Inson tabiatda mavjud bo'lgan tayyor 
oziq-ovqatlarni iste’mol qilibgina qolmay, ularni tayyorlash bilan ham 
shug‘ullanadi va shu jarayonda tabiatga ham ta’sir ko'rsatadi. Demak, 
inson va tabiat bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Tabiat butun
22


jamiyat uchun zaruriy hayot muhiti va moddiy resurslarning yakka-yu 
yagona manbai bo‘lib, kishilaming moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini 
qondiradigan barcha boyliklar asosidir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan 
bog‘liq holda bir butunlikni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish kuchlari rivojlangan sari insonning tabiatga bo‘lgan 
ta ’siri ham kuchayib, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o ‘zaro ta ’sir 
miqyosi kengayib boradi. Fan-texnika yutuqlari ishlab chiqarish 
kuchlari jamiyatining rivojlanishida yetakchi ahamiyatga ega b o iib , 
odam ning ta b ia t resu rslarid an fo y d alan ish in i o so n lash tirad i
m oddalarning aylanm a harakatini tezlashtiradi va jam iyatning 
rivojlanishida tabiiy omillarga nisbatan ijtimoiy omillaming roli yuqori 
bo‘lishi uchun imkon yaratadi. Natijada inson m ehnat tufayli tabiiy 
muhitga bevosita bog‘liqlikdan tobora ozod bo ‘la borib, o'zining 
tabiatga b o ‘lgan ta ’sirini kuchaytiradi. Sanoat korxonalarining 
k o ‘payishi, qishloq x o ‘jalig in i kim yolashtirish, ah o li soni va 
avtotransportning ortib borishi kabi om illar turli xil chang-gaz 
chiqindilari, oqova suvning miqdori va turi, qattiq chiqindilar ko‘plab 
miqdorda atrof-muhitga tashlanishiga olib keladi.
Inson tabiatga kuchli darajada ta’sir ko‘rsatayotgan joylarda ekologik 
tanglik, ba’zan falokat yuz bermoqda, ya’ni tabiatning inson ta ’siriga 
bo‘lgan qayta aks ta ’siri aniq sezilmoqda. Bu haqda buyuklar bunday 
degan edi: «Tabiat ustidan qilgan g‘alabalarimizdan ortiqcha taltayib 
ketmaylik. Bunday har bir g‘alaba uchun u bizdan o ‘ch oladi».
Quruq iqlim zonalarida ro‘y berayotgan cho'llashish jarayoni, Baykal 
va Ladoga ko‘llari, Orol va Orolbo‘yi muammosi, Balxashbo'yi, Azov 
dengizi, Qora dengiz muammolari va boshqalar fikrimizning dalilidir. 
Demak, inson bilan jamiyat o‘zaro ta’siri me’yoridan oshib ketsa, salbiy 
oqibatlarga olib kelishi amalda isbotlanmoqda.
Shu bois atrof-muhitni muhofaza qilish uchun kam chiqindili va 
chiqindisiz texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, barcha turdagi suyuq, 
gaz holatidagi va qattiq chiqindilarni ushlab qoluvchi hamda ularni 
qayta ishlovchi yuqori samarali tozalagich moslamalami joriy etish
.muammolarini yuqori saviyada hal qilishni o‘rgatish vazifasini «sanoat 
ekologiyasi» kursi o‘z ichiga oladi.
Atrof-muhitga tushayotgan chiqindilaming tasniflanishi 2-rasmda 
keltirilgan. Ular asosan, ashyoviy va energetik turlarga bo‘linadi.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin