2-rasm. Chiqindilaming tasniflanishi
Ashyoviy
chiqindilar.
H ar yili atm osfera havosiga tarkibida
oltingugurt IV oksidi, uglerod II, IV oksidlari bor bo‘lgan 2.5 mlrd.
tonna gaz chiqindilari turli korxonalardan tashlanadi. Masalan, yiliga
150 mln. t. gacha S 0 2; 70 mln.tonna chang qurilish korxonalari,
qora va rangli m etallurgiya va boshqa
korxonalar tom onidan
tashlanadi. Atmosfera havosi eng ko‘p ifloslanishiga, shuningdek,
avtotransport vositalaridan tashlanadigan gazlar sabab bolm oqda.
Ushbu ichki yonuv dvigatellarida yoqilg‘ining to'liq yonmasligi tufayli
hosil bo'layotgan gaz 200 turli o‘ta zaharli gazlar aralashmasidan
iborat bo‘lib, ularga SO, S 0 2, parafln
va olefin qatori uglevodlari,
aromatik birikmalar, aldegidlar, azot oksidlari, qalay birikmalari kiradi.
Bu gazlar ichida kanserogenlik xususiyatiga ega bo‘lgan zaharli modda
3,4-benzopiren 30% ni tashkil qiladi. Ushbu gazlar ko‘p hollarda
tirik organizmlarga zararli bo‘lgan hodisa quyqum(smog)ning hosil
bo'lishiga sabab bo‘ladi.
Atmosfera havosiga chang chiqindilari ko'plab tushishi havo
tiniqligini yomonlashtirish bilan birga quyosh
radiatsiyasi tezligi va
spektri o'zgarishiga olib keladi.
1-jadvalda Toshkent shahri bo'yicha atmosfera havosining ifloslanish
dinamikasi keltirilgan.
24
I-jadval
Toshkent shahri atmosfera havosi tarkibining dinamikasi
Ifloslantiruvchi moddalar
m o
m s
1
996-
2000
2001
-
2006
2006
-
2010
Chang
2.9
2.8
1.3
1.3
Oltingugurt oksidi
2.4
2.6
0.4
0.2
Uglerod oksidi
0.3
0.9
0.7
1.0
Azot
II oksidi
2.0
2.2
1.9
2.0
Fenol
-
0.9
1.6
1.3
Vodorod florid
-
-
1.4
0.4
Ammiak
-
4.5
0.9
1.2
Qo‘rg‘oshin
-
1.3
1.1
0.6
Z,4-benzopiren
-
-
0.5
0.7
Formaldegid
-
7.3
1.7
1.7
Azon
-
1.5
2.7
0.8
Vodorod sulfid
1.6
1.4
-
0.3
Akrolein
-
0.6
-
-
Simob
-
1
1.0
0.7
Serouglerod
-
-
1.2
1.2
Yerning suv resurslari 1 mlrd. km3 ni tashkil qiladi. Ammo uning
97%ni texnologik jarayonlarda qo‘llash, insonning boshqa barcha
ehtiyojlarini qondirish uchun noloyiq bo‘lgan okean, dengizlaming
sho‘r suvlari tashkil qiladi. Ishlab chiqarish korxonalari, qishloq xo‘jaligi
va insonlarning ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan
chuchuk suv esa suv
umumiy hajmining faqat 3% nigina tashkil etadi. Ushbu chuchuk
suvning taxminan 2% ni muzliklar egallaydi. Nihoyat 1% gina suv
bizning ixtiyorimizda qoladi. Shunga qaramay, hozirgi kungacha
daryolarim iz suvlari k o ‘plab m iqdorda
oqova suvlari bilan
ifloslatirilayapti. Yiliga ularning miqdori 600 mlrd. km3ga yetadi.
Asrlar davomida suv havzalarining biologik tozalanishiga asoslanib
sanoat korxonalarining oqova suvlari, maishiy chiqindilar bilan ayovsiz
ifloslantirilib borishi natijasida suv havzalarining o ‘z-o‘zini tozalash
xususiyatlarini keskin yomonlashdi. Suvga ko‘p miqdorda o‘ta zaharli
moddalar tashlanishi natijasida undagi mikroorganizmlaming o ‘zaro
ozuqa aloqalari buzib yuborildi. Suv havzalari va daryolarga ekin
25
maydonlaridagi mineral o‘g‘itlar va zaharli ximikatlar yuvilib tushishi
natijasida esa suvda kislorod miqdori keskin kamayib ketdi. Bu jarayon
evtrofikatsiya (suvda ko‘kimtir-yashil o ‘simliklarni gullab ketishi) deb
ataladi. Bu esa, o‘z
navbatida, baliqlar halok bo‘lishiga olib keladi.
Hozirgi kunda Dunyo okean suvlari yuzasining 1/4 qismi neft bilan
qoplangan bo'lib, bu holat suvda yashovchi tirik organizmlarning
yashash sharoitlarini, okean bilan troposfera o ‘rtasida tabiiy gaz
almashinuvi jarayonlarini juda yomonlashtirib yuborayapti.
Shuning uchun oqova suvlarni
kom pleks ravishda tozalash
moslamalarim o‘rnatish, suv resurslaridan tejamli foydalanish, suvning
aylanma harakatini tashkil qilish kabi chora-tadbirlami amalga oshirish
hozirgi kunda juda muhimdir.
Toshkent shahridagi Salor daryosiga asosan turli sanoat
korxonalaridan qisman tozalangan, tarkibida turli zaharli moddalar
bor bo‘lgan oqova suvlar tashlanadi. Ularnining
tarkibida mineral
moddalar, azot birikmalari, og‘ir metall ionlari va organik moddalar
bordir.
2-jadvalda Toshkent shahridagi Salor daryosining zaharli moddalar
tarkibi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: