S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


-rasm. Industrial ishlab chiqarish sxemasi



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

4-rasm. Industrial ishlab chiqarish sxemasi


Yuqoridagi sxemadan ko‘rinib turibdiki, bunday ishlab chiqarish 
geokimyoviy jihatdan ochiq sistemani tashkil qiladi, ya’ni unda bir 
tomondan tabiiy komponentlarning (ruda, ko‘mir, nefi, o ‘rmon, suv, 
havo) uzluksiz yo'nalishda iste’mol qilinishi, ikkinchi tom ondan esa 
ikki yo‘nalishli: tayyor mahsulot + chiqindi (shlaklar, chang, gazlar; 
oqova suv va h.k.)laming hosil bo‘lishi kuzatiladi. Ikkinchi yo‘nalish 
birinchidan ko‘p marta ustundir. Hihoyat hosil qilinayotgan mahsulot 
ham m a’lum vaqt foydalanilgandan so‘ng chiqindiga aylanadi.
Tabiiy resurslardan bunday bir tomonlama foydalanish tabiiy 
resurslardan tejamsiz foydalanishga olib keladi. Shuning uchun vaqti 
kelib «tabiiy resurslami qayerdan olish kerak», degan savol tug‘iladi. 
Ikkinchi tomondan beqiyos miqdorda chiqindilari hosil bo ‘lishi davom 
etishi va ular bilan atrof-muhit ifloslanaverishi «chiqindilarni qayerga 
tashlash kerak», degan savolni tug‘ilishiga olib keladi.
Moddalaming tabiiy aylanma harakati sxemasi bilan industrial ishlab 
chiqarish sxemasini solishtirish natijasida shunday xulosaga kelish 
mumkin: yuqoridagi ikki savol (muammo) asosan tirik va o‘lik tabiat 
o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik tabiiy yopiq siklni hisobga olmagan holda 
insonlar ishlab chiqarish faoliyat natijasida vujudga kelayapti. Inson 
tabiatdan olayotgan resurslarning juda oz miqdoridan foydalanadi. 
Qolgan ko‘p miqdori turli chiqindi shaklida, tabiiy xossalari o ‘zgargan 
holda qaytadan foydalanib bo‘lmaydigan ko‘rinishda tabiatga tashlab 
yuboriladi. U larni albatta tabiat qayta ishlata olm aydi. Tabiiy 
jarayonlarning insonlar ishlab chiqarish jarayonidan prinsipial farqi 
aynan ana shundan iborat. Agar insonlar hech bo‘lmasa qisman bo‘lsa 
ham ana shu ta ’biiy qayta ishlash texnologiyasini amalga oshira 
olganlarida edi, hozir oziq-ovqat tanqisligi, tabiiy resurslar tugashi
atrof-muhitning ifloslanishi muammolari paydo bo‘lmagan bo‘lar edi. 
Demak, “resurslar — ishlab chiqarish — foydalanish” sistemasiga 
muvofiq sun’iy yopiq sikllarni hosil qilish hozirgi kunda juda zarur. 
Yopiq sistemaga o'tish ishlab chiqarish jarayonlari natijasida hosil 
bo ‘layotgan barcha chiqindilardan jarayonning eng boshlang‘ich 
bosqichida qaytadan xomashyo shaklida foydalanishga asoslangan 
’ bo‘ladi. Insonlar ishtirokisiz tabiatda ro‘y berayotgan jarayonlargina 
f to ‘liq chiqindisiz jarayonga misol bo‘la oladi, ya’ni hosil bo‘layotgan 
| chiqindilar deyarli to‘liq yo‘qotiladi. Chiqindisiz texnologik jarayonlami 
i inson faoliyatida yaratish uchun oqova suvlar, chiqindi, gaz-chang

tarkibidagi zaharli m oddalarni kompleks ravishda xomashyodan
37


foydalanishdan boshlab tayyor mahsulotni ishlatishgacha bo‘lgan barcha 
texnologik bosqichlarda mumkin qadar eng minimal miqdorgacha 
kamayib borishiga erishish zarurdir.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin