2-BOB. ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHNING
ILMIY ASOSLARI
2.1. Biosferaning chidamlilik ostonasi va sig‘im chegarasi
Atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy-nazariy
asoslarini ishlab
chiqish uchun eng awalo tabiat qonunlarini va nihoyat insoniyat jamiyat
bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlik qonunlarini mukammal ravishda
o‘rganib chiqishimiz zarur. Ko‘pchilik falokatlar insonlarning aynan
ana shu bog'liqlik qonuniyatlarini hisobga olmay tabiatga ko‘rsatayotgan
ta’sirlari oqibatida kelib chiqayapti.
Shu muammolarni to ‘g‘ri hal qilishda insonlarning ishlab chiqarish
faoliyatlari bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlik qonuniyatlarini o'rgatuvchi
fan — «ekologiya» fanining ahamiyati juda katta. Bu fan o ‘z mohiyati
bilan tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish, inson bilan tabiat
o‘rtasidagi aloqaning strategiya va taktikasini ishlab chiquvchi ilmiy
baza vazifasini o'taydi. Shuning uchun atro f-m u h it tirik
organizmlarining yashashi uchun normal
ekologik parametrlarga ega
bo'lgan chegaralar, ya’ni biosfera chegaralari o ‘iganiladi.
Insonlarning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’sirlari aytarli katta bo‘lmagan
hollarda ushbu muammo iqtisodiy muammolar qatoriga kiritilmas edi,
ya’ni tabiat har doim bizga cheksiz xizmat ko‘rsatadi deb tushunilar
edi. Lekin bugungi kundagi ahvol shuni isbotlab turibdiki, tabiat inson
tomonidan o‘ylamay, haddan tashqari ko‘p ko‘rsatiladigan ta’sirlarga
bardosh bera olmas ekan, ya’ni u o‘z-o ‘zini
qayta tiklab ulgura
olmayapti.
Demak, tabiatning har bir elementi o ‘zining m a’lum «sig‘im
chegarasi» ga ega ekan. Antropogen ta’sir bu chegaradan oshib ketsa,
bu element yemirila boshlar ekan. Masalan, bir vaqtlar gullab-yashnagan
Tigr va Yefrat vodiylari sug‘orish sistemasi noto‘g‘ri tuzilganligi va
qishloq xo‘jalik ekinlari ko‘p ekilganligi tufayli tuproq eroziyasi va
tuzlanish jarayonlari hisobiga cho'lga aylanib qolgan. Uralsk-Voljsk
cho'llari ham noto‘g‘ri chorva boqilishi hisobiga hosil bo‘lgan.
Oxirgi
vaqtlarda yana shunday ekologik inkirozlardan biri Orol dengizini qurishi
hisobiga ro‘y bermoqda. Uning atrofidagi cho‘llar kengayib, tuproqda
tuz m iqdori ortib borayotir. N atijada ichim lik suvining sifati
yomonlashib, turli kasallik turlari ko'paymoqda.
Atrof-muhit tabiiy
holatini buzilishi darajasi nafaqat antropogen ta ’sirga, balki tabiat
elementlarining aks ta ’sir reaksiyasi va xossalariga ham bog'liqdir.
32
Tabiat elementlarining aks ta’sir reaksiyasi ko‘pgina hollarda notekis:
ma’lum miqdorgacha ko‘rsatilayotgan ozgina ta ’sir hisobiga tabiatda
juda kuchli aks ta ’sir boshlanishi ham mumkin. Ushbu ta ’sir ekologik
sistemalarning chidamlilik ostonasi deb ataladi. Keskin va intensiv
ravishda ko‘rsatilayotgan ta’sir hisobiga biosferaning ichki o‘z-o‘zini
boshqarish
mexanizmi buziladi, ya’ni ekologik inqiroz sodir bo‘ladi.
Biosfera — bu yerning tirik organizmlar va ularning yashash,
mavjudlik muhitlarini tashkil etuvchi, o‘lik tabiatni ham o ‘z ichiga
oluvchi tashqi qobig‘i (sfera)dir. (bios - hayot, yashash; srhagia —
shar). Biosfera — tirik va o‘lik materiyalaming o'zaro ta ’sirlari natijasini
ifodalaydi.
Biosfera haqidagi ta ’limotni buyuk olim akademik B.I.Bemadskiy
1926-yilda yaratgan. Uning ta ’limotiga
binoan biosfera quyidagi
qismlardan iborat:
1) atmosfera — 25—30 km balandlikkacha (Yerning havoli qobig'i);
2) gidrosfera — 10 km chuqurlikkacha (Yerning suvli qobig‘i);
3) litosfera — 3—4 km chuqurlikkacha (Yerning tuproqli qatlami).
Dostları ilə paylaş: