S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


Avtotransportdan tashlanadigan tutun gazlar



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

3.2. Avtotransportdan tashlanadigan tutun gazlar
Hozirgi davrda inson salomatligi uchun eng xavfli manbalardan 
yana biri avtotransport vositalaridan chiqadigan zaharli gazlardir.
Avtomobillar purkab chiqaradigan gazlarning tarkibiy qismi inson 
organizmiga halokatli ta ’sir ko‘rsatadi, azot oksidi esa fotokimyoviy 
smog hosil bo‘lishida muhim omil hisoblanadi.
45


5-jadval
Benzin va solyarka ishlatadigan ichki yonuv dvigatellarning
mo‘risidan chiqadigan zaharli gazlar (1000 1 A g)
Chiqindi gazlar tarkibi
Motor ar tipi
Benzinli yoqilg'i
Dizel yoqilg'isi
Is gazi
27
7,4
Uglevodorodlar
24
16,4
Azot oksidi
13,5
26,4
Aldegidlar
0,5
1,2
3,4-benz(a)piren
7,2 • 10-'
10,5-10-1
Sulfat angidridi
1,1
4,8
Organik kislotalar
0,5
3,7
Qattiq zarrachalar
1,4
13,2
Qo‘rg‘oshin
0,4

Avtotransportning atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy 
moddalari bo'lgan is gazi, uglevodorodlar, azot oksidlari, aldegidlar, 
ketonlar, akrolein, qo‘rg‘oshin va boshqalar aksariyat hollarda gigiyenik 
nuqtayi nazardan juda zararli hisoblanib, belgilangan me’yordan ortgan 
holda boiadi.
Ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan qo‘rg‘oshin birikmalari 1 
m3 atmosfera havosiga 1—2 mg.dan 4—5 mg.gacha yetadi, bunda al- 
batta motorlarning ish rejimiga qarab, havoning ifloslanish darajasi 
o‘zgarib turadi. M a’lumotlarga binoan qishloqlardagi turar joylarda 1 
m3 havo tarkibida qo‘rg‘oshin miqdori 0,1 dan 0,5 mkg.ga teng bo‘Isa, 
shaharlar havosida 1 dan 5 mkg atrofida bo'ladi. Katta magistral 
atrofidagi 1 m3 havo tarkibida 14—38 mkg qo‘ig‘oshin borligi aniqlangan. 
Avtotransportning chiqindi gazlari atmosfera havosinigina emas, 
keyinchalik tuproqni ham ifloslantiruvchi omil bo‘lib qoladi. Natijada 
tuproq mag'izidan o'simlik tarkibiga, hayvon va odam organizmiga 
o‘tib unda yig‘ilib boradi. Oqibatda qo‘rg‘oshin odam qonida yig‘ilib, 
a’zolariga zaharli ta ’sirini ko'rsatadi.
Y .G.Feldm an va N.Ya.Yanishevalar keltirgan m a’lumotlarga 
qaraganda, atmosfera havosi, qolaversa, butun atrof-muhit kanserogen 
moddalar bilan ifloslanishiga sanoat korxonalarining chiqindilarigina 
emas, balki avtotransport vositalari gazlari ham sababchi bo‘ladi. Shahar 
havosida 3,4 benz(a)pirenning miqdori 100 m3 havo hisobida olinganda
0,5 mkg.dan to ‘g‘ri kelsa, katta shaharlarda 1,7 mkg.ga boradi.
46


Avtotransport vositalari sonining ortib borishi tashqi muhitga ajralib 
chiqayotgan kanserogen moddalarning salmog'i ortishiga olib keladi.
Avtotransport vositalari atmosfera havosini azot oksidi bilan 40,5%, 
uglevodorodlar bilan 42% zararlantiradi. Havoga chiqarib tashlanadigan 
100 mln. tonnaga yaqin is gazining 73,5 m ln.tonnasi yoki 78% 
avtotransport vositalariga to‘g‘ri keladi. Shaharlar havosining 60% 
zaharli gazlar bilan ifloslanishi avtotransport hisobiga to ‘g‘ri keladi.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda atmosfera havosini ifloslantiruvchi 
manbalarga sanoat korxonalari va ularning turli tarmoqlarini, avtomobil 
hamda boshqa transport vositalarini, qishloq xo‘jaligiga tegishli 
vositalami, keng ko‘lamda ishlatilayotgan zaharli kimyoviy moddalarni 
misol qilib k o ‘rsatish m um kin. Bularning ham m asi insonning 
antropogen faoliyatidan kelib chiqadigan muammolardir.
Shahar osmoni doim tutun, tum an bilan qoplanishi insonning 
asabiga, bemorlaming kayfiyatiga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi.
Mabodo atmosfera havosidagi qorakuya-qurum miqdori 2 m g/m 3 
ga yetsa, kunduzi yorug‘lik 90% ga kamayar ekan. Quyosh nuri 
atmosferaning yuqori chegarasidan yer yuziga o‘tguncha o ‘z nurining 
2/5 qismini yo‘qotadi. Ilmiy manbalarda qayd qilinishiga, quyosh 
radiatsiyasining kuchi havo ifloslanganligi tufayli Parijda 26—30%, Ber- 
linda 60% kamayishi mumkin ekan. Havodagi chang zarralari ultra- 
binafsha nurlaming ancha qismini o‘ziga singdiradi, yerga tushishiga 
to ‘sqinlik qiladi.
Changsimon moddalar havoda yoyilgan, sochilgan holatda ayrim 
xususiyatlar kasb etadi. Jumladan:
a) eng mayda chang zarrachalari atmosfera havosida muallaq turib 
qoladi;
b) chang zarralari havoda yoyilishi kuchayib solishtirma yuzasi va 
sathi kuchlari ortadi;
d) eng mayda chang zarralari bir-biriga yopishib, yirik zarralarni 
hosil qiladi;
e) zarrachalar o ‘z sathlariga tashqi m uhitdagi ionlarni, m o- 
lekulalami, suv bug‘larini singdirib, ularning jamlanishiga sabab bo‘ladi;
f) bunday zarrachalarda har xil beJgili zaryadlar paydo bo'ladi;
g) aerodispers tizim yorug'likning kuchli tarqalishiga sabab boiadi.
Zarrachalar katta-kichikligiga qarab ikki xususiyatga ega bo‘ladi:
a) muallaq osilib turish va tez cho‘kish xususiyatiga ega bo‘lganlar;
47


b) nafas yollariga kirish xususiyatiga ega bo‘lganlar.
0 ‘zbekiston gidrometeorologiya markazi bergan m a’lumotlarga 
qaraganda, Olmaliq va Farg'ona, shuningdek, Navoiy va Qo‘qon 
shaharlari atmosfera havosining zararli moddalar bilan ifloslanishi 
bo‘yicha eng iflos havoli shaharlar guruhiga kiradi. 0 ‘zbekistonda doimiy 
(statsionar) manbalardan atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar 
1,3 mln.tonnaga yetdi. Jum ladan, sulfat angidridi 535,8 ming, 
uglevodorod 427 ming, azot oksidi 94,1 ming tonna va qattiq zarrachalar 
317,4 ming tonnani tashkil etdi. Ana shu zararli moddalar asoratidan 
0 ‘zbekiston shaharlarida kasailiklar 1,5 barobar ko‘payib, bronxial astma 
20 foiz ortdi. Bolalar organizmining yuqumli kasalliklarga qarshi 
kurashish kuchi 25—37% pasayib ketganligi kuzatildi.
Chirchiq shahrida qon-tomir kasalligi 4,7 barobar, endokrin bezlar 
tizimi kasalligi 1,9 barobar, qon bosimining oshishi 4,5 barobar, yuqori 
epidemiya kasalligi 2,2 barobar ortganligi m a’lum.
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo darasi hududiga Tojikistonning 
Mirzo Tursunzoda shahrida joylashgan aluminiy zavodi chiqindilari 
tushishi tufayli bu yerda chaqaloqlar tug‘ilgach, 1 yoshga yetmay nobud 
bo'lishi 1,5 marta, tug‘ma kasailiklar 1,8 marta ko'paydi.
Atmosfera havosining ifloslanishi o‘simliklaming va qishloq xo‘jalik 
ekinlarining normal o‘sishiga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi.
Atmosfera o‘z-o‘zini tabiiy tozalash jarayoniga ega. Lekin sanoat 
ayniqsa yoqilg‘i sanoati taraqqiy etgan, transport rivojlangan, qishloq 
xo'jaligi m ashinalashgan, aholining urbanizatsiya jaray o n i 
kuchayayotgan bizning asrimizda atmosferaning sun’iy ifloslanishi tabiiy 
tozalanishga nisbatan ustunlik qilmoqda. Atmosfera o‘z-o‘zini tabiiy 
tozalash vazifasini bajara olmayapti. Shuning uchun atmosferani sun’iy 
ifloslanishdan tozalash yo'llarini joriy etish, uning oldini olish bugungi 
kunning asosiy vazifasidir. Bu borada bir necha chora-tadbirlar mavjud:
1. Tutun chiqaruvchi trubalarni balandroq qurish atmosfera 
ifloslanishining oldini olishning eng qadimiy yoMlaridan biridir; buning 
natijasida iflos chang va gazlar keng ttiaydonga yoyilib, uning 
konsentratsiyasi kamayadi. Masalan; balandligi 100 m bo‘lgan trubadan 
chiqayotgan chang va gazlar radiusi 20 km bo‘lgan mintaqaga tarqalsa, 
balandligi 250 m bo'lgan trubadan chiqqan, gazlar radiusi 75 km 
mintaqaga tarqaladi.
2. Pechlarga ko'm ir, torf, qoramoy yoqishning o'm iga elektr 
eneigiyasidan, gazlardan foydalanilsa — atmosferaga chang, qurum, tutun
48


va zaharli moddalar kam chiqariladi. Respublikamiz olimlarning 
ma’lumotiga ko‘ra, ko‘mir bilan ishlovchi korxonalar gazga o ‘tkazilsa, 
havoga chiqariladigan oltingugurt (IV) oksidi miqdori 1000 marta, uglerod 
oksidi miqdori 2000 marta, azot oksidlari miqdori 5 marta kamayadi.
3. Sanoat korxonalarida zararli moddalar tozalovchi uskunalar 
qurishni keng yo‘lga qo‘yish lozim. Respublikamizda atmosfera havosini 
ifloslantiruvchi lOOOdan ortiq yirik va o‘rta korxonalar bor. Ularda 
havoning tozaligini saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar zamon talabiga 
javob bermaydi. Natijada ularda yiliga 4,5 mln.t. qattiq va gazsimon 
zararli moddalarning 35% atmosferaga chiqib, uni ifloslantirmoqda. 
Kimyo korxonalari yiliga atmosferaga 120 ming t uglerod, 40—50 ming 
t oltingugurt (IV) oksidi, azot oksidlarini chiqarib Chirchiq, Farg'ona, 
Q o‘qon, Sam arqand, N avoiy, Toshkent sh ah arlari havosini 
ifloslantirmoqda.
4. Atmosfera havosini toza saqlashning muhim bir yo‘li sanoat 
korxonalarida, kommunal xo‘jalikda ishlab chiqarish texnologiyasini 
o‘zgartirish, chiqindisiz texnologik jarayonlarni joriy etishdir.
5. Shaharlar havosi ifloslanishini kamaytirishda yer osti termal 
suvlaridan foydalanish yaxshi natija beryapti. Bunday suvlar shaharda 
maishiy-kommunal xo‘jalik va sanoat korxonalarini isitishi mumkin.
6. Atmosfera havosini toza saqlashda avtotransport gazlarini, 
dudlarini kamaytirish juda muhimdir. Buning uchun benzin o ‘miga 
gaz, elektromobillarga o'tilsa, havo ancha toza saqlanadi.
7. Shahar va qishloqlarda havoni ifloslanishdan saqlashda yashil 
o'simliklar juda ishonchlidir. Ular iflos havoni filtrlaydi, barglarida 
changlarni ushlab qoladi, havo haroratini pasaytiradi, karbonat 
angidridni yutib, kislorod ishlab chiqaradi.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin