S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


Chiqindisiz texnologik jarayonlarni



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

2.5. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni
yaratishning asosiy prinsiplari
Akad. Laskorin B.H. boshchiligida olib borilgan tadqiqotlarga 
asosan ishlab chiqarish korxonasining qaysi tarmoqqa mansubligidan 
qat’i nazar ularning barchasi uchun taalluqli bo'lgan quyidagi asosiy 
4 ta prinsip bajarilsa, chiqindisiz texnologik jarayonga erishilishi 
mumkin:
1. Mahalliy oqova suvlami tozalash texnologiyasini qo'llash hisobiga 
suvning aylanma harakatini tashkil qilish, ya’ni tabiiy yer usti va yer 
osti suvlaridan toza suv manbai sifatida foydalanishni cheklash.
2. Bir korxona chiqindilari ikkinchi korxona tomonidan xomashyo, 
ikkilamchi ashyo sifatida foydalanishni ta’minlash, ya’ni barcha turdagi 
chiqindilarni qayta ishlash va foydalanishga erishish.
3. Xomashyo va chiqindilardan foydalanishni ta’minlovchi turli 
ishlab chiqarish korxonalarini bir yerga to 'p lash — ya’ni turli 
korxonalarning territorial kompleksini tashkil etish.
4. Ishlab chiqarishni ekologiyazatsiyalash, ya’ni xomashyoga maxsus 
ishlov berish yo‘li bilan tozalab, keyin foydalanish natijasida hosil 
bo‘ladigan chiqindilar turlari va miqdorim kamaytirish.
Misol tariqasida issiqlik elektrostansiyasida (IES) chiqindisiz 
texnologik jarayonni hosil qilishni ko‘rib chiqamiz. Ma’lumki, 70% 
elektr energiyasi hozirgi kunda issiqlik elektrostansiyalarida ishlab 
chiqariladi. U larda hosil bo ‘layotgan chiqindilar atrof-m uhitga 
tashlanayotgan chiqindilaming 29% ini tashkil etadi. IES da hosil 
bo‘layotgan chiqindilarga quyidagilar kiradi:
1) tarkibida S 0 2, C 0 2, NOx va ko‘mir changi (kul) bo'lgan gaz- 
chang chiqindilari;
2) IECda hosil bo‘layotgan oqova suvlar — sovitish sistemasi suvlari, 
gidrokul tutish sistemasi suvlari, jihozlarni yuvish natijasida hosil 
bo‘layotgan kimyoviy eritmalar, suv tozalagichlarda hosil bo'layotgan 
regeneratsion suvlar va neft, gaz bilan ifloslangan suvlar.
Turbinalar kondensatorlarini sovitishda foydalanilgan suvlar o‘z 
haroratlarini 8-10°C ga oshirishi hisobiga, asosan issiqlik chiqindisi 
hisoblanadi. Ular yana ishqor va minerallarga to'yingan bo'Iadi.
38


Bulardan tashqari ushbu suvning tarkibida ftor, mishyak, simob va 
vanadiy ham uchraydi.
Yuvuvchi suvlar esa yuvish uchun ishlatiladigan eritmaning turiga 
qarab organik va noorganik kislotalar, ishqorlar, nitratlar, ammoniy 
tuzlari va h.k. bilan ifloslanadi.
Suv tozalagichlarda (mexanik filtrlarni yuvishda, tindirgichlaming 
shlamli suvlari, ionitli, ya’ni filtrlarni regeneratsiya qilishda) hosil 
bo‘layotgan suvlar asosan Ca, Mg, Al, Fe tuzlari bilan ifloslanadi;
3) IES da hosil bo‘layotgan qattiq chiqindilarga kul va shlak kiradi.
IESda chiqindisiz texnologik jarayon (ChTJ) asosiy 4 ta prinsiplami 
amalga oshirish uchun u yerda barcha hosil bo‘layotgan chiqindilarni 
qayta ishlovchi va tozalovchi chora-tadbirlami joriy etish zarur.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin