S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


-rasm. IES misolida ChTJ ni hosil qilish sxemasi



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

5-rasm. IES misolida ChTJ ni hosil qilish sxemasi
Sxemaga binoan ChTJ hosil qilishning tamoyiliga muvofiq mahalliy 
oqova suvlami tozalash sistemasini qo'llash hisobiga suvning aylanma 
(yopiq) harakatini hosil qilish zarur. IES oqova suvlarini tozalash uchun 
ko‘pincha tindirish, filtrlash, koagullash, flotatsiya va sorbsion usullar 
qo‘llaniladi. Ajratib olingan mineral tuz esa mineral o‘g‘itlar ishlab 
chiqarish uchun xomashyo sifatida foydalaniladi.
Atmosfera havosini S 0 2 dan himoya qilish uchun eng samarali
39


usullardan adsorbsiya va katalitik oksidlanish hisoblanib, ular 90%gacha 
S 0 2 ushlab qolish imkonini beradi.
Kulni ushlab qolish uchun kombinirlangan kul tutib qolish sistemasi 
qo'llanilib, u Benturi nayi — skrubber — elektrofiltridan tashkil etilgandir. 
Ushbu sistema kulni 99,7% gacha ushlab qoladi. Ajratib olingan kul 
bilan shlak qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladi.
Xomashyo va tayyor mahsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga olib 
borishni engillauggirish maqsadida turli ishlab chiqarish korxonalarini 
bir-biriga yaqin joylashtirish, ya’ni sanoat territorial kompleksini tuzish 
zarurdir. Yuqorida aytilganlarga muvofiq ChTJ hosil qilishning 2 va 3 
tamoyillari amalga oshiriladi;
ishlab chiqarishni ekologiyazatsiyalash, ya’ni xomashyoga maxsus 
ishlov berish yo‘li bilan uni qo‘shimcha aralashmalardan tozalab so‘ngra, 
ishlatish zarur. Natijada hosil bolayotgan chiqindilarning miqdorini 
ancha kamaytirishga erishiladi, S 0 2 miqdorini kamaytirish uchun 
yoqilg‘i tarkibidagi S aralashma tozalab olinib, so‘ngra yoqiladi. S 0 2 
hosil bo'lishini oldini olish, u hosil bo‘lgandan keyin tozalashga 
qaraganda ancha qulay va arzonroq.
Buning uchun yoqilg‘i kimyoviy usullar yoki gravitatsion separatorlar 
yordamida tozalab olinadi. Yoqilg'ini yoqishdan oldin S dan tozalash 
ish samarasini oshirish, yoqilg‘i yuzasidagi korroziya jarayonini 
kamaytirish imkonini beradi.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin