2.3. Biosferaning funksiyalari
Biosfera barcha tirik organizmlarning yashash muhiti bo'libgina
qolmay, ularning hayot faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan qulay muhit
va oziq-ovqatni ta ’minlab beruvchi manba hisoblanadi.U doimiy
ravishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
1)
biologik mahsuldorlik, ya’ni yerdagi barcha tirik mavjudotlarni
oziq-ovqatlar bilan ta’minlash;
2) muhitning optimal gaz va gidrologik tarkibini ta ’minlash;
3) biologik tozalash (tabiatning o ‘z-o‘zini tozalashi, qayta tiklashi,
assimilyatsiya).
Biosfera nisbatan mustaqil bo'lgan alohida bo‘laklar yig'indisidan
iborat bo‘lib, mozaik tuzilishga (strukturaga) ega.
Biosferaning alohida
faoliyat ko'rsatuvchi elementlarining struktura birligini biogeotsenoz
deb ataluvchi ekologik sistemalar tashkil etadi. Biogeotsenoz — biotik,
tipografik va iqlimiy jihatdan, bir xil bo'lgan abiotik muhitdagi o'zaro
bog‘liq bo‘lgan o ‘simliklar va hayvonlar yig‘indisidan iboratdir.
Shunday qilib, biogeotsenoz deb
nisbatan bir xil uchastkada
joylashgan va uzoq muddat davomida chiqindisiz, yopiq ishlab chiqarish
jarayonini amalga oshiruvchi o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar
populyatsiyalarining yig‘indisiga aytiladi.
Tirik organizmlar u yoki bu biogeotsenozda birga yashash uchun
qulay bo‘lgan turlarning moslari bilan birgalikda o ‘zaro moslashgan
holdagina yashaydilar. Bir turdagi tirik organizm lar yig‘indisi
populyatsiya deb ataladi.
Shunday qilib barcha organizmlar biogeotsenoz miqyosida o‘zaro
ozuqa bilan ta ’minlanish jihatdan o‘zaro uzviy bog‘liqdir ya’ni
trofik
(oziqa) zanjirini tashkil qiladi.
Planetamizdagi barcha tirik moddalar ikki guruhga bo‘linadilar:
1) avtotrof organizmlar — ya’ni noorganik moddalardan organik
moddalarni hosil qila oluvchilar. Ularga xlorofilli yashil o‘simliklar
misol bo‘la oladi;
2) g e te ro tro f organizm lar — inson, hayvonlar va m ikro-
organizmlardir. Ular organik moddalarni sintez qila olmaydilar.
G eterotrof organizmlar organik m oddalarni turlicha iste’mol
qiladilar. Ularning ba’zi birlari o‘simliklar va ularning mevalarini, boshqa
birlari esa hayvonlar va o‘simliklaming o‘lik qoldiqlarini, uchinchilari
esa o ‘lgan hayvonlarni iste’mol qiladilar.
Dostları ilə paylaş: