bilan ajralib turadi. Shuningdek, naften aromatik uglevodorodlar ham
ancha zaharlidir. Sanoat korxonalaridagi chiqindi suvlar paydo bo'lishiga
ko‘ra uch guruhga boiinadi.
Birinchi guruhga chiqindi suvlarga suvni texnologik jarayonda
reagent sifatida ishlatish oqibatida paydo bo‘ladigan suvlar kiradi. Bu
suvlar texnologik jarayonda qatnashganda zararli moddalar bilan
ifloslanadi.
Ikkinchi guruhga apregatlar va apparatlarni sovutishda hamda
qo‘shimcha operatsiya va jarayonlarda qatnashish oqibatida paydo bo'la-
digan chiqindi suvlar kiradi. Bunday suvlar odatda ifloslanmasa-da,
lekin harorati yuqori bo‘ladi.
U chinchi guruhga yordam chi xo'jaliklar, qo‘shim cha sexlar,
omborlar, transport vositalari va hokazolardan paydo bo ‘ladigan
chiqindi suvlar kiradi. Bu suvlar turli zaharli moddalar bilan ifloslangan
bo'lishi mumkin.
Sanoat korxonalari chiqindi suvlarining paydo bo‘lishi ularning
tarkibiy qismi, moddalarning konsentratsiyasi, ishlab chiqariladigan
mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayoni, ishlatiladigan asbob-uskunalar,
ish sxemasi va boshqa omillaiga bog'liq bo'ladi.
Chiqindi suv tarkibini yaxshi bilish uchun ishlab chiqarish jara-
yonlarining sanitariya holatini, texnologik jarayonlarni, ularda
ishlatiladigan moddalarni o‘rganish kerak bo‘ladi.
Xo‘jalik chiqindi suvlari o‘z kimyoviy birikmalariga ko‘ra mineral,
organik va bakterial tarkiblilarga bo'linadi. Bundan tashqari, xo‘jalik
chiqindi suvlari m ikroorganizm ga ham boy b o 'lib , ularning
1 ml.tarkibida millionlab mikroblar yashaydi.
Shahar hududida joylashgan sanoat korxonalarining chiqindi suvlari
umumiy kanalizatsiyaga tushiriladi. Shahar chiqindi suvlari umumiy
qismining 40% sanoat korxonalaridan chiqadigan suvlar bilan xo‘jalik
chiqindi suvlarining aralashmasidir.
Lekin qoidaga ko‘ra, shahar kanalizatsiyasiga zaharli moddalarni
saqlovchi, havoga gazlar chiqaruvchi, biologik tozalash inshootlariga
zarar yetkazuvchi chiqindi suvlar tashlanmaydi.
6-jadvalda shahar kanalizatsiyasiga tashlanadigan chiqindilar tarkibi
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: