S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

52


6-jadval
Bir odam bir sutkada ajratadigan va kanalizatsiyaga tashlanadigan
chiqindilar
Ifloslantiruvchi omillar
Bir odamdan ajratilgan chiqindi 
(gramm hisobida)
Muallaq moddalar
65
Tindirilgan suyuqlikdagi oksigenga 
bo‘lgan talab (5 kundan so‘ng)
54
Tindirilmagan suyuqlikda oksigenga 
biokimyoviy to'liq talab
75
Tindirilgan suyuqlikda oksigenga 
to‘liq talab
40
Azotning ammoniy tuzlari
8
Yuza faol moddalar
2,5
Xloridlar
9
Fosfatlar
3,3
Keyingi yillardagi tekshirishlar bir litr chiqindi suvdagi muallaq 
zarrach alar m iqdori 1,5—6, organik m oddalarning oksigenga 
biokimyoviy talabi 40—120 mg, oksigenga kimyoviy talabi 400—450 
mg ekanligini ko'rsatdi. Chiqindi suvlardagi neft mahsulotlari miqdori 
20—25 mg ga yetgan.
Sanoat korxonasining chiqindi suvlari texnologik jarayonda toza 
suvlarni ishlatish oqibatida paydo bo'ladi va u korxona kanalizatsiyasi 
orqali tashqariga chiqariladi. Suvning tarkibiy qismi nihoyatda har xil 
bo‘lib, ulardagi asosiy ingredientlarning miqdori ham bir xil emas. 
Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekistondagi 140 dan ziyod eng yirik sanoat 
korxonalaridan doimo chiqindi suvlar chiqadi.
Metalluiigiya zavodida 75% suv ishlab chiqilgan mahsulotni sovutish 
uchun sarflanadi. Eng ko‘p chiqindi suv domna o ‘chog‘ida, po‘lat 
eritish va prokat sexlarida hosil bo‘ladi. 1 1. suv tarkibida 1000—4000 
mg. qalqiydigan moddalar bor. C ho‘yanni sovutishda, temir quyadigan 
mashinadan 1 g cho‘yan uchun 3—4 m 3 suv sarflanadi va 1 1. suv 
tarkibida 2000 mg. qalqiydigan moddalar uchraydi.
Po‘lat eritiladigan sexda har bir tonna po'lat uchun 3 m 3 dan 
15 m 3 gacha suv sarflanadi. Chiqindi suvlar suvda qalqiydigan mayda
53


moddalar bilan ifloslangan bo‘lib, ularning miqdori 50 dan 1500 mg.litrga 
teng.
Prokat sexida suv asosan konstruksiya va mexanizmlami sovutish 
uchun va okalin moddalarni yuvish, sovutish va oqizish uchun ishlatiladi. 
Chiqindi suvdagi qalqib yuradigan zarrachalar miqdori 220 mg/1, yog'lar 
30 dan 170 mg/l.ga yetadi.
Qog'oz va karton ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar uchun 
juda ko‘p miqdorda suv kerak. 1 1 qog‘oz ishlab chiqarish uchun o‘rta- 
cha 300—350 m3 suv talab qilinadi. Selluloza va qog‘oz ishlab chiqarish 
chiqindi suvlari tarkibida juda ko‘p miqdorda qalqib yuradigan 
moddalar, erigan holdagi organik moddalar va noxush xid tarqatadigan 
moddalar borligi aniqlangan.
Neftni yer tagidan olish va uni qayta ishlash juda ko‘p miqdorda 
suv talab qiladi. Neft ionlarining chiqindi suvlari asosida qatlam suvlari 
yotadi, ular qazib suyuq olinadigan neft miqdorining 10—25% ini tashkil 
qiladi. Bir litr suv tarkibida 1200—2000 mg neft va 1500 mg.suvda 
qalqiydigan zarrachalar mavjud b o ‘ladi. Neftni qayta ishlash 
korxonalarida hosil bo‘ladigan chiqindi suv tarkibida kami bilan 10 xil 
moddalar borligi qayd etiladi. Chiqindi suvlaming bir litrida 10—15 g 
xlorid, bir necha mg.dan bir necha grammgacha neft, shuningdek
parafin, vodorod sulfid, ammiak va merkaptan suffit, fenol moddalari 
b o ‘ladi, h ar b ir tonna neft m ahsuloti uchun 2 dan 3 m 3, 
mukammallashgan korxonalarda esa 0,8—1,5 m3 suv sarflanadi.
Koks-kimyo zavodlarida ishlab chiqarish quyidagi ikki qismga 
bo‘linadi:
1) o‘choqlarda koks olish uchun ko‘mimi quruq haydash jarayoni. 
Ko‘mirni kokslashga tayyorlash (ko'mir yuvish) va o'choqdan chiqqan 
cho‘g‘ koksni o'chirish oqibatida chiqindi suvlar paydo bo‘ladi, uning 
tarkibida suvda qalqiydigan moddalar mavjud;
2) ishlab chiqarish jarayonida gazlar hosil bo‘ladi. Bu chiqindi 
suvlar tarkibida fenollar va boshqa organik moddalar mavjud.
Gazogenerator stansiyasida navi past kul rang ko'mirni quruq 
haydash yo‘li bilan gaz, toshko'mir olish jarayonida tarkibida fenollar, 
yog‘ kislotasi, ammiak, smola moylar, piridin, rodanidlar metil spirti 
va boshqa moddalar mavjud.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin