3.4. Litosferani ifloslantiruvchi manbalar
Keyingi yuz yillikda sanoatning rivojlanishi natijasida planetaning
mineral resurslaridan jadal foydalanilmoqda. M ineral xomashyoni
iste’mol qilish 100 mlrd. tonnadan ortib ketdi. Shunday usulda mineral
xomashyodan foydalanish katta miqdordagi chiqindilar va ularni qayta
ishlashning turli bosqichlaridagi chiqindilar — konchilik korxonalarida
tashish vaqtida va qayta ishlash korxonalarida chiqindilar miqdori ko‘p
hollarda olingan mahsulotdan ko‘p bo‘ladi Tog‘dagi ishlanmalar,
metallui^iya va kimyo korxonalari, issiqlik elektr stansiyalarini ishlatish
jarayonida katta miqdorda qattiq chiqindilar, masalan,
fosfogips,
kuyundi, shlak, kul va hokazolar hosil bo‘ladi. Bu chiqindilar katta
maydonlarda uyulib yotadi.
Qattiq chiqindilarga metall va yog‘och chiqindilari, plastmassa va
boshqa materiallar, sanoat korxonalarining chang va gaz tozalagich
sistemalaridan mineral va organik chiqindilar: turli organik va mineral
moddalardan tashkil topgan sanoat axlatlari kiradi (rezina, qog‘oz,
mato, qum va boshqalar), suyuq chiqindilarga
oqindi suvlarga ishlov
bergandan keyin ularning cho'kindilari, gazlarni tozalash sistemalaridagi
mineral va organik shlaklar (quyqalar) kiradi.
Atrof-muhitga tushadigan qattiq chiqindilar uchta toifaga bo'linadi:
Sanoat, qishloq xo'jalik va shahar xo‘jaligining maishiy chiqindilari.
Sanoat chiqindilarining asosiy qismi quyidagilardir: kon va kon-kimyo
(uyumlar, shlaklar va boshqalar); qora va rangli metallurgiya (shlak,
shlamlar, chang va boshqalar); metalni ishlash korxonalari (qirindi,
brakka chiqqan buyumlar va boshqalar); o‘rmon va yog‘ochga ishlov
berish sanoati (yog‘och tayyorlash chiqindilari, yog‘och qipig‘i, mayda
b o ‘lakchalar va boshqalar), issiqlik elektrostansiyalari, energiya
xo'jaligining (kul, shlak va boshqalar), kimyo va boshqa turdagi sanoat
tarmoqlari (fosfogips, ogarka, shlaklar, shlamlar, shisha siniqlar, sement
changi), organik ishlab chiqarishlar (rezina, platmassa va boshqalar),
oziq-ovqat (suyak, jun va boshqalar), yengil to‘qimachilik
va paxta
tozalash sanoati (mineral va organik, chang, shlam, paxtani tozala-
gandan keyingi organik va mineral iflos aralashmalar va boshqalar).
Keyingi o‘n yillikda qishloq xo‘jaligini keskin intensifikatsiyalash
natijasida atrof-muhitga chiqariladigan dehqonchilik va chorvachilik
chiqindilari keskin oshdi. Qishloq xo‘jaligi chiqindilari bilan bir qatorda
ko‘p miqdorda plastmassa tara, ishdan
chiqqan mashina va ehtiyot
qismlaming eski rezinasi, ishlatilmagan o‘g‘itlar va boshqalar ko‘paydi.
55
H ozirgi vaqtda shahar xo'jaligining maishiy chiqindilarini
utillashtirish muammosi tobora jiddiy tus olmoqda. Har yili bir nafar
shahar aholisiga singan shisha, metall buyumlari, qog‘oz, plastmassa
va ovqat qoldiqlaridan iborat 300 kg axlat chiqadi.
Ishlab chiqarishning
ko‘pgina qattiq chiqindilari o ‘simliklarga, hayvonlarga va odamlarga
katta zarar keltiradi. Masalan, fosfogips uyumlari (fosforli o‘g‘itlar
olingandan keyingi qattiq chiqindilar) sizot suvlarini ifloslashi va
zaharlashi mumkin. Ishlab chiqarishning ba’zi chiqindilari tarkibida
xrom, qalay, surma va boshqa zaharli moddalarning birikmalari bor,
ular tuproqdan o‘simliklar va hayvonlar orqali odam organizmiga
tushadi. Kanserogen xossaga ega bo'lgan asbest changining ajralishi
juda xavfli. Shuning uchun sanoat tomonidan
xomashyoni tejamli
sarflash va chiqindilarni um um an kam aytirish, hosil b o ‘lgan
ch iq in d ila rn i foydali m ahsulotlarga qayta ishlash c h o ra lari
ko‘rilmoqda.
Tuproqning ifloslanishi — inson hayot jarayonining oqibatida xo‘jalik
va sanoat chiqindilarining kelib chiqishi natijasidir. Shaharlarda, ishchi
posyolkalarida, aholi turar joylarida juda ko‘p miqdorda har xil
ifloslantiruvchi chiqindi axlat m oddalarining tuproqda yig‘ilishi
natijasida ular kasallik tarqatuvchi m anbalarga aylanib qoladi.
Ifloslantiruvchi moddalar ochiq suv havzalarini,
yer osti suvlarini
zararlaydi, qishloq xo'jaligi ekinlariga tushib ular orqali hayvon, odam
organizmiga o'tadi, ya’ni tuproq ifloslanishi oqibatida atrof-muhit
ifloslanadi.
Sanoat korxonalaridan turli zararli moddalar chiqadi: masalan, rangli
metallurgiya sanoatidan — rangli m etall tuzlari; mashinasozlik
korxonalaridan — sianidlar, berilliy birikmalari, margimush va boshqalar;
plastmassa ishlab chiqarish korxonalaridan — benzin, efir, fenol,
metilakrilat va boshqalar; azot sanoatidan — pojistirol, xlorbenzol,
kanserogen
smolalar va boshqalar; selluloza (qog'oz ishlab chiqarish)
sanoatidan — fenol, metil spirti, skipidar va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda, tuproq ifloslanishining asosiy manbalari:
sanoat korxonalarining chiqindilari, suyuq chiqindilar, atmosfera
orqali tarqaladigan chiqindilar, inson faoliyati
tufayli vujudga keladigan
xo'jalik chiqindilari, qurilish, qishloq xo'jaligi chiqindilari va
boshqalardir.
Dostları ilə paylaş: