Mustaqil o ‘zlashtirish uchun savollar
1. Tabiatda C 0 2 ning aylanma harakati.
2. Tabiatda S ning aylanma harakati.
3. Tabiatda P ning aylanma harakati.
4. Tabiatda N 2 ning aylanma harakati.
5. Tabiatda H20 ning aylanma harakati.
6. Chiqindisiz texnologik jarayonni hosil qilishning asosiy tamoyillari.
Tayanch so ‘z va iboralar
Biosfera, kimyoviy chiqindilar, energetik chiqindilar, evtrofikatsiya,
tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi, YuNEP, produtsentlar, konsumentlar,
redutsentlar, fotosintez.
40
3-BOB. ATROF-MUHITNI SANOAT
CHIQINDILARIDAN MUHOFAZA QILISH
3.1. Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar
Yerni o ‘rab olgan havo qatlam i atmosfera deyiladi. Yerning
landshafti hayotda juda muhim vazifani bajaradi. Atmosfera Yerning
tirik organizmlarini ultrabinafsha nurlardan saqlaydi. Agar atmosfera
bo‘lmaganda edi, unda yer yuzasi kechqurun — 100°C sovuq, kunduzi
100°C isib ketgan bo‘lar edi. Faqat atmosfera tufayli Yerda hayot
mavjud, aks holda u Oydagi kabi hayotsiz bo‘lib qolar edi.
Atmosferaning ifloslanishi deganda, uning tarkibidagi tabiiy holda
har xil gazlar, qattiq zarrachalar, changlar, tuz zarrachalari, suv bug‘lari
va boshqalar ko‘zda tutiladi. Koinotdan har yili 10 mln. tonna chang
atmosferaga tushadi. Bir kuchli vulqon otilganlda atrof-muhitga 75
mln.m3 chang chiqadi. Shuningdek, dengiz suvi tufayli havoga tuz
zarrachalari, yong'in natijasida chang-qurum va boshqa qattiq
zarrachalar, o ‘simlik changlari chiqib qo'shiladi. Keyingi paytlarda
atmosferaning sun’iy ifloslanishida avtotransport birinchi o ‘rinni
egallaydi (40%), energetika sanoati (14%), maishiy-kommunal, qishloq
xo'jaligi (26%) ni tashkil etadi. Hozir har уШ atmosferaga Yer kurrasidagi
kishilarning xo‘jalik faoliyatida 500 mln.t atrofida oltingugurt (IV)
oksidi, sulfid oksidi, azot oksidi, uglevodorodlar, qo‘ig‘oshinning zaharli
birikmalari, chang, qum va boshqalar chiqarilib, uni ifloslaydi.
AQSHda atmosfera havosining ifloslanishida transportning hissasi
60%ni, sanoat hissasi esa 17% ni tashkil etsa, Yevropa Ittifoqida
sanoatning hissasi 60% ni, transport 13% ni tashkil etadi. Nyu-York,
Los-Anjelos, Tokio shaharlarida atmosfera havosining ifloslanishida
avtomobillar hissasi 90% ga yetadi.
AQSH olimlaming ma’lumotlariga ko‘ra “Shattl” kosmik apparatini
orbitaga chiqargan raketa atmosferaning yuqori qatlamiga3001 aluminiy
oksidini, poroshokka o ‘xshash modda qilib chiqargan.
Fransiyadagi biigina “Elektisited Frans” IES ida bir oyda 51000 t
ko'm ir yoqiladi, oqibatda har kuni undan 3 3 1 sulfat angidrid gazi, 250
t kul va qurum havoga chiqadi. Masalan, 1 t cho‘yan rudasini ajratib
olish uchun 150 m \ 1 t po‘lat olish uchun 35—70 m3, 1 t atsetilen
olish uchun 3600 m3 kislorod sarflanadi.
Atmosferaning ifloslanishida tog‘-kon sanoati, maishiy-kommunal
xo'jalik ham ishtirok etayotir. Toshkent shahrida bir sutkada 20 mln.
41
m3 ishlangan va tarkibida 4 % S 0 2 bo'lgan iflos havo atmosferaga
chiqariladi.
BMTning ma’lumotiga ko‘ra hozir dunyoda yiliga sigaret chekish
natijasida atmosferaga 10.5 t rux, 966 t marganets va boshqa zararli
moddalar chiqariladi.
Atmosfera havosida kislorodning miqdori 1.5*1015t bo‘lib, undan
har yili dunyo bo'yicha 1 * 10101 yoqilg‘iga sarflanadi. Natijada uning
miqdori 0.02%ga kamaydi.
Bir kishi o‘rtacha bir kecha-kunduzda 25 kg havo bilan nafas oladi.
Havo tarkibida zararli chang, qurum va zararli moddalar organizmda
to‘planaveradi va oqibatda har xil kasalliklar, masalan, astma, ko‘z
kasali, jigar sirrozi, qon bosimi, rak, bronxit, o‘pka kasalligi, yo‘tal
kasalliklari ko‘payishiga sabab bo‘ladi, nafas olish yo'llarini, yurak qon
tomir sistemalarini shikastlaydi. Agar havoda oltingugurt oksidi ko‘p
bo‘lsa, odamlarda bronxit, gastrit, o‘pka kasalliklari vujudga keladi.
Uglerod oksidining havoda ko‘payishi natijasida kishi organizmida
gemoglobin kam ayadi, yurak, q o n -to m ir sistem alari buziladi,
ateroskleroz kasalligi ko‘payadi, bosh aylanadi, yurak tez urib, uyqu
buziladi, odam tajang bo‘lib qoladi.
Atmosfera havosi tarkibida karbonat angdrid miqdori ko'payishi
natijasida “pamik effekti” vujudga keladi.
A tm osfera havosining changlar, qurum lar, tu tu n lar, qattiq
zarrachalar va zaharli gazlar bilan ifloslanishi sayyoramiz suv resurslariga
ham salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. Natijada respublikamiz daryo suvlarining
sifati pasayadi, undan ichimlik sifatida foydalanish davlat standartiga
to ‘g‘ri kelmay qoladi.
Atmosfera havosining ifloslanishiga sabab bo‘ladigan omillarga
xomashyoga ishlov berish (kuydirish), po‘lat eritish, domna pechlari
faoliyati, koks-kimyo va boshqalar kiradi, chunki ular zaharli gaz va
changlar chiqarishi bilan ajralib turadi. Bu korxonalar ajratib
chiqaradigan asosiy zaharli moddalar — chang, is gazi, sulfat angidridi,
azot oksidlari bo‘lsa, metallurgiya korxonalarining zaharli moddalari
is gazi, sulfat angidridi, azot oksidlaridir.
K o 'm ir, tem ir, rangli m etall konlari, m a’danli havzalarda
ishlanganda ham atmosfera havosining ifloslanishi kuzatiladi. Jumladan,
yer yuzasidagi temir konlaridan m a’danlar, rudalar olinayotganda
portlovchi m oddalardan foydalaniladi. 200—400 kg. portlovchi
moddaning kuchli portlab tuproq qatlamini qo‘porishidan havoga 100—
42
200 tonna chang ko‘tariladi, shuningdek ko‘p miqdorda is gazi va
boshqa ta ’sirchan m oddalar havo tarkibiga tushadi. M a’danlarni
maydalash, saralash, kuydirish va boshqa tur ishlov berishlarda 1 m 3
havoga 500—9000 mg atrofida chang chiqadi.
Koks ishlab chiqarishda atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy
omillardan biri — kokslash jarayonida ajralib chiqadigan gazlar bo‘lsa,
pechni shixta bilan yuklashda esa tayyor mahsulotlar berilayotganda
chiqadigan gaz va changlardir. C hanglar o datda, xom ashyolar
tushirilayotganda, mahsulotlarni tarqatish vaqtida va koksni ortishda
paydo bo‘lib, atmosfera havosini ifloslantiradi. Sanoat miqyosida koks
ishlab chiqarishda atmosfera havosi gazning havoga uchishi va tayyor
m ahsulotni jo 'n atish vaqtida ko‘tariladigan ch an g -to ‘zon tufayli
ifloslanadi.
Koks shixtali o‘choq otashxonasiga ortilayotganda va oluvchilarga
berilayotganda har tonna mahsulot hisobiga chang — 0,75; vodorod
sulfid — 0,55; ammiak — 0,07; sianidlar — 0,0004; freonlar— 0,13;
benzolli uglevodorodlar — 0,16 kg. miqdorda ajralib chiqadi.
Cho‘yanni eritish jarayonida atmosferaga chang, is gazi va boshqa
zaharli moddalar ko‘p miqdorda uchib chiqadi. 0 ‘choqda ajralayot-
gan gazlar o ‘zi bilan changlami ham olib ketadi. Bu changlar tarkibida
35—50% temir, 4—14% is gazi, 8—13% kremniy tuzlari, shuningdek,
aluminiy, magniy, kalsiy, marganets va oltingugurt oksidi bo‘ladi.
Marten o ‘choqlarida hosil bo‘ladigan bir tonna mahsulotga 6—10 kg.
chang, 0,5—2,0 kg.is gazi, 0,5—1 kg. sulfat angidridi, 1—2 kg. azot
oksidi chiqindilari to ‘g‘ri keladi.
Elektr quw ati ishlab chiqaradigan qozonlarda koks, gaz, mazut va
toshko'mir kabilar yonadi. Atmosferaga tushayotgan gaz va changlar
yoqilg'ining kimyoviy tarkibiga, yoqilg‘idagi oltingugurt salmog‘iga va
boshqa omillarga bog'liq bo‘ladi. Agar 1 kg. toshko‘mirda 2% atrofida
oltingugurt bo‘lsa, yonilg‘i yonishi uchun 10 m 3 havo kerak bo‘ladi,
havo tarkibiga 20 g. oltingugurt singiydi, unda 18 grammi uchuvchan
oltingugurt bo'lib, u 36 g. sulfat angidridini hosil qiladi yoki har 1 m 3
atm osfera havosida 3,6 g.sulfat angidridi b o r deyish m um kin.
Toshko4miming yonishidan ko‘p miqdorda (6—35%) kul paydo bo‘ladi.
Bunda slanetslar va qo‘ng‘ir ko‘mirlar yonganda paydo bo‘ladigan kul
miqdori 50—60% ni tashkil qiladi.
Rangli metallar ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan zaharli gaz va
changlar, o‘z navbatida, atmosfera havosini ifloslantiradi. Natijada havo
43
tarkibiga qo‘rg‘oshin, xrom, marganets, rux, berilliy, nikel, kadmiy,
ftoridlar, oltingugurt oksidi, azot oksidlari va boshqa moddalar.
Kimyo sanoati rang-barang kimyoviy moddalarni — kislotalar,
ishqorlar, tuzlar va boshqa anorganik moddalarni, mineral o‘g‘itlar,
zaharli ximikatlar, polimerlar, sintetik tolalar, smolalar, bo‘yoqlar,
laklar, jihozlar, asbob-uskunalar, xo‘jalik buyumlari ishlab chiqaradi.
Kimyo sanoati ishlab chiqariladigan mahsulotlar, mahsulot olish
uchun foydalaniladigan xomashyolar, shuningdek texnologik jarayonlar
inobatga olingan holda bir necha tarmoqqa bo‘linadi.
Kimyo sanoatining eng yirik tarmoqlaridan biri azotli mineral o‘g‘itlar
ishlab chiqaruvchi korxonalardir. Bu korxonalarda ammiak, azot kislotasi,
azotli mineral o‘g‘itlar, fosforli o‘g‘itlar, fosforli tuzlar, sulfat kislotasi
ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatining boshqa tarmoqlariga kiradigan
korxonalardan sintetik kauchuk, xlor, xlorli ohak toshlar, xlorli birikmalar,
plastmassa va sun’iy smolalar, lak bo‘yoqlar, zaharli kimyoviy moddalar,
neft kimyosi mahsulotlari va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi korxonalami ko‘rsatish mumkin.
3-jadvalda plastik massalar ishlab chiqarish jarayonida havoga
tashlanayotgan chiqindilar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |