Mavzu: Aksiz solig‘i Reja



Yüklə 36,55 Kb.
səhifə1/7
tarix19.05.2023
ölçüsü36,55 Kb.
#117267
  1   2   3   4   5   6   7
М.Маликов 57-2 Солиққа тортиш



Mavzu: Aksiz solig‘i
Reja:

  1. Aksiz solig‘i nima?

  2. Aksiz solig‘i kimlardan olinadi?

  3. Aksiz solig‘i stavkasi

  4. Aksiz solig‘i olinish tartibi


Aksiz (frans. accise – qirqib olmoq) – keng iste’mol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qo‘shimcha soliq turi. Muayyan tovar (muhim iste’mol tovarlari: qand, gugurt, tuz, tamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, mo‘yna mahsulotlari billur va hokazo)lar narxiga, ko‘rsatilgan xizmat (kommunal, transport va boshqalar) haqiga qo‘shimcha ustama soliq sifatida qo‘shiladi va uni to‘lovchilar bevosita haridorlar hisoblanadi. Aksiz solig‘i narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan ma’lum foiz hisobida ko‘rinishlarida bo‘ladi. Aksiz solig‘i davlat byudjetida daromadlarning muhim qismini tashkil etadi. Aksiz solig‘i qadimda kelib chiqgan. Hozirgi dunyo mamlakatlarida keng rivojlangan. O‘zbekistonda 1996 yil 1 oktabrdan respublikaning o‘zida ishlab chikarilgan va uning hududiga chetdan keltirilgan tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni sotishda maxsus Aksiz solig‘i markalari joriy etilgan.

Aksiz solig‘i to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir:

  1. O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;

  2. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz to‘lanadigan tovarlarni import qiluvchilar;

  3. Оddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi).

  4. Aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan aksiz solig‘ini to‘lovchi etib belgilanishi mumkin.



Yüklə 36,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin