2) atrof-muhitni muhofaza qilish va
tabiiy resurslardan oqilona
foydalanishning yagona ilmiy-texnikaviy siyosatini yaratish;
3) o‘simlik va hayvonot olamidan, atmosfera havosi, yer osti suvlari,
tuproqdan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini
o'rnatish;
4) xalq xo‘jaliginmg barcha sohalarida kam chiqindili va chiqindisiz
texnologiyalarni
joriy qilish;
5) tabiiy resurslardan beshafqat foydalanuvchi, atrof-m uhitni
ifloslantiruvchi barcha tashkilotlar va shaxslarga davlatga yetkazayotgan
zararlarni qoplovchi jarimalar, javobgarlikni yuklashni tashkil qilish.
6) tabiatni asrash va undan ehtiyotkorlik
bilan foydalanishni
ta ’minlovchi ekologik ta’lim va tarbiyani tubdan yaxshilash.
Hozirgi kunda insonlarning ishlab chiqarish faoliyati natijasida atrof-
muhit ifloslanishi muammosi nafaqat mahalliy, davlat va mintaqaviy
balki plane tar hamda global ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shuning uchun
atrof-muhitni muhofaza qilish muammosini hal qilish bir davlat hududi
bilan chegaralanib qolmay, barcha davlatlar birgalikda ish olib
borishlarini taqozo etadi. Ushbu sohadagi eng keng xalqaro hamkorlik
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida olib borilayapti. 1972-yilda
atrof-m uhit muhofazasi borasida Birlashgan M illatlar Tashkiloti
tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha
maxsus xalqaro
tashkilot tashkil qilindi. Uning nomi YuNEP — (MT ning atrof-muhit
dasturi) deb ataladi.
YuNEP — ning faoliyati quyidagi yo‘nalishlami o ‘z ichiga oladi:
1) aholi zich joylashgan punktlardagi ekologik muammolami hal
etish, inson salomatligi va yashash sharoitini yaxshilash;
2) yer yuzi ekosistemalarini himoya qilish va cho‘l zonalari
kengayishiga qarshilik ko‘rsatish;
3) ekologik ta ’limni va axborot ishlarini tashkil qilish;
4) Atrof-muhitni
muhofaza qilish sohasida savdo, iqtisodiy va
texnologik aloqalarni rivojlantirish;
5) dunyo okeanini ifloslanishdan saqlash;
6) yowoyi o‘simliklar va
hayvonlami himoya qilish;
7) energetika sohasida ekologiya masalalarini hal qilish.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida atrof-muhit muhofazasi bilan
shug‘ullanuvchi yana bir qator tashkilotlar mavjuddir:
Butun jah o n salom atlik tashkiloti (JST), Yevropa iqtisodiy
komissiyasi (YelK) va boshqalar shular jumlasidandir.
30
1992-yilda Stokgolmda o‘tkazilgan BMTning atrof-muhit muho-
fazasi muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyasida 5-iyun
kuni butun jahonda «Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni» deb e’lon
etildi.
Dostları ilə paylaş: