Korxonalarda mehnatni tashkil qilishni boshqarish.
Mehnatni tashkil qilish
korxonalarda o’zgaruvchan bo’lib, doimo takomillashib turadi. Korxonalarda
mehnatni tashkil qilishni takomillashuviga va uning o’zgarishiga quyidagilar asos
bo’ladi:
- birinchidan, mehnatni tashkil qilish bo’yicha ichki imkoniyatlar, ularni
aniqlash, izlash va tahlil qilish uchun ma’lumotlar;
- ikkinchidan, boshqa korxonalarda o’zini ko’rsata olgan yangi yaratilayotgan
tashkiliy yangiliklar, mehnatni tashkil qilish bo’yicha ilm-fanning yutuqlari;
- uchinchidan, har qanday yangi texnika va texnologiya o’z navbatida o’ziga
mos keladigan mehnatni tashkil etishni talab etadi, shu sababli yangi texnikani
o’zlashtirish bo’yicha mehnatni tashkil qilish tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini
yo’lga qo’yish va ishlab chiqarishga tatbiq etish[11].
Mehnatni tashkil qilish masalalari betartib va tasodifiy bo’lmasligi uchun
korxonalarda uni bir tizimga solish, tadbirlarni ishlab chiqishni rejalashtirish va ularni
o’z vaqtida ishlab chiqarishni joriy etishni tashkil etish kerak.
Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil qilish ishlari bir qancha ishlab chiqarish
bo’g’inlarini bir maqsadga yo’naltirilgan va o’zaro bog’langan faoliyatini amalga
oshirishini ko’zda tutadi. Bunday bo’g’inlardan - chiziqli muntazam boshqarish
bo’g’ini bo’lib, u har bo’g’indagi rahbarlardan tashkil topadi. Ular mehnatni oqilona
tashkil qilish tadbirlarini o’zlari boshqarayotgan bo’g’inda joriy etish bo’yicha
bevosita javobgar shaxs yoki ma’suldirlar. Bunda brigadada - brigadir, bo’limda -
bo’lim boshlig’i, sexda sexning boshlig’i, korxonada esa korxona rahbari.
Muntazam rahbarlar mehnatni ilmiy tashkil qilish masalalari bilan bevosita
shug’ullanmasalar, ijobiy natijaga erisha olmaydilar. Shuning uchun ham korxona
66
rahbari mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha ish rejasini tasdiqlaydi, uning
boshqarilishini tashkil etadi, bevosita nazoratni amalga oshiradi, reja
bajarmayotganlar uchun kerakli choralarni ko’radi.
Boshqaruvdagi ikkinchi bo’g’in - bu korxonada rahbarlarga yordam berish
uchun vazifaviy maxsus bo’limlarni tashkil etilishi bo’lib, ular boshqarish tizimida
vazifaviy bo’g’inni ifoda etadilar.
Yirik korxonalarda bunday bo’g’inni mehnat va ish haqini boshqarish bo’limi,
o’rta quvvatli korxonalarda mehnat va ish haqi bo’limi, kichik korxonalarda esa
rejalashtirish va iqtisod bo’limining qoshida tashkil etilgan byuro, guruhlar va katta
bo’lmagan sexlarda mehnatni tashkil etish masalalari bilan shug’ullanadigan alohida
kishilar - mehnat masalalari bo’yicha iqtisodchilar tashkil etadi. Bu bo’limlarning
(mutaxassislarning) asosiy vazifalariga mehnatni ilmiy tashkil qilish rejalarini tuzish,
loyihalash, ishlab chiqarishga joriy etish, ularning bajarilishini bevosita nazorat
qilish, rejalarning bajarilishi xavf ostida bo’lganda tezkor choralarni ko’rish, mehnat
masalalarini tashkil qilish va boshqalar kiradi.
Uchinchi bo’g’in - mehnatni ilmiy tashkil qilish masalalariga uslubiy rahbarlik
qilish. Uning vazifasiga mehnatni tashkil qilishni ilmiy asosda qo’llash va
takomillashtirishni uslubiy ta’minlash kiradi. Bu esa mehnatni tashkil qilishning
hamma yo’nalishlari bo’yicha uslubiy yo’llanmalarni yaratish, aniq va namunaviy
loyihalarni ishlab chiqish, mehnat bo’yicha me’yorlar va me’yoriy hujjatlarni
tayyorlash, korxona miqyosida mehnatni tashkil qilish bo’yicha uslubiy va me’yoriy
ma’lumotlarni to’plash va yaratish orqali amalga oshiriladi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishni uslubiy ta’minlash bo’yicha ixtisoslashgan
bo’limlarni, ya’ni “Mehnatni ilmiy tashkil qilish” bo’limini yoki laboratoriyalarining
tashkil qilinishi yirik korxonalar uchun maqsadga muvofiqdir. Bunday bo’limlarning
tarkibiga ijtimoiy masalalarni o’rganadigan guruhlar kiritiladi.
O’rta korxonalarda ma’suliyati cheklangan bo’limlar: guruhlar, byurolar yoki
laboratoriyalar “Mehnat va ish haqi” bo’limi qoshida tashkil etiladi. Guruhdagi kam
sonli mutaxassislar qisqa vaqt ichida mehnatni ilmiy tashkil qilish masalalari
bo’yicha hamma uslubiy ma’lumotlarni yig’ish, jamlash, qayta ishlash bilan yoki
67
me’yoriy hujjatlar tayyorlash bilan shug’ullana olmaydilar. Bu masalalar bo’yicha
uslubiy hujjatlarni olish shartnoma asosida ixtisoslashgan firmalar orqali amalga
oshiriladi.
To’rtinchi bo’g’in korxona xodimlari bo’lib, ularni mehnatni tashkil qilishni
takomillashtirish masalalariga jalb etishdir. Xodimlar, ayniqsa ishchilarni mehnatni
ilmiy tashkil qilish masalalarini tahlil qilishda, yangi tadbirlarni ishlab chiqishda,
takomillashtirishda qatnashish ishlari ham moddiy, ham ma’naviy rag’batlantirish
zarur.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish korxonalarda tashkiliy qulaylik sharoitini yaratish
va bundan xodimlar bevosita manfaatdor bo’lishlari kerak. Ushbu korxonalarda
ijodiy guruhlarni tashkil qilishda va ularni rag’batlantirishda qo’llash maqsadga
muvofiqdir.
Ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat sharoitini yaxshilashda mehnatni
tashkil qilishni rejalashtirish muhim o’rinni egallaydi. Engil sanoat korxonalarida
mehnatni ilmiy tashkil qilish masalalari bilan mutaxassislar shug’ullanadi.
Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha kengash tuzilib, unga
korxonaning bosh muhandisi rahbarlik qiladi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish kengashi quyidagi masalalarni amalga oshiradi:
- Mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha asosiy yo’nalishlarni belgilaydi;
- Ijodiy brigadalar tarkibini tuzadi;
- Ijodiy brigadalar tomonidan berilgan takliflarni ko’rib chiqadi;
- Mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha tadbirlar rejasini tuzish;
- Mehnatni ilmiy tashkil qilishning ilg’or tajribalarini o’rganish, ishlab
chiqarishga joriy etish;
- Mehnatni tashkil qilish bo’yicha o’tkaziladigan ko’rik, konkurslar ishlariga
yakun yasash va boshqalar.
O’z vaqtida samarali faoliyat yuritgan mehnatni ilmiy tashkil qilish
kengashlarining xizmati diqqatga sazovor bo’lib, u jamoatchilik asosida tashkil etilar
edi.
68
Mehnatni ilmiy tashkil qilish kengashlari mehnatni tashkil qilish bo’yicha
yaxshi ishlarni konkursini tashkil qilar, uni o’tkazar edilar, mehnatni ilmiy tashkil
qilishni targ’ib qilar, shu ishning tashabbuskorlarni to’plar edilar.
Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha har qanday foydali
ishlarni rag’batlantirish kerak, bu kishilarning kundalik ijtimoiy ehtiyoji bo’lib,
korxona iqtisodiy samaradorligining asosiy omilidir.
Korxonada mehnatni ilmiy tashkil qilish kengashi mehnatni tashkil etish
bo’yicha masalalarga bevosita rahbarlik qilsa, ijodiy brigadalar esa ishlab chiqarish
bo’linmalarida mehnat unumdorligini o’stirish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish
bilan shug’ullanadi. Ijodiy brigadalar tarkibiga ilg’or ishchilar, iqtisodchilar,
texnologlar va boshqa mutaxassislikdagi xodimlar (fiziolog va psixologlar) kiradi.
Ijodiy guruhlarni konkurs asosida tanlab olinishi maqsadga muvofiqdir.
Yirik korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarini rejalashtirish,
ishlab chiqarishga joriy etish masalalari bilan maxsus laboratoriya yoki bo’limlar
shug’ullansa, kichik korxonalarda mehnat va ish haqi bo’limi shug’ullanadi.
Korxonalarda mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish rejalarini tuzish va joriy
qilish to’rt bosqichda bajariladi:
1 bosqich - tayyorgarlik ishlari;
2 bosqich - tahlil qilish;
3 bosqich - mehnatni ilmiy tashkil qilish rejalarini tuzish;
4 bosqich - rejalarni joriy qilish.
Korxonada mehnatni ilmiy tashkil qilish masalalarini o’rganish uchun sex,
ishlab chiqarish bo’linmalari, alohida ish o’rinlari ob’ekt qilib olinadi. Mehnatni
ilmiy tashkil qilish tadbirlarini belgilash, joriy qilish va rejalashtirishdan oldin
korxonada amalda mehnat qanday tashkil qilinganligi tahlil qilinadi.
Tahlil qilishdan asosiy maqsad korxonada mehnatning tashkil etilishini
tekshirish, uning fan va texnikaning hozirgi rivojlanish darajasi, ish o’rinlarini tashkil
etilishini namunaviy loyihalarga mos kelishi, ilg’or ish usullarini, chet eldagi
korxonalarni tajribalarini o’rganish, ishlab chiqarishga tatbiq etish kabi masalalarni
o’rganishdan iborat bo’lishi bilan bir qatorda mehnatni ilmiy tashkil qilishning
69
miqdoriy darajasini aniqlash, mehnatni oqilonalashtirish bo’yicha tadbirlar ishlab
chiqish va joriy qilish ishlarining yo’nalishlarini belgilashdan iboratdir.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishni tahlili uning asosiy yo’nalishlari: mehnat
taqsimoti va kooperatsiyasi, ish o’rnini tashkil qilish va xizmat ko’rsatish, mehnat
sharoitini yaxshilash, mehnat intizomini mustahkamlash, mehnatni me’yorlash,
rag’batlantirish va hokazo bo’yicha amalga oshiriladi. Mehnatni ilmiy tashkil
qilishning yo’nalishlari alohida-alohida tahlil qilinadi, tadbirlar ishlab chiqiladi, lekin
hamma yo’nalishlar bo’yicha tadbirlar birgalikda ishlab chiqarishga joriy
etilgandagina natijaga erishish mumkin, chunki mehnatni ilmiy tashkil qilishning
yo’nalishlari bir-biriga mahkam bog’liqdir. Shuning uchun yuqorida keltirilgan
mehnatni ilmiy tashkil qilish yo’nalishlarini kompleks tarzda tahlil qilish va ularning
miqdoriy darajasini aniqlash zarur. Shundagina korxonada mehnatni ilmiy tashkil
qilish darajasining qandayligini, uni ko’tarish va takomillashtirish bo’yicha
qo’shimcha imkoniyatlarni aniqlash mumkin.
Korxonalarda mehnatni ilmiy tashkil qilish darajasini tahlil qilish va uning
miqdoriy darajasini aniqlashda Moskva ilmiy-tekshirish instituti ishlab chiqqan
uslubiy qo’llanmalardan foydalanilgan.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning miqdoriy ko’rsatkichi 0 dan 1 gacha teng
kelishi mumkin. Korxonaning tashkiliy darajasi 3 ta guruh ko’rsatkichlar bilan
aniqlanadi. Bunga mehnatni ilmiy tashkil qilish, ishlab chiqarishni tashkil qilish,
boshqarishni tashkil qilish, darajalarini belgilovchi ko’rsatkichlar kiradi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning miqdoriy ko’rsatkichlari alohida xususiy
hollar uchun, ya’ni mehnat taqsimotining koeffitsienti, ilg’or ish usullarini, ish
sharoitlarini belgilovchi koeffitsient va boshqa koeffitsientlar orqali aniqlanadi.
Mehnatni ilmiy tashkil qilishning umumiy darajasini baholash uchun
yuqoridagi yo’nalishlar bo’yicha umumiy koeffitsient aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |