29
Mehnat kooperatsiyasi esa ishlab chiqarish jarayonida ko’p sonli xodimlarni
birgalikda faoliyat yuritishini bildiradi.
Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi o’zaro bog’langan va bir-birini taqozo
qiladi, chunki har bir xodimga aniq bir vazifani bajarishni biriktirish yo’li
bilan uning
mehnat qilish doirasi chegaralanadi, lekin bunda xodimlarning o’zaro munosabatlari
oldindan belgilab beriladi.
Belgilangan
vaqtda kam mehnat, energiya va moddiy boylik sarflab, yuksak
sifatli mahsulot ishlab chiqarish - mehnat taqsimotining maqsadi bo’lib hisoblanadi.
Uning yordamida turli ishlarni bir vaqtda bajarish hisobiga ishlab
chiqarish davri
qisqaradi va mehnat ixtisoslashuvi hamda xodimlar tomonidan ishlab chiqarish
ko’nikmalarini tezroq egallanishi natijasida mehnat unumdorligi ortadi. Insoniyatning
taraqqiy etish tarixi mehnat taqsimotlari bilan bog’liq bo’lib, jamiyat ishlab
chiqarishda uning uch turi mavjud:
1. Umumiy mehnat taqsimoti - butun jamiyat ishlab chiqarish miqyosida
(ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish bilan iste’mol
buyumlari ishlab chiqarish
to’g’risida, shahar bilan qishloq o’rtasida, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish
o’rtasida) tarkib topgan.
2. Xususiy mehnat taqsimoti - turli tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o’rtasida
amalga oshiriladi. Masalan, sanoatni o’zi og’ir va engil sanoatga ajratiladi, engil
sanoat esa to’qimachilik,
tikuvchilik, poyabzal, charm-mo’yna, trikotaj va boshqa
sohalarga ajratiladi. Ishlab chiqarishning taraqqiy etishi bilan
xususiy mehnat
taqsimoti tobora hilma-xil bo’lib va maydalanib boradi.
3. Birlamchi mehnat taqsimoti - ayrim korxona yoki birlashma doirasida
(sexlar, uchastkalar, brigadalar o’rtasida) mavjud bo’ladi.
Taqsimotning ushbu turlari
bir-birlari bilan o’zaro bog’liqdir, birlamchi mehnat taqsimoti umumiy va xususiy
mehnat taqsimotining asosida paydo bo’lgan bo’lib, u jamiyatda mehnatning
rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Birlamchi mehnat taqsimoti deganda mehnat faoliyatining ayrim turlarini
ishlab
chiqarishning, korxonaning va kasbning mustaqil sohalariga aylantirish
tushuniladi.
30
Korxonalarda birlamchi mehnat taqsimotining quyidagi uch shakli mavjud:
1. Vazifaviy mehnat taqsimoti.
2. Texnologik mehnat taqsimoti.
3. Malakali mehnat taqsimoti.
Vazifaviy mehnat taqsimoti xodimlarning ishlab chiqarish jarayonlarida
qatnashishlariga va bajariladigan ishning xarakteriga ko’ra amalga oshiriladi.
Bunda korxona xodimlari 6 guruhga ajratiladi:
1. Ishchilar.
2. Muxandis-texnik xodimlar.
3. Xizmatchilar.
4. Shogirdlar.
5. Kichik xizmatchilar.
Dostları ilə paylaş: