Kompyuterdan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
bo‘yicha yo‘riqnoma № 5
I.Umumiy qoidalar
Kompyuter o‘rnatilgan xonada xavo almashtiriщ (konditsioner) va isitish tizimi bo‘lishi kerak. Xonada o‘t uchiruvchi vosita (ognetushitel) bo‘lishi shart. Kompyuterlarni changlanishdan saklash choralarini ko‘rish lozim. 1 sutkada bir marotaba xonani chang ko‘tarilmagan xolda, ho‘l latta bilan tozalab turish kerak. Kompyuter o‘rnatilgan xonaning devorlari (vodoimulsion) ochik rangli bo‘yok bilan bo‘yoklangan bo‘lishi kerak.
Kompyuter ekranlari bir-biriga karama-karshi holatda turmasligi kerak.
Kompyuter xonalaridagi yoruglik 300 lk dan kam bo‘lmasligi kerak. (Yoruglik aralash - sunʼiy va tabiiy). Kompyuterga tushadigan tabiiy yorug‘lik
yon tomondan, iloji boricha chap yon tomondan bo‘lishi kerak. Xonalardagi shovqin 75 DBA dan oshmasligi kerak. Elektr toki 280 voltdan oshmasligi kerak. Kompyuterning korpuslari ochik xolatda bo‘lganda, kopyuter bloklari ustida begona predmetlar ko‘yilganda va elektr toki 220 voltdan kam bo‘lganda ishlatish katʼiyan man etiladi.Kompyuterlarni
elektr manbasiga ulashda, elektr tokidan foydalanish qoidalariga to‘lik amal qilinishi kerak. Rozetkalar, shnur, yerga ulagichlar sozligiga etibor qaratish kerak. Kompyuterlar ketma–ket tokga ulanishi mumkin emas. Barcha kopyuterlar tokga parallel ulanishi lozim.
Xodim o‘tiradigan stullar aylanadigan va ko‘tarib tushiradigan bo‘lishi kerak.
Qarama-qarshi ekranlar orasidagi masofa 2 m dan, yon tomon korpuslari orasidagi 1,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Kompyuterga o‘tirgan xodimning ko‘zi va ekran orasidagi masofa 50 см dan kam bo‘lmasligi kerak (optimal masofa 60-70 см).kompyuter orqasi devordan 30…50sm uzoqlikda bo‘lishi kerak. Har bir kompyuter uchun xona hajmi 6 kvadrat metrdan kam bo‘lmasligi shart.
Xonada doimo aptechka bo‘lishi kerak.
Kompyuterlarni yerto‘lada (podvalda) o‘rnatish mumkin emas.
Kompyuterlarda umumiy ish vaqti (kompyuterlarni
tayyorlash, ishga tushirish va o‘chirishga ketgan vaqtdan tashqari) 4 soatdan oshmasligi kerak. Xar 45 minut ishlagandan so‘ng 15 minut tanaffus berilishi kerak. Kompyuter operatorlari xar yilda tibbiy ko‘rikdan 1 marta o‘tishlari kerak. Homilador ayollar kompyuterda ishlashi mumkin emas. Kompyuterda ok x/b xalatda ishlash tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: